Psixodiagnostika


O’rganilayotgan obyekt haqida faktlarni yig’ish, bayon qilish va to’g’ri yo’lga solishning birligi


Download 1.89 Mb.
bet33/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

O’rganilayotgan obyekt haqida faktlarni yig’ish, bayon qilish va to’g’ri yo’lga solishning birligi



O’rganilayotgan obyekt haqida ma’lumotlar yig’ish ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun o’quv yurti rahbarlari hamda, pedagoglarga psixologik-pedagogik yordamlar berish, to’g’ri yo’lga solish, qo’llab-quvvatlash kabi vazifalarning birgalikda olib borilishini ta’minlaydi.



  • Diagnostikaning ketma-ketligi va uzluksizligi



Diagnostikaning bosqichma-bosqich amalga oshirishish o’quv jarayoni va talabani o’zlashtirishiga xalaqit berayotgan omillarni ochish imkoniyatini yaratadi. Olingan natijalardan keyingi bosqich ta’lim-tarbiya jarayonlarida uzluksiz foydalanish zarurligini yuzaga chiqaradi.





Diagnostika metodlarini oddiyligi ya’ni uning amaliy psixologlar, pedagoglar, o’quv yurti rahbarlari hamda tekshiriluvchilar uchun qulayligi, nistaban ulardagi qiziqish va intilishni uyg’otishga xizmat qilishni ta’minlovchi tamoyil hisoblanadi.





Bu tamoyil talaba shaxsini individual-psixologik xususiyatlarini psixik jarayonlarining rivojlanganlik darajasini va o’quv faoliyatining boshqa jihatlarini o’rganish uchun tanlangan metodlar va metodikalar uni bir butun holda, har tomonlama o’rganish, ta’riflash, yondoshish imkonini berishda yuzaga chiqadi. Diagnostik metodikalarning bir-biri bilan bog’liq bo’lishi va to’ldirishi bu tamoyilning asosiy talablaridandir.



Har qanday psixologik-pedagogik diagnostika talabaning kechagi yoki bugungi kundagi rivojlanish darajasini va o’quv jarayonining tashkil qilinganlik ko’rsatgichini izohlash berish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Diagnostik jarayonda o’rganilayotgan obyektning “kelajagi”, ertangi kuni, taraqqiyot an’analari ma’lum omillarning ta’siri oqibatida ochib berilishi kerak. Shu holdagini, faraz mohiyatidan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonida yo’l qo’yilayotgan xatolar va talaba taraqqiyoti davrida ko’zga tashlanadigan kamchiliklarni bartaraf qilish imkoniga ega bo’lamiz. Bu esa, psixologik-pedagogik diagnostika metodlarining prognostik bo’lishi tamoyilini taqozo etadi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling