Psixodiagnostika


Ijtimoiy-psixologik hodisalarni o’rganuvchi noan’anaviy metodlar


Download 1.89 Mb.
bet41/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

Ijtimoiy-psixologik hodisalarni o’rganuvchi noan’anaviy metodlar

Biz quyida bayon qiladigan usullar fanda umuman yo’q bo’lgan yoki boshqa fanlardan olinganlar sirasiga kirmaydi. Ular ayrim sabablarga ko’ra ilgari ilmiy metod sifatida qaralmagan, ammo hozirda zamonaviy, deb e’tirof etilayotgan metodlardir. Masalan, rus olimi G.V.Shekinning vizual psixodiagnostikasi ana shundaylar sirasiga kiradi. Bu usulning mohiyati va uning asosini tashkil etuvchi omil – ijtimoiy obyektda bevosita ko’zga tashlanadigan simptomlar va belgilar hisoblanadi. Simptomatikamuallifning fikricha, vizual ijtimoiy-psixologik diagnostikaning asosiy elementidir. Lekin ijtimoiy-psixologik hodisalar tabiatan murakkab jarayonlar bo’lgani uchun ham, bu usul barcha jabhalarni qamrab olishi mumkin, deb bo’lmaydi. Masalan, muloqot jarayonini oladigan bo’lsak, biz har doim suhbatdoshning gaplarinigina e’tiborga olgan holda xulosa chiqaramiz. Lekin bu jarayonda noverbal vositalar ham mavjud bo’lib, ular muloqatni to’ldiradi, boyitadi va kuchaytiradi. Bu holat bizning qiliqlarimiz, mimika, pantomimikamiz, yuz qiyofamiz, lablarimiz, peshonamiz, qomatimizning holati va hokazolar orqali tavsiflanadi. Ana shu belgilar vizual psixodiagnostika predmetini amaliy ahamiyatini ko’rsatadi. Quyida biz ayrim qiliqlarning vizual ma’nolari sharhini keltiramiz.



  • Ochiqlik. Qo’l kaftining ochiq tarzda yuqoriga qaratilganligi; kostyum tugmalarining yechib qo’yilishi (yoqtirgan odamlari davrasida odam ko’pincha kostyumini yechib ham o’tirishni afzal ko’radi).

  • Himoya. Biror tahdidga qarshi odamdagi himoyani ifodalovchi belgilarga ikki qo’lni ko’krak qafasida chalishtirib turishni kiritish mumkin.

  • Baholash. O’ychanlik va xayolparastlikni ifodalovchi qiliqlar shundayki, bunda odamning qo’llari beixtiyor uning chakkasida bo’ladi. Yoki yarim musht holdagi qo’llariga chakkasini tiragan holda xayol suradi.


  • Download 1.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling