Psixodiagnostika


Ijtimoiy-psixologik diagnostika va so’rov usullari


Download 1.89 Mb.
bet39/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

Ijtimoiy-psixologik diagnostika va so’rov usullari

So’rov metodlari ijtimoiy psixologiyada juda keng tarqalgan usullardan. Bu – bevosita yoki bavosita yo’l bilan og’zaki yoki yozma tarzda ma’lumotlar olish usulidir. Uning natijasida odamlarning u yoki bu ijtimoiy hodisa, qonuniyat yoki shaxs to’g’risidagi fikrlari, baholari, ustanovkalari, ongga o’rnashib qolgan fikrlari – stereotiplari aniqlanadi. So’rovning ikkita asosiy turi mavjud:



  • intervyu

  • anketa.

Biz, odatda, jurnalistlar tomonidan so’roqqa tutilgan odamlar savol-javoblarini ko’rishga o’rganib qolganmiz. Bu oddiy intervyu bo’lib, ijtimoiy hayotning u yoki bu hodisasiga nisbatan ijtimoiy fikr o’rganilgandagina ishlatiladi. Lekin psixologik intervyu biroz murakkabroq jarayon. Chunki bunda bevosita muloqot jarayonida insonlarning yuraklaridagi yashirin fikrlari, hodisalarga subyektiv munosabatlari, o’tmish xotiralar va ularning talqini orqali juda muhim hayotiy faktlar aniqlanadi. Jurnalistdan farqli, psixolog intervyu jarayonini erkinroq olib borishga, maksimal tarzda shaxsiy fikrni ajratib olishga intiladi. Shu bois, oldindan aynan qanday javoblar olishini bilmaydi. Psixolog ana shunday intervyuni guruh sharoitida ham o’tkazishi mumkin. Bunda muloqot munozara – diskussiya shaklida o’tkazilib, diagnost fikrlarni umumlashtirib, oxirida o’ziga zarur ma’lumotni to’plab oladi. Lekin bu jarayon oson emas. Misol uchun O’zbekiston TVdagi “Bahs”, “Men nechun sevaman O’zbekistonni”, “Azizim”, “Oddiy haqiqatlar” kabi ko’rsatuvlar guruh sharoitidagi so’rovga misol bo’la oladi.
Bundan tashqari, ommaviy intervyu tushunchasi ham bor. Bu ijtimoiy fikrni, kayfiyat, tanglik kabi hodisalarni o’rganishda ishlatiladi (E. Noel. “Massoviye oprosi”). Bunda omma fikrini o’rganish uchun ma’lum “chizma” bo’yicha oldindan javob variantlari nazarda tutilib anonim so’rov o’tkaziladi. Ommaviy intervyu maksimal tarzda formallashtirilgan va standartlashtirilgan jarayondir. Bunday intervyuni telefon orqali ham amalga oshirish mumkin.
Yozma so’rov usuli ma’lumki, anketa deyiladi. Bu usul ham ko’pchilik fikrini qisqa muddatlarda aniqlash zarurati tug’ilganda ishlatiladi. Anketani tarqatishning pochta orqali, pressa orqali va bevosita turlari mavjud bo’lib, bizda oxirgi yillarda asosan bevosita tekshiruvchi bilan respondent uchrashuvini nazarda tutuvchi anketa so’rovi qo’llaniladi. Anketaga kiritilgan savollar ochiq yoki yopiq turli bo’lishi mumkin. Ochiq anketadagi savolga javob variantlari berilmaydi, respondent nimani yozishni xohlasa, shuni yozadi. Masalan, “Sizningcha, korxonangizning 5 yildan keyingi istiqbolini qanday tasavvur qilasiz?”, “Siz uchun baxt nima?” kabilar ochiq savollarga kiradi. Bu subyektiv fikrlarni o’rganish uchun yaxshi, lekin har doim ham odamlar o’z fikrlarini aniq va muxtasar bayon eatvermaydi. Qolaversa, ochiq savollarga berilgan javoblarni talhil qilish ham ma’lum professional tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun oxirgi yillarda ijtimoiy hayotni o’rganishda anketaning yopiq savollardan iborat turi ko’proq ishlatilmoqda.
Yopiq anketa savollariga berilishi mumkin bo’lgan javoblar oldindan ko’rsatiladi. Masalan: “Korxonangiz istiqboli nimalarga ko’proq bog’liq?
a) mehnat unumdorligining oshishiga;
b) malakali kadrlar soniga;
v) rahbarlik usulubining takomillashuviga;
g) tashqi investisiyalarning dadil jalb etilishiga;
d) ish sharoitlarining yaxshilanishiga;
ye) yangi texnologiyalar va asbob-uskunalarga;
j) yana (yozing)____________________”
Anketalarga qo’yiladigan asosiy talablardan biri – unga kiritilgan savollarning hamma uchun tushunarli bo’lishidir. Shuningdek, savollarning va ularga berilgan javoblarning maksimal tarzda qisqa bo’lishi va anketaning hajm jihatdan juda katta bo’lmasligi respondent vaqtini ko’p olmasligini kafolatlaydi. Bundan tashqari, ijtimoiy-psixologik fenomenlar o’rganilayotganda, har bir savol o’z o’rnida kiritilishi, u mazmunan kishida shubha uygotmasligi, samimiy javobga chorlashi lozimdir. Ba’zan anketalardagi savollar saviyasini pastligi tekshiruvchining yengiltakligini baholab, jiddiy javob ololmaslik holatlarini ham keltirib chiqaradi. Masalan, ba’zan umuman odobsiz savollar beriladi: “Musiqani yoqtirasizmi?”, “Ota-onangizni sevasizmi?” kabi. Yoki ba’zida uzundan-uzun savollarning berilishi respondent o’zidan nimani xohlashayotganliklarini his qilish darajasini pasayishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham psixologik tekshiruvlarda o’rinli, ma’noli, jo’yali savollar tuzish, ularning birin-ketinligi va tartibi masalasiga katta ahamiyat berishlishi zarur.
Sosiometrik so’rov ham anketaning bir turi hisoblanadi. U aynan guruhdagi shaxslararo munosabatlarnigina aniqlagani bois, uni ba’zan mualliflar psixologik testlar qatoriga ham kiritishadi. Nima bo’lganda ham bu usul yordamida guruhiy hodisalar, unda har bir a’zoning tutgan o’rni, liderlikning taqsimoti va jamoadagi ma’naviy muhit o’rganiladi. Hozirda sosiometrik so’rovning yuzlab modifikasiyalari mavjud bo’lib, dastlabki ma’lumotlar olishning samarali vositasi sifatida undan ko’plab tadqiqotchilar foydalanadilar.


1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling