Psixodiagnostika


Xalq xo’jaligini yuksaltirishda psixodiagnostik metodlarning o’rni


Download 1.89 Mb.
bet54/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

6.6. Xalq xo’jaligini yuksaltirishda psixodiagnostik metodlarning o’rni


Ijtimoiy-psixologik ta’sir amaliy psixologiyaning muhim masalalaridan biridir. Ijtimoiy ta’sir bir necha bosqichlarda ro’y beradi:

  • makro bosqichda (siyosat va iqtisod sohalarida);

  • o’rta bosqich (ijtimoiy tashkilotlar);

  • mikro bosqich (guruhlar ichida);

  • shaxs darajasida (“Men” tarkibida).

Amaliyotchi psixologlar, asosan, mikro bosqichda faoliyat ko’rsatadilar. Bu yerda xodimlar boshqaruvi, tashkilotlardagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ma’lumotlar tizimini tartibga solish masalalari doirasida shaxslararo ta’sir sodir bo’ladi.
Mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan davlatlarda hozirgi bozor munosabatlari sharoitida tashkilotlar va ulardagi ishlovchi xodimlar o’rtasidagi o’zaro ta’sir masalalaridagina ma’lum o’zgarishlar ro’y berdi. Shu munosabat orqali paydo bo’ladigan muammolarni quyidagicha tasavvur qilish mumkin.
6.6.1. Ijtimoiy faoliyat sohalarida xodimlar boshqaruvini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik muammolari

Hozirda qator kichik va o’rta biznes subyektlari xususiy mulkka ega bo’lgani uchun ham ish beruvchi bilan yollanib ishlovchilar o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari tubdan o’zgardi. Hozirda ko’p tashkilotlar xodimlarini moddiy manfaatdorligini bildirishuchun, ularni ishga jalb etishdan ko’ra nomoddiy rag’batlantirish va qiziqtirish yo’llaridan samarali foydalanilishmoqda. Shu o’rinda, ofisning bashang jihozlanishi, uning “qo’shma korxona” ekanligi, xodimlarning o’ziga xos kiyinish uslubi kabi omillar ham katta rol o’ynamoqda. Shu bois, insoniy munosabatlar ta’siridan kelib chiqadigan ishni tashkil etish yo’llari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, fuqarolarimiz ongida eskicha stereotiplarning hamon mavjudligi maosh kabi moddiy manfaatdorlikni ham chetga surmaydi. Bu ham ta’sirning bir yo’li hisoblanadi.


Bundan tashqari, boshliqning mahorati shu jamoadagi norasmiy liderlar va ular atrofidagi muhitni o’rganishga bo’lgan ta’sir yo’llarini aniqlashi ham muhim. Chunki yaxshi rahbar birinchidan, o’zida rahbarlik va liderlik fazilatlarini uyg’unlashtiradi, ikkinchidan, paydo bo’lgan norasmiy tuzilmalarning manfaatlarini o’rganish orqali xodimlar boshqaruvini qo’lga oladi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling