Psixodiagnostika
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kriterial validlik
- Prognostik validlik
- 7.7. Rezyume
- 7.8. Asosiy tushuncha va atamalar
Konstruktiv validlik – testlashtirish obyektini psixologik tahlil qilishni taqozo etadi, ya’ni test natijalari ajratilgan xususiyatning tekshirish yo’nalishini o’rganadi. Masalan, o’zlashtirishning diagnostik nazoratida mujassam bo’lmagan indikatorlar, haqiqatdan ham o’quv jarayonining shart-sharoitlarini namoyon qiladimi yoki yo’qmi?
Kriterial validlik – tadqiqotchi uchun test natijalari yordamida individ xatti-harakati aspektining hozirgi va kelajakdagi holati haqida hukm chiqarishi masalasini aniqlash imkonini beradi. Buni aniqlash uchun qo’lga kiritilgan natijalar tashqi kriteriylar (mezon) orqali solishtiriladi yoki turli testlar ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. Prognostik validlik – tashqi kriteriylar (mezon) va sinaluvchining xulq-atvori interpretasiyasi aniqlanadi. Metodning validligi – psixodiagnostik metodning natijalari ayni o’rganilayotgan obyekt xususiyatlariga mos kelishini ifodalanishidir. Validlikni ishonchlilik tushunchasidan tafovuti o’rganilayotgan holatni tadqiqotning “obyekti” va “predmeti” farqini ajratish orqali tushuntirish qulaydir. Shuningdek, test validligi, uning ishonchlilik darajasidan oshib ketmasligi zarur. 7.7. Rezyume Xullas, psixodiagnostik tajribalarga qo’yiladigan asosiy talablar, jarayonni standartlashtirishni taqozo etadi. Standartizasiya – diagnostik metodlarni adekvat ishlab chiqish va diagnostikani standartlashtirish jarayonidir. Undagi ma’lumotlarni to’plash bosqichi esa, psixodiagnostik jarayonda “tadqiqotchi – sinaluvchi” munosabatlari tizimini yaratishdan iboratdir. Metodikalarni tanlash, ularning interpretasiya va qayta ishlash bosqichini ham nazardan qochirmaslik ehtimolini qo’yadi. Olingan natijalarning miqdoriy baholanishi, diagnostik tadqiqotlarning asoslangan psixologik xulosalari, ularning ishonchlilik darajasi hamda validligi orqali tavsiflanadi. 7.8. Asosiy tushuncha va atamalar Metod, metodika, validlik, baholash, tajriba, ishonchlilik, standartlashtirish, mezonlar, tekshirish, tahlil qilish, natija, taqqoslash. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling