Psixodiagnostika


Frensis Galton va individual farqlanishni aniqlash


Download 1.89 Mb.
bet65/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

8.2. Frensis Galton va individual farqlanishni aniqlash


Individual farqlanishni ilmiy jihatdan o’rganishni birinchi bor angliyalik Frensis Galton test-o’lchovi yordamida amalga oshirgan. Uning bundan asosiy maqsadi inson qobiliyatini o’rganishdan iborat bo’lgan. Shu bois, olimning oldida qobiliyatning irsiyligi muammosi turgan. Uning fikriga ko’ra, insoniyatning ijobiy hulqlilarini shakllantirish uchun, ba’zi qobiliyatlarga ko’ra tanlash jarayonini o’tkazish kerak. Shuning uchun u kishilar seleksiyasi sharoitida qobiliyatlarni o’lchash metodini yaratishga intildi.
J.Lokkning falsafiy qarashlariga va o’zining shaxsiy kuzatishlarga asoslangan holda F. Galton, sensor farqlanish qobiliyatlariga ko’ra, inson aqlini (intellekt) o’lchash mumkin ekanligini aniqlaydi.
U sezgirlik chegaralarini, reaksiya vaqti va tezligini aniqlashning mavjud eksperimental-psixologik usullarini yanada rivojlantirib boradi.
Shu sababli, F.Galton psixologiyada individual farqlanish bo’yicha olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslanadigan statistik amallar sohasida ixtirochi sifatida tanildi. 1888 yili u korrelyasion koeffisiyentni ishlab chiqish metodini taklif etadi. F.Galton o’z faoliyati davomida qobiliyatli matematik va uning biografi bo’lgan Karl Pirson (1857-1936), bilan hamkorlik qiladi. Pirson korrelyasiyani hisoblashda matematik usulni mukammallashtirib beradi. Natijada, hozirgi davrda ham mashhur bo’lgan Pirson bo’yicha korrelyasiya koeffisiyenti yuzaga keladi.
Aqliy testlarning yaratuvchisi hisoblanadigan F.Galton, birinchilardan bo’lib shaxs (xarakterologik) xususiyatlarini ham o’lchash zaruratini dolzabr maummo sifatida o’rtaga qo’yadi. U xarakterni aniq o’lchash uchun “har bir kishining kichik kundalik ishlardagi xulq-atvorini statistikasi“ orqaligini xulosa qilish mumkin, degan fikrni oldinga suradi.
Bundan tashqari, F.Galton “fikrlar assosiasiyasi”sini o’rganish jarayonida shaxs diagnostikasining proyektiv texnikasi masalalariga ham juda yaqinlashgan edi. U assosiativ tajribalarini e’lon qila turib: ”Mening metodim qisqa vaqt oralig’ida ongning erkin o’yinini ta’minlashni, undan o’tayotgan biror fikrlarning izi sekinlashib borayotganida diqqatni ularga qaratishni, darrov ilg’ab olishni, ongda ushlab turgan holda o’rganishni va xotirada aniq qayd qilib borishdan iboratdir”- deb aytadi.
Olimning birinchi tajribasi sayr qilish jarayonida o’tkazildi. Mazkur vaqt oralig’ida uning diqqatini 300 xil turli obyektlar jalb qilganligi aniqladi. Natijada, “noaniq“ yo’llar bilan ongga kirib kelgan ko’p ”fikr”larni to’play oldi. Ko’z o’ngida o’z hayotining ayrim voqyealari o’tmish xotiralari namoyon bo’ldi. Bir necha kundan keyin yana bir bor tajriba jarayoni qaytariladi. Unda talaygina turli fikrlar mavjud bo’lsa-da, ulardan aksariyat qismi qaytargan edi. Assosiasiyaning tabiatini va uning qaytarilish chastotasini tekshirish maqsadida hal qiluvchi tajriba o’tkaziladi. Buning uchun 75 ta so’zdan iborat ro’yxat tuziladi. F.Galton ularni birma-bir o’qir edi. So’ngra so’z bilan assosiasiyalashgan ikki fikrni yuzaga kelishini kutib turib, xronometr yordamida vaqtni qayd qilib borgan. Ikkinchi assosiasiya doimo eksperimental so’z o’qilgandan kelib chiqqan. Bu tajriba to’rt marotaba bir oy vaqt oralig’i bilan takrorlangan. Tadqiqotchi unda 505 ta “assosiyasiyalashgan fikrlar”ni yozib olgan. Ularni yuzaga kelishida 560 sekund vaqt sarflangan. Natijada, F.Galton, o’z tajrabilariga suyangan holda quyidagi xulosalarga keladi:

  • qaytariladigan assosiasiyalar chastotasi kutilgandan ancha yuqoriroq; ya’ni “ruh doimo tanish bo’lgan yo’llardan sayohat qiladi, ammo xotira ushbu sayohatdagi taassurotni esda olib qolmaydi”;

  • assosiasiyalar individualdir; ya’ni ”ikki katta yoshli kishining aqlini bir-biriga,nisbatan murosaga kelish darajasigacha yaqinlashtirishmaguncha, o’lchash imkoniyati mavjud emas”;

  • bolalik bilan bog’langan ilk assosiasiyalar ancha muqarrardir;

  • assosiasiyalar-bevosita ongsizlik jarayonlari bilan uzviy bog’liqdir.




Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling