Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha
Bine-Simonning ikki o’lchovi
Download 1 Mb.
|
Psixodiagnostika-fayllar.org
8.4. Bine-Simonning ikki o’lchovi
Tadbiqiy psixologiyaning asoschilaridan biri Alfred Bine o’z qarashlarida, ushbu fanning diqqat markazida shakllangan psixik jarayonlar katta o’rinni egallashi lozim,deb ta’kidlaydi. Intellektni o’lchashning ilk bosqichida Bine, u bilan xiromantiya va frenologiyada ko’rib chiqiladigan “o’zgaruvchilar” o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganishga intildi. Bundan tashqari u Galton va Kettell foydalangan testlar yordamida ayrim tajribalarni ham o’tkazgan edi. Ammo 1890 yillarda Bine intellektdagi individual farqlanishni o’rganish uchun murakkab psixik jarayonlarga murojaat qilish kerakligini angladi. Natijada, Bine Anri bilan hamkorlikda 1896 yil diqqat, xotira, tushunish, tasavvur, fazoni estetik baholash, axloqiy fikrlash va vizual sezgini o’lchashga mo’ljallangan testlar seriyasini yaratdi. So’ngi yillar davomida A.Bine sifatli aqliy o’zgaruvchilarga, jumladan, shaxsning aqliy faoliyatga ta’siri ahamiyatli ekanligiga o’z diqqatini qaratgan edi. Binening mashhur ishlari sirasiga 1902 yilda yaratilgan “Eksperimentalnoye isledovaniye intellekta” nomli kitobi bo’ldi. Bine birinchi o’rinda hukm va xulosa qilish qobiliyatini o’rganishga xotira hamda tasavvurni aniqlovchi psixologik testlarni qo’llash kerakligini tavsiya etadi. Shuningdek, u birinchilardan bo’lib, siyoh dog’lari yordamida tasavvurni baholashni ham taklif etgan. Bine o’z qarashlari asosida fanda norma va undan chetlanishni individual psixologiyaning asosiy tushunchalari sifatida kiritgan. 1905 yili A.Bine Teodor Simon bilan birgalikda bolalar intellektini o’lchashga mo’ljallangan birinchi shkalani yaratadi. U birin-ketin murakkablashib boradigan 30 ta vazifani o’z ichiga qamrab olgan edi. 1908 yilda esa Bine-Simonlarning shakllantirilgan shkalasi e’lon qilinadi. Bu shkala 3 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan yosh davrlari xususiyatiga ko’ra guruhlashtirilgan 59 ta testdan iborat edi. Mazkur shkalani belgilovchi foizli diapazon 67% dan 75% gacha. Agar foizga nisbatan bolalarning ko’p qismi ushbu testdan o’tgan bo’lsa, bu test ushbu yosh uchun yengil hisoblanadi; agar mazkur testni bolalarning kam foizi yechgan bo’lsalar, u bu yosh uchun murakkab hisoblanadi. Diagnostikaning intellektual bosqichi muammosini genial darajada hal etgan A.Bine fikricha, bolalarga shunday murakkab vazifalar (test) topshirilish kerakki, natijada normadagi bolalar qaysi yoshda ularni to’g’ri hal eta olishlari mumkinligini aniqlashning imkoniyat bo’lsin. Qachonki bola vazifani guruhdagi o’z tengdoshlari qatori muvaffaqiyatli hal eta olsa, normada deb tan olinish lozim. Shuningdek, Bine bu vazifalar orqali bolaning xronologik yoshi bilan oson taqqoslanadigan aqliy yoshni ham aniqlash mumkin, degan taklifni kiritgan. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling