9.6. Ayzenkning intellektual modeli
Ingliz maktabining atoqli nomoyondalaridan biri Ayzenk (Eysenck), Gilford tomonidan kiritilgan chizmaning ayrim elementlaridan foydalaniladi.
Uning modeli chizmasi ham kub shaklida bo’lib, har tomoni har xil nomlanishlar bilan belgilangan va quyidagi ko’rinish hosil qilgan:
intellektual jarayonlar (fikrlash, xotira, qabul qilish);
test materiallari (verbal, atrofli);
“sifat” (intellektual jarayonlari tezligi va kuchi).
Aniqlanishicha, intellekt kuchi vazifani bajarishdagi o’ta qattiq hafsala bilan bajarish va xatolarni tekshirishga moyillikdan tuziladi.
Gilfordning operasiyalarini o’zining “intellektual operasiyalari” o’xshashligini Ayzenk o’zi ham tasdiqlaydi.
“Test materiallari” va “mohiyat” kategoriyalari ham o’xshashdir. Faqat “fikrlash natijasi” kategoriyasi o’rniga avtor “sifat” kategoriyasini kiritadi.
Ayzenk umumiy omil mavjudligini inkor qilmagan holda o’zining modellari Q-omil (Spirmenni) va birlamchi omillar (Terstounni) va IQ ni tezlik, qattiq xafsalalik va xatolarni tekshirishga loyillik deb asoslaydi. Ayzenkning fikricha “Bugun bu model eng effektli va eng yaxshi” (Eysenck).
Fikrlash
Xotira
Qabul qilish
Intellektualjarayonlar
Sifat
Kuch
Tezlik
Test matireallari
Verbal Sonli Atrofli
9.6.1-rasm. Ayzenkning intellektual modeli
Ayzenkning nomi uzoq vaqt davomida ingliz intellekt tadqiqotchilari orasida yetakchi o’rin egallagan.
9.7. Rezyume
Intellektni aniqlashga oid yondoshuvlar bu davrda psixodiagnostikaning rivojlanish markazida bo’lib, natijada, uni o’lchaydigan testlar va ularning xilma-xil turlari taraqqiy etdi. Intellektni o’lchash muammosi esa, o’z navbatida intellekt testlari, aql testlari, maxsus qobiliyatlarni aniqlash testlari, umumiy intellektni aniqlash testi, kognitiv testlar. verbal va noverbal testlar, individual testlar, guruhiy testlarning rivojlanishi beqiyos hissasini qo’shdi. Natijada intellekt omillarining iyerarxik modeli yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |