Psixogigiyena


Download 74.23 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi74.23 Kb.
#1586552
  1   2
Bog'liq
Psixogigiyena 3-mustaqil ta‘lim.


Psixogigiyena ” fanidan 2-kurs Amaliy psixologiya yo’nalishi( sirtqi bo’lim) talabalari uchun 3-mustaqil ta’lim(nazariy amaliy).

Mustaqil ta’lim mavzusi:Psixoterapiyaning Vatani Sharq.

“ Psixogigiyena ” fanidan 11,12,13,14,15- chi mavzularni tavsiya etilgan adabiyotlar asosida o’rganing va quyidagi reja asosida yoriting.


Reja:
1Quyida keltirilgan jumboqni mantiqiy jihatdan yondashib yeching (Jumboq matni namunada)?( O’zingiz ham 5-ta Mantiqiy jumboq yozing).
2 XXI-asr rahbar shaxsining psixologik sifatlari.
3 Oilaviy munosabatlar psixologiyasi.( (Oila,nikoh, farzand, sevgi )termini ishtirokidagi Sharq va G’arb allomalarining ibratomuz purma’no hikmatli iboralaridan 20-ta yozing, yodlang).

NAMUNA
1-chi rejani bajarish uchun namuna:
Qadimda ikki daryo oralig’ida 2-ta katta podshohlik bo’lgan ekan.Ushbu podshohliklar uzoq yillar tichlik-totuvlikda , yaxshi qo’shnichilikda ahil yashashibdi.Birinchi podshohlikning taxtiga yangi podshoh kelibdi. Va u o’z saltanati chegaralarini kengaytirmoqchi bo’libdi.U harbiy yurish oldidan qo’shni mamlakatning kuch-qudratini tekshirish uchun ularga sovg’a-salomlar va bir jumboq yuboribdi.Podshoh o’z nomasida lutf bilan muroojat qilib yuborgan jumbog’ini qo’shni yurt donishmandlari topa oladimi yoki yo’qmi shunga qiziqayotganini bayon qilibdi.Qo’shni podshohlikdan yuborilgan sovg’a-salomlarni qabul qilib olgan podshoh , sovg’alar ichidagi jumboqqa e’tibor qaratibdi.Jumboq unga bitilgan maktubni o’qigach , Podshoh zudlik bilan saroy ayonlarini huzuriga chorlabdi.Chunki Podshoh qo’shni yurt shohining muddaosini anglab yetgan edi.

Jumboq tariqasida 3-ta bir-hil qo’g’irchoq yuborilgan edi.Ularning ko’rinishi , tayyorlangan materiali, balandligi , og’irligi bir-hil edi.


Jumboqda :Yuborilgan 3-ta qo’g’irshoq ichidan qimmatbahosi qaysi ekanligini aniqlang va uni bizga yuboring deyilgan edi?
Saroy donishmandlari qo’g’irchoqlarni harchand tekshirishmasin ularning qaysi biri qimmatbaho ekanligini aniqlay olmabdilar.
Shunda podshoh ushbu jumboqni yechgan odamga katta mukofot berilishini butun yurt bo’ylab e’lon qildiribdi.Savolni javobini bir chopon yigit aniqlab , mukofotga ega chiqibdi.
Hurmatli talabalar , aytingchi Chopon yigit qanday qilib qo’g’irchoqlarni ichidan qimmatbaho qo’g’irchoqni ajrata olgan??????????????
Javobi: Cho‘pon yigit shunday javob bergan bu qo‘g‘irchoqlar bir qaraganda bir xil lekin uni yasagan insonlar har xil biz bularni qaysi birini qimmatbaxo hisoblasek ham uning qiymati uni yasagan usta tomonidan baxolanadi. Har bir insonning dunyoqarashi fikrlash doirasi har xil. Masalan: menga birinchi qo‘g‘irchoq qimmatbaxo, saroy oshpaziga ikkinchisi bo‘lishi mumkin, qirolim sizga esa uchinchi qo‘g‘irchoq qimmatbaxo bo‘lishi mumkin deb javob bergan ekan.

Download 74.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling