Psixogigiyena
Download 74.23 Kb.
|
1 2
Bog'liqPsixogigiyena 3-mustaqil ta‘lim.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- Mantiqiy savol
- 4- mantiqiy savol
- 5- mantiqiy savol
- 2-chi rejani bajarish uchun namuna
- Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yhati.
2- mantiqiy savol
Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping. (Soat) 3- Mantiqiy savol Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda? Javob: Hushtak chalish. 4- mantiqiy savol Rossiyaga bu sabzavot Petr I davrida olib kelingan. U paytlarda uning donalari maydaroq va taxir bo‘lgan. Ular zich ekilgan, shuning uchun yanada maydalashib ketgan. Dexqonlar uzoq vaqt bu sabzavotni ekishdan bosh tortishgan. Uni ekishga majbur qilinganda xatto qo‘zg‘olonlar xam bo‘lib o‘tgan. Bunday isyonlar xarbiy qo‘shinlar bilan bostirilgan. Dexqonlar shunchalik ekishni xoxlamagan sabzavot qaysi? Javob: Kartoshka. 5- mantiqiy savol Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib «tirikchilik, umr kechirish, yashash» degan ma’nolarni bildiradi. Lekin hozirgi kunda bu narsa yashash va umr kechirish uchun unchalik ham yetmasligi mumkinligini ko‘rish mumkin. Bu qanday so‘z? Javob: Maosh. 2-chi rejani bajarish uchun namuna: XXI-asr rahbar shaxsining ( erkak rahbar, ayol rahbar) hislatlarini quyidagi jadval asosida to’ldiring? Namuna:
3-chi rejani bajarish uchun namuna: ( (Oila,nikoh, farzand, sevgi )termini ishtirokidagi Sharq va G’arb allomalarining ibratomuz purma’no hikmatli iboralaridan 20-ta yozing, yodlang). 1. Sevgi-insoniyatnin hayvonot olamidan sug’urib olgan kuchdir.( Z.Freyd) 2. Oila-tabiyat durdonalaridan biridir.( Jorj Satayana ) 3. Haqiqiy baxt bir odamning boshqasiga nisbatan g’ayirligi, zulmi yo’qolgandagina bo’ladi, oila a’zolarining bir-biriga samimiy munosabatlari, mehr-u oqibatlari esa ana shu oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi. ( Abu Nasr Farobiy ) 4 Boshqa odamlarga foydasi tegmaydigan inson – o’likdir (Yusuf Hos Hojib) 5. Tarbiyachi, ya’ni ota-ona «nafaqat so‘z bilan, balki amalda ham bola ruhiga ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim (Ibn Sino) 6. Ayol kishining oiladagi o’rniga to’xtalib: «Yaxshi xotin – oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan, husnli bo’lsa – ko’ngil yozig`i, xushmuomala bo’lsa – jon ozig`idir. Tili achchiq bo’lsa, barchaning dilini yaralaydi, pokiza bo’lmasa, eriga yuzi qoralik keltiradi, agar mayxur bo’lsa, uy odobi yo’qoladi, axloqsiz bo’lsa, oila rasvo bo’ladi» (A. Navoiy) 7. Oiladagi janjallar achchiqdir. Ular hech qanday qoidalarga rioya qilmaydi va og'riq yoki yaraga o'xshamaydi. Ular ko'proq davolamaydigan teri ko'z yoshlariga o'xshaydi, chunki ularni davolash uchun etarli material yo'q. (F. Skott Fitsjerald) 8. Oila - bu hayotdagi eng muhim narsa. Shunday kunlarning birida men atrofimdagi to‘rt devor o‘rtasida kasalxonada bo‘laman. Va men bilan bo'ladigan yagona odamlar mening qarindoshlarim. (Robert Berd) 9. Ota-ona va bola o'rtasidagi har qanday nizoda ikkalasi ham to'g'ri bo'lishi mumkin emas, qoida tariqasida, ular noto'g'ri bo'lishi mumkin. Aynan shu holat oilaviy hayotga o'ziga xos isterik joziba bag'ishlaydi. (Isaak Rosenfeld) 10. Madaniyat oila orqali yuqadi va bu muassasa to'g'ri ishlamasa, bu madaniyatning yomonlashishiga olib keladi. (Mario Vargas Lyosa) 11. Otaning qandayligini hech kim yo‘qligida bolasiga qilgan muomalasidan bilish mumkin. (Den Pirs) 12. Oilada katta yoki kichik narsa bo‘lmaydi. Hamma narsa, hatto, eng oddiy bo‘lib ko‘ringan oilaviy munosabatlar ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi. Aynisqa, rostgo‘ylik, samimiylik, sadoqatlilik, shirin suxan bo‘lish bola kamolotidagi zarur hayotiy vositalardan biridir. (Ibn Sino) 13. Yaxshi ota yoki ona bo‘lish uchun har doim g‘azablanish kerak bo‘lganida vazmin bo‘lishing, xafa bo‘lishing zarur mahalda esa tabassum qilishing kerak bo‘ladi. Shu bois ham, ota-ona bo‘lish katta mahorat. ( Den Pirs ) 14. Bolalar hech qachon kattalarga quloq solishmagan bo‘lishsa ham, ular kattalarga taqlid qilishda hech qachon xato qilishmagan. (Jeyms Boldvin) 15. Menga ayt va men unutaman. Menga saboq ber va men eslab yuraman. Meni qiziqtir va men o‘rganaman. ( Benjamin Franklin ) 16. Farzand – Yaratganning ota-onaga eng yuksak in’omi. Farzand qalbi esa – Xudoning ota-ona qo‘liga parvarishlash uchun bergan eng katta omonati. Bolangizga vaqt ajrating, ularni Xudoga e’tiqodli, odamlarga ishonchi baland qilib tarbiyalang. Ularning hayotdagi eng ishonchli do‘stiga aylaning. Keksalikda shulardan boshqa amallarning hech biri ish bermaydi. ( Liza Uingeyt ) 17. Garchi, bolalarimiz uchun bekam-ko‘st kelajakni hozir qila olmasak ham, bolalarimizni kelajak uchun kam-ko‘stsiz qilib tayyorlashimiz mumkin. ( Franklin D. Ruzvelt ) 18. Ertaga farzandlaringiz yodida bo‘lish uchun, bugun ularning hayotidan va ko‘nglidan joy olinglar. ( Barbara Jonson ) 19. Farzandni uzoqqa ketkazmaslikning eng yaxshi yo‘li – oilaviy muhitdagi zaharli havoni ko‘chaga haydab, oilada farovon, dilkash rishtalar, odamga xush yoqadigan iqlimni yaratishdir. ( Doroti Parker ) 20. Ota o‘z farzandiga go‘zal odobdan ko‘ra yaxshiroq narsa bermaydi. Farzandingga odob bergin, chunki sen farzandga odob berish va uni ta’lim-tarbiyali qilishga mas’ulsan. Bu mas’ullik esa farzandning kun kelib senga yaxshilik qilishiga mas’uldir. (Hadis) Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yhati. 1 Psixogigiyena Z.T.Nishonova, D.I.Xodjakulova, G’Q.Alimova ( O’quv qo’llanma) Toshkent. “ Bayoz” 2013 yil. 2 Rahbar psixologiyasi N. Boymurodov.Toshkent “Yangi asr avlodi” 2007-yil. 3 Oila psixologiyasi G’Sh. Shobahramov “Sharq “ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati.Toshkent-2010 yil. Download 74.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling