Psixologik adaptasiya va oila integrasiyasi


O’smirlarda dezadaptatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar


Download 44.98 Kb.
bet4/6
Sana25.04.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1399361
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PSIXOLOGIK ADAPTASIYA VA OILA INTEGRASIYASI

3. O’smirlarda dezadaptatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar
O’smirlarda ijtimoiy dezadaptatsiya holatlariga olib keluvchi omillarga quyidagilar
1. Disfunktsional oila;
2. O’smirning shaxs xususiyatlari (xarakter xususiyatlari, xulqiy og’ishlar, temperament, psixik buzilishlar)
3 Ta’lim muassasaidagi dezadaptatsiya;
4.Norasmiy ijtimoiy muhitning o’smir shaxsiga salbiy psixologik ta’siri);
5. Ijtimoiy demografik sabablar.
Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila, maktab va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’ladi. Bu omil bolani erta ijtimoiylashuvdan og’ishganlikka, bolalik davridayoq maktabda o’zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishi (pedagogik bo’sh qo’yish) olib keladi. O’smirda maktabga bo’lgan ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi motiviga sabab bo’ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda bo’luvchi, maktab baholariga befarq bo’ladigan, o’quv dezadaptatsiyasiga uchrovchi bo’ladilar.
-O’quv dezadaptatsiya – bolaning maktabga bo’lgan umumiy qiziqishini saqlanishida bir yoki ikki fanni o’zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan holatidir.
- maktab dezaptatsiya – bolaning yosh xususiyatida ta’lim olishidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda xulqiy buzilish holatlari o’qituvchilar, sinfdoshlari bilan janjalli vaziyatlar ko’rinishida o’ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo’ladi.
- ijtimoiy dezadaptatsiya – bolaning o’qishga bo’lgan qiziqishi, maktab jamoasining talablariga javob berishdan qochish holatlari, turli asotsial jamoalarga kirib ketish, spirtli ichimliklarga, giyohvandlik moddalariga qiziqishining ortishi bilan namoyon bo’ladi.
O'zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish o'g'rilik hisoblanadi. Bolalarning boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni so‘roqsiz olishi uchrab turadigan holat va, albatta, bunday holat har bir ota-onani xavotirga soladi. Keling, avvalo, o‘g‘rilikning ba'zi bir sabablari haqda fikrlashamiz.
1. Bolalarda meniki, uniki degan tushuncha yo‘qligi uchun. Bunga sabab, bolaning yoshi kichkina ekanligi yoki ota-ona tarafidan bu tushuncha unga yoshlikdan singdirilmagan bo‘lishi mumkin.
2. Boshqalarda bor narsalar ularda ham bo‘lishini juda ham qattiq xohlash. Bunga sabab ota-onaning pul masalasida juda qattiq qo‘lligi yoki bolalarning do‘stlari o‘rtasida iqtisodiy ahvol ko‘p farq qilishida bo‘lishi mumkin.
3. Do‘stlari oldida o‘zini ko‘rsatish. Ba'zida bolalar do‘stlariga narsalar olib berib, o‘zlarining hurmatlarini oshirmoqchi bo‘lishadi.
4. Kimningdir e'tiborini tortish. Qandaydir bayramlarda o‘zi yoqtirib qolgan qiz yoki bola uchun sovg‘a olmoqchi bo‘lishlari mumkin.
5. Ota-onalaridan xafaligini ko‘rsatish uchun. Ba'zida o‘smir yoshli bolalar shu yo‘l bilan “namoyish” ko‘tarmoqchi bo‘lishadi.
Agar shunday holat yuz bersa nima qilish kerak?
1. Bu muammoni hamma oldida muhokama qilmasdan, bolaning o‘zi bilan gaplashib, unga tushuntirish kerak. Yashirin gunohlarni oshkor qilmaslik haqidagi qoidaning hikmati ham aynan shunda. Gunohkor o‘zini faqat bir marta adashgan his qiladi. Agar e'lon qilinsa, o‘zini shu turdagi odamlardan his qila boshlaydi.
2. Bola keltirgan zararni unga his qildirish. Agar pulni boshqa odamdan o‘g‘irlagan bo‘lsa, unga qarzini to‘lab, evaziga butun oila nimadandir voz kechib turadi. Masalan, oilaviy parkka borish yoki muzqaymoq yeyish yoki ovqatlanishda vaqtincha voz kechib turish mumkin (qaymoq, shakar,go‘sht). Bolaning o‘ziga odatda uning vazifasi bo‘lmagan ishlarni qildirish ham natija beradi.
3. Albatta, boshqalarning mulkini olish gunohi haqida, harom-halol haqida yaxshiroq tushuntirish. Bundan tashqari, bunday muammoning oldini olish ham mumkin. Buning uchun halollikka juda qattiq e'tibor berish va, albatta, buni bolalarga ham o‘rgatish kerak. Ba'zida bolalar o‘rtoqlarining iqtisodiy sharoiti, moddiy ahvollari o‘ta balandligi tufayli noshukurlik qilib qo‘yishi mumkin. Bolalarga yoshligidan pulga munosabatni o‘rgatishimiz, xaridlarni to‘g‘ri va oqilona qilishga odatlantirishimiz ham yaxshi natija beradi. Bolaga yoshligidan pul bermaslik emas, pul berib uni to‘g‘ri sarflashga o‘rgatganimiz ma'qul.
Ona va o‘g‘il bola tarbiyasi
— O‘g‘lim 14 yoshga kirdi. Har bir gapimga kiradi, faqat… o‘g‘irlik qiladigan odat chiqargan. Yaqinda qo‘shnimnikidan 58.000 so‘m o‘g‘irlab chiqibdi. «Nega o‘g‘irlading?» deb so‘rasam, «o‘g‘li jahlimni chiqardi, shunday qilib alamimni oldim», deydi. Urishsam, indamay turadi, uray desam, katta bo‘lib qoldi. Do‘stona gapirsam, quloq soladi. Bu odatini tashlarmikan deb, qiziqishidan kelib chiqib, musiqa to‘garagiga berdim. Qanday yo‘l tutishga ham hayronman. «Agar yana o‘g‘irlik qilsang, umuman musiqa bilan shug‘ullanmaysan», deb qo‘rqitdim. Balki dadasi uzoqdaligi uchun (xorijga ketgan) tarbiyasiga ojizlik qilayapmanmi, deb o‘ylab qolaman…
Dilfuza, 35 yoshda, Surxandaryo viloyatidan
— Avvalo bu odat paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lganini bilish muhim. Ba'zida bolakay ota-onasi yetarlicha e'tibor bermaganda yoki ular bolaga pul bermagani uchun o‘zini tengdoshlaridan ortga qolganday his qilganda (masalan, birida telefon bor-u, bunda yo‘q yoki boshqalarday kiyinmasa) shunday yo‘l tutadi. Bular o‘smir bola uchun juda muhim. Shuning uchun bu o‘rinda faqatgina bolani ayblash to‘g‘ri emas. O‘zingizning unga munosabatingiz qay darajadaligi haqida ham o‘ylab ko‘ring. Chunki bola «ota-onam menga pul bermayaptimi, demak, yaxshi ko‘rmaydi, e'tibor qaratmayaptimi, demak, meni tushunmaydi», degan fikrga kelib qolishi mumkin. Shuning uchun farzandingizdan nima uchun bunday yo‘l tutayotganini yotig‘i bilan so‘rab, do‘stona gaplashib oling. Chunki u bilan gaplashmasdan turib, jazolayversangiz, vaziyat battar chigallashishi, bola endi sizga umuman hech nima aytmay qo‘yishi mumkin. Lekin o‘zida bo‘lmagani uchun pul o‘g‘irlamasin deb ko‘p pul berish ham yaramaydi. Doim yonida pul bo‘ladigan, ularni osongina sovuradigan o‘smirlar atrofida har doim ham «yaxshi do‘stlar» jam bo‘lavermaydi. Buni farzandingizga tushuntiring, haqiqiy do‘stlaring uchun cho‘ntagingda qancha pul borligi muhim emas deng. Pul o‘g‘irlashning oxiri voy bo‘lishini, hamma o‘g‘ri deb chaqirishini, buning qonunan javobgarligi borligini tushuntirib qo‘ying. Xullas, avvalo vaziyat sababini o‘rganing. Nega bunday qilgani, unga nima yetishmayotganini so‘rang. Faqat juda ehtiyotkor bo‘ling, chunki farzandingiz kelajakda kim bo‘lib ulg‘ayishi sizga bog‘liq. Jazolamoqchi bo‘lsangiz, avvalo o‘g‘irlikni rostdan ham u qilganiga amin bo‘ling. Unutmang, yoningizda jinoyatchi-o‘g‘ri emas, bola turibdi. Hukm chiqarish va jazolashga shoshsangiz, bolaning kelajagini buzasiz, o‘ziga ishonchini yo‘qotasiz. Bola bu o‘g‘irlik sizni qanchalik ranjitishini tushunishiga imkon bering, lekin voqyeani «jinoyat», «o‘g‘rilik», «kissavurlik» deb atamang. Tuyg‘ularingizni aytib, sirlashing, muammoning yechimini birgalashib izlang. Faqat unutmang, yechim — sizning buyrug‘ingiz emas, hamkorlikdagi qaror bo‘lishi kerak. Qo‘shningizdan olgan pulni zudlik bilan egasiga qaytarish kerakligini ayting, ammo buni bir o‘ziga qoldirmang. Bu uni battar yomon ahvolga soladi va keyingi gal o‘g‘irlaganini sizdan imkon qadar bekitishga harakat qilaveradi. Faqat u bilan birga boring. Shunda bola har bir inson qo‘llab-quvvatlanish huquqiga egaligini tushunadi. Bolaning kimlar bilan do‘stligiga ham ahamiyat bering. Chunki ba'zan bola atrofidagi do‘stlari qilgan ishga qiziqib, o‘zida takrorlab ko‘radi. O‘z muammolaringizni aytib, undan yordam tariqasida fikr so‘rang. Chunki o‘smir yoshda bola o‘zini kattalardek his qiladi va atrofdagilardan ham shunday munosabat kutadi. O‘g‘lingiz dilidagilarni ochganidan keyin uning muammolari haqida gaplashishga harakat qiling. Qiziqishidan kelib chiqib musiqa to‘garagiga berganingiz to‘g‘ri yo‘l. Yana nimalarga qiziqishini bilishga harakat qiling va uning bo‘sh vaqti ko‘p bo‘lmasligini ta'minlang.
Mobbing - jamoada (ish, o‘qish joyida) ruhiy bosim o‘tkazish shaklidir. Surunkali davom etganda kasallikka aylanadi. Turli qo‘rqitishlar, mazah qilishlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Nafaqat kattalar, balki bolalar xam ta'qib qurbonlariga aylanishlari mumkin. Sinfdoshlar davrasidagi mobbing keng tarqalgan hodisadir. Bolalar ko‘pincha boshqalardan ajralib turadiganlarga («oyisining erkasi», a'lochi yoki ikkichilar, jismoniy zaif bolalar, tashqi ko‘rinishi boshqacharoq bo‘lganlar) tegajog‘lik qiladilar.
Mobbing turlari:
1. Og‘zaki tahqirlash - qurbon doimo haqoratlar, masxara-mazaxlar va xo‘rlanishga uchraydi.
2 Jismoniy ta'sir - tepish, turtish va urishish orqali namoyon bo‘ladi. Bu kabi xo‘rlanishga uchraganlar jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lmagani uchun qarshi zarba berolmaydi.
3. Gaplashmaslik, aloqani uzish (boykot) - bu ayollar jamoasida ko‘proq uchraydi. Qizlar mushtlashishga moyil bo‘lmaganliklari sababli ular o‘z qurbonlarini e'tiborsiz qoldirishni, jamoaga qo‘shmaslikni, orqasidan g‘iybat qilishni, o‘zlariga yoqmaydigan qiz davraga kelishi bilan shivirlashdan to‘xtashni ma'qul ko‘radilar.
4. Tahdidlar - o‘g‘il bolalar orasida xam, qizlar orasida xam keng tarqalgan. Qurbonga jismoniy jazo yoki boykot bilan tahdid qilishlari mumkin.
Ijtimoiy ta'qib qurboniga aylangan o‘smirlar ko‘pincha o‘z joniga qasd qilishga urinadilar.
Epidemiologiyasi:
O‘tkazilgan tadqiqot va so‘rovnomalarning natijalariga ko‘ra, kasallikni tarqalganligi 1-10% ni tashkil etadi.
Ijtimoiy va sog‘liqni saqlash sohalarida yaqqol ifodalangan.
Etiopatogenezida premorbid xarakter qirralari, ya'ni shaxsning o‘ta sezuvchanligi, stressga bo‘lgan chidamliligi va frustratsion tolerantlikning pasayishi kabilar ahamiyatga ega.
Mobingning asosiy simtomlari - uyqu buzilishlari, nevroz, ta'sirchanlik, depressivlik, suitsid xayollar.
Davolash - mobbing bilan uning ilk bosqichlaridanoq kurashish, davolash lozim. Bola sinfdoshlari tomonidan qanchalar uzoq vaqt haqoratlansa, keyinchalik biron jamoga moslashishi va jamiyatda o‘zini xolis baholashi shunchalik qiyin bo‘ladi.

▶️ Hodisa joyini ob'yektiv analiz qilish


▶️ O‘ziga ishonch treningi
▶️ Relaksatsiya texnikalari
▶️ Stressni yengish texnikalari
▶️ Zaruriy sport turi
▶️ Stress natijasida yuzaga kelgan ruhiy buzilishlarni (depressiya, qo‘rquv) davolash.
O’smirning ijtimoiy dezadaptasiya natijasi sifatida vandalizm, ekstrimizm, xakking va ksenofobiya Ekstremizm va ksenofobiya dezadaptasiya muammosining bir qismidir, chunki kattaroq o'spirinlik davrida urush va tinchlik, yaxshilik va yomonlik masalalari maktabda, ehtimol oilada sinf axborot soatlarida bir necha bor muhokama qilingan. Shuningdek, ular boshqa etnik guruhga nisbatan bag'rikenglik, muhojirlarga nisbatan bag'rikenglik munosabati, ularning tashqi qiyofasi va xulq-atvori, noto'g'ri nutqi haqida gaplashdilar. Agar allaqachon maktabgacha yoshdagi bolalar xalqlarning birodarligi haqida she'rlar o'qisa, o'spirinlar tashrif buyurgan odamlarga turmush tarzi va xatti-harakatlarini sinchkovlik bilan tekshirishni boshlaydilar. Dastlab, mobbing boshqa maktab yoki sinfdagi bolalarni rad etish sifatida paydo bo'lishi mumkin, keyin ularga nisbatan tajovuzkorlik, qabrlarni tahqirlashga, umuman ularning mavjudligiga qarshi norozilik sifatida olib kelishi mumkin. Bu qonunni buzganlik uchun jazoni o'tagan odamlar tomonidan qo'llaniladi. Ekstremizm (lot. — oʻta, keskin) — siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. E.ning siyosiy va diniy koʻrinishlari yaqqol ajralib turadi. Voyaga etmaganlar uchun "norozilik" ni boshqarish juda oddiy - hech qanday nasihat, cheksiz so'rovlar, ota-onalarning tashriflari va qo'ng'iroqlari yo'q. O'ziga ishongan, qat'iyatli va jasur "Robin Gud" da bo'lish bolalar uchun zavq bag'ishlaydi. “Haqiqiy erkak, tomoqni eritmaydi, u hayotdan qat'iy o'tadi, hamma unga bir so'z bilan itoat etadi. Va pul har doim bor ", dedi biz bilan ishlagan qiyin o'spirinlardan biri. Ona o'g'lidan fikrini o'zgartirishni, maktabga borishini, darslarni o'rganishini, sport bilan shug'ullanishini iltimos qilib o'tirdi va yig'ladi. Ammo onasining ko'z yoshlari uni faqat g'azablantirdi. O'smir "kofirlarga qarshi kurashish" uchun Islomni chuqur o'rganmoqchi edi.
Ksenofobiya ekstremizm bilan bog'liq. Ksenofobiya (yunoncha xenos - begona va fobiya - qo'rquv) - obsesif qo'rquv, o'zga, begona narsalarga emas, begona narsalarga dushmanlik - begonalar »; begonalashtirish tizimi paydo bo'ladi, dushman tasviri, maxsus fikrlash. Inson o'zini doimo "musofirlar" va "begona dunyolar" dan ajratib, chegaralarni belgilaydi. M. Vebster lug'atida ksenofobiya begonalarga, chet elliklarga yoki begona va g'alati narsalarga nisbatan qo'rquv yoki nafratdir. Ksenofobiya odamning nimadan qo'rqishidan, u nimani qabul qilmasligidan va tushunmasligidan yoki boshqasiga mutlaqo begona va begona, unga noma'lum deb bilishiga qarab farq qiladi. Shunday qilib, quyidagilar mavjud:
♦ irqiy va etnik fobiyalar (etnofobiya);
♦ diniy (islomofobiya);
♦ turli xil madaniy, jismoniy, yosh xususiyatlariga ega guruhlarga nisbatan fobiya.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling