Psixologik, diniy va madaniy tahdidlar


konferensiyasi va Kengashining 68-sessiyasida Axborot savodxonligi bo’limi


Download 157.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1312808
1   2   3
Bog'liq
seminar 5

konferensiyasi va Kengashining 68-sessiyasida Axborot savodxonligi bo’limi 
tashkil etilishi e’lon qilindi, uning vazifasi turli kutubxonalar va 
mamlakatlarda rivojlangan axborot savodxonligi standartlarini aniqlash va 
xalqaro axborot savodxonligini yaratish edi. 
Aytish joizki, globallashuv davrida axborotlar oqimi bois yoshlar keng bilimga ega 
bo’libgina qolmay, tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va xatarlarga 
duch kelayotganliklari, ularni axborot xurujlaridan asrash borasida katta 
yoshdagilarning mas’uliyatini oshirish zarur. Mamlakatimizda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyatning turli jabhalariga joriy etish borasida 
keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ko’rsatilayotgan xizmatlar turi 
kengayib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarilishi natijasida yurtimizda internet 
tarmog’idan foydalanuvchilar soni tobora oshib bormoqda. Bugungi kunda 
mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 22 milliondan oshib ketdi. 
Internetning o’tkazuvchanlik darajasi 4 barobar oshirilib, tarmoqqa ulanish tezligi 
2,5 marta ortdi. 
Buning natijasida mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning axborot 
resurslardan, jumladan, internet tarmog’idan foydalanish imkoniyati kengaymoqda. 
Ta’kidlash lozimki, milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog’lom 
axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud. Xususan, “O’zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi qonunda 
yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo’ravonlikni, hayosizlikni 
va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man 
etilishi, “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonunda pornografiya, 
shafqatsizlik va zo’ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini 
tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir 
etilishiga sabab bo’luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, 
adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish 
etish
taqiqlanishi 
belgilab 
qo’yilgan. 
Umuman, 
bugun axborot makonidagi real voqelikdan kelib chiqib, keng jamoatchilikning 
manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida yoshlarimizni nosog’lom 


axborotlardan himoyalash masalasini tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlarni 
yanada takomillashtirish dolzarb masalaga aylanmoqda. 
Qolaversa, sohaga doir qonun hujjatlarining joylarda samarali ijro etilishi ustidan 
parlament va jamoatchilik nazoratini o’rnatishimiz talab etiladi. 
Dunyoda kechayotgan murakkab jarayonlar barchamizdan yoshlar tarbiyasiga 
yanada e’tiborliroq bo’lishni taqozo etmoqda. Bu jarayonlar mamlakatimiz kelajagi 
sog’lom va har tomonlama uyg’un rivojlangan yoshlar qo’lida ekanligi ilgari 
surgan edi. SHunday ekan, biz o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama, shu 
jumladan, ma’nan sog’lom bo’lib voyaga yetishlari uchun qayg’uramiz. 
Dasturimizda nazarda tutilganidek, dunyoning turli mintaqalarida ziddiyatlar, 
beqarorlik kuchaygan, ixtiloflar davom etayotgan bir sharoitda biz yoshlarimizni, 
o’z farzandlarimizni internetning zararli ta’sirlaridan himoya qilishimiz zarur. 
Buning uchun, eng avvalo, ta’lim tizimida ular bilan muntazam targ’ibot-tashviqot 
ishlarini olib borishimiz va bu ishlarni tashkil etishda ommaviy axborot 
vositalaridan keng foydalanishimiz lozim. 
Bunda tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda yoshlarning istak va 
xohishlarini inobatga olish, unda har qanday zo’rlik va majburlovlardan voz 
kechish, yoshlarning asosiy qiziqishi va faoliyat doirasini tashkil etayotgan turli xil 
sohalarni tarbiya jarayonida to’liq 


qamrab olish, bunda, axborotli texnologiyalar (ommaviy axborot vositalari – 
gazeta, jurnal, radio, televideniye va internet) xizmatidan foydalanishni keng 
yo’lga qo’yish, milliy qadriyatlarimizni o’zida aks ettiradigan internet saytlari, 
multimedia va roliklarni ko’paytirishdan iborat. Yoshlar ongiga ijobiy ta’sir 
etuvchi musiqa va kino san’atining tarbiyaviy imkoniyatlaridan samarali 
foydalanish lozim. Axborot savodxonligi standarti. Ushbu standartga muvofiq, 
axborot savodxonligi "aniq bir vazifani bajarish yoki muammoni hal qilish uchun 
zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’g’ri aniqlash uchun zarur bo’lgan bilim va 
ko’nikmalarning mavjudligi; ma’lumotlarni samarali izlash; uni tashkil qilish va 
qayta tashkil etish; ma’lumotlarni sharhlash va tahlil qilish" deb tushuniladi. 
topilgan va olingan (masalan, Internetdan yuklab olingandan so’ng), axborotning 
to’g’riligi va ishonchliligini, shu jumladan, olingan ma’lumotlardan 
foydalanishning axloqiy me’yorlari va qoidalariga muvofiqligini baholash; kerak 
bo’lganda tahlil qilish va sharhlash natijalarini boshqalarga topshirish va taqdim 
etish; ma’lum harakatlarni amalga oshirish va ma’lum natijalarga erishish uchun 
ma’lumotlardan keyingi foydalanish. Axborot savodxonligining bir qator tegishli 
tushunchalari mashhur va maxsus adabiyotlarda, jumladan, kompyuter 
savodxonligi, media savodxonligi va axborot kompetensiyasida keng qo’llaniladi. 
"Axborot savodxonligi" va "axborot madaniyati" tushunchalarini solishtirish 
ularning sezilarli o’xshashligini ko’rsatadi. Ularning ikkalasi ham inson va axborot 
o’rtasidagi o’zaro ta’sirning murakkab, ko’p bosqichli va ko’p o’lchovli hodisasini 
tavsiflaydi. Ikkala tushunchaning tarkibida ham ko’plab komponentlar ajralib 
turadi: ma’lumotni qidirish, topilgan ma’lumot manbalarini tahlil qilish va tanqidiy 
baholash qobiliyatidan ta’lim, kasbiy yoki boshqa faoliyatda yuzaga keladigan turli 
muammolarni hal qilish uchun ulardan ijodiy foydalanishgacha. Shu bilan birga
shaxsiy axborot madaniyati tushunchasi axborot savodxonligi tushunchasidan 
kengroqdir. Axborot savodxonligidan farqli o’laroq, u axborot dunyoqarashi kabi 
tarkibiy qismni o’z ichiga oladi, bu esa shaxsni maxsus axborot ta’limiga bo’lgan 
ehtiyoj uchun majburiy motivatsiyani nazarda tutadi. Rossiyada ishlab 
chiqilayotgan axborot madaniyatini shakllantirish konsepsiyasi va umuman 
axborot savodxonligining xalqaro konsepsiyasi o’rtasidagi farqlar fundamental 
xususiyatga ega emas; ular faqat rus olimlari va amaliyotchilarining xalqaro 
nazariya va amaliyot yutuqlarini milliy madaniyat va ta’lim an’analari, Rossiya 
kutubxonalari va ta’lim muassasalari tajribasi bilan uyg’unlashtirish istagini aks 
ettiradi. 
▪ 
axborotga bo’lgan ehtiyojni etarli darajada shakllantirish qobiliyati; 
▪ 
axborot resurslarining butun majmuasida kerakli ma’lumotlarni samarali 
izlash; 
▪ 
axborotni qayta ishlash va sifat jihatidan yangisini yaratish; 
▪ 
individual ma’lumotlarni qidirish tizimlarini saqlash; 
▪ 
ma’lumotlarni adekvat tanlash va baholash; 


▪ 
muloqot qilish qobiliyati va kompyuter savodxonligi. 
Yuqorida aytilganlarning barchasi axborotning jamiyatdagi rolini bilish, axborot 
muhiti qonuniyatlarini bilish va undagi o’rnini tushunish, yangi axborot 
texnologiyalariga ega bo’lishga asoslanishi kerak. 
Axborot madaniyatini amalga oshirish darajalari 

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling