Psixologik mahoratlar


Download 365.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana17.09.2023
Hajmi365.98 Kb.
#1679882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
129-135

Yosh Tadqiqotchi Jurnali 
ISSN: 2181-3132 
Vol. 2 No. 3 (2023) 
scientific journal impact factor 4.7 
Vaziyat.1.
 
Ba’zi o’qituvchilar vazifa bajarmaydigan va ularga etiborsiz qaraydigan o’quvchilarga dakki 
berish orqali ularni jazolamoqchi bo’lishadi. Lekin bu ularning unumli ta’lim olishlari uchun yaxshi 
holat deya olmaymiz. Negaki, aynan mana shu vazifani bajarmaganligi uchun shu jazoni olganligi 
ularning ong ostiga quyilib qoladi va bu kabi vazifalarga nafrat ko’zi bilan qarab qolishi mumkin. 
O’qituvchi nafaqat pedagogik mahoratga to’laqonli ega bo’lishi, balki psixologiya fanidan ham 
yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Masalan fanda “Bola psixikasi” degan tushuncha bor. 
Ya’ni bu degani Bola istak-xohishlaridan kelib chiqib ular uchun vazifalar tayyorlashi va ularga 
tortiq etishi demakdir. Agar e’tibor qaratgan bo’lsangiz 4 yoki 5 yosh atrofidagi bolar televizor 
qarshisida soatlab o’tirishsada, yoki 15 yoki 17 yoshdagi bolalar telefonlaridan soatlab ko’z 
uzmasliklariga qaramasdan ular zerikishmaydi va vaqt o’tganini sezmay qolishadi. Nega bunday? 
– Negaki bu ular uchun qiziqarli va sevimli mashg’ulotlardir. O’qituvchi-pedagog o’zining 
psixologik ta’limotidan foydalangan holda o’quvchilarga ularning yoshlaridan kelib chiqib vazifa 
tayinlashi va ularga taqdim etishi kerak. Ya’ni pedagog o’quvchilarga qiziq bo’lgan mashg’ulotlarga 
ta’limni bog’lay olishi lozim.


133
Yosh Tadqiqotchi Jurnali 
ISSN: 2181-3132 
Vol. 2 No. 3 (2023) 
scientific journal impact factor 4.7 
Vaziyat.2.
 
Ba’zan bolalar va ularning psixologiyasi bir-birinikidan anchagina farq qilishi mumkin. 
Ularning ba’zilari tanti, ba’zilari esa qiziqqon, injiq, yig’loqi, xushchaqchaq va shu kabi 
xususiyatlarga ega bo’lishadi. Bu tabiiy hol, albatta. O’qituvchi, ya’ni bolalarga ingliz tilini 
o’rgatadigan mutahassis bu xususiyatni ifodalovchi so’zlarni ingliz tilida aytishi, bolalarga 
o’rgatishi va ushbu yo’l orqali bolalarni yomon xususiyatlaridan uzoqlashtirishlari mumkin. Bu 
ham pedagogning psixologik ko’nikmalarini ko’rsata olishining bir usulidir. 
O’qituvchi-pedagog faoliyatini quyida 3 boshqichga bo’lib olamiz va ko’rib chiqamiz. 
1. Dars oldidan tayyorgarlik 
2. Dars jarayoni 
3. Tahlil qilish 

Download 365.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling