Psixologik maktablarda rivojlanish nazariyasi Reja


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana02.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1147025
1   2   3   4   5
Bog'liq
3slayd (1)

 
 


• U (Id)-shaxsning primitiv yadrosi u tug`ma xarakterga ega, 
ongsizlik joylashgan va qoniqish tamoyiliga bo’ysunadi. Idda 
tug`ma impulsiv qiziqishlar mavjud (hayot instinkti Eros va o’lim 
instinkti Tanatos) va psixik rivojlanishni energetik asosini tashkil 
etadi.
• Men (Ego) shaxsni ratsional va anglanuvchi qism.u biologik 
etilishga ko’ra,hayotning 12 va 36 oylari orasida yuzaga keladi va 
reallik printsipi bilan boshqariladi. Egoning vazifasi sodir 
bo’layotganlarni tushuntirish va insonni xulqini shunday tuzish 
kerakki, uni instinktiv talablari qondirilishi, jamiyatning va 
ongning cheklovlari buzilmasligi kerak. Egoning hamkorligida 
indvid va sotsium o’rtasidagi nizo hayot mobaynida sustlashishi 
kerak.
• Oliy –Men (Super Ego) shaxsning tuzilmaviy tarkibi sifatida eng 
oxirida 3-6 yoshlar orasida shakllanadi. Super Ego insof uni 
moslashishini ifodalaydi va bu jamiyatda qabul qilingan 
normalarni amal qilishini qattiq nazoratga oladi
 


Psixologik himoya mexanizmlari odamni yoqimsiz 
emotsional kechinmalardan himoya qiladi, psixologik 
komfortni saqlab berishga yordam beradi. Psixologik 
himoyani funktsional vazifani va maqsadi, ongsizlikni 
instinktiv impulslari va tashqi ijtimoiy muhit talablarini 
o’zlashtirishi oila va jamiyatning qoida va normalarini 
o’zlashtirish o’rtasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan 
ya`ni shaxsni ichki nizolarini (havotirlik,siqilish) 
engillashtirishdan iborat. Psixologik himoya 
mexanizmlari bu nizolarni engillashtiradi, inson xulq-
atvorini himoya qiladi va uni moslashuvchanligi va 
psixikasini barqarorligini oshirgan holda boshqaradi.


•  Psixologik himoyalanganlikni ta`minlovchi asosiy mexanizm 
sifatida shaxsning barqarorlashtiruvchi maxsus boshqaruv 
tizimi yuzaga chiqadi. Ular nizoni anglash bilan bog`liq bo’lgan 
havotir tuyg`ularini bartaraf qilish yoki minimumigacha 
keltirishgacha yo’naltirilgan. Bu yondashuv bilan bog`liq holda 
uning asosiy funktsiyasi sifatida ong muhitini negativ shaxsni 
jarohatlovchi kechinmalardan “to’sish” ko’rib chiqiladi. 
• Keng ma`noda “psixologik himoya” atamasi psixologik 
diskomfortni bartaraf etish natijasida yuzaga keladigan 
negativizm kabi shaxs xislatlari faolligini chalkashtiruvchi 
“yolg`onlar” paydo bo’lishi, shaxslararo munosabatlar tizimini 
o’zgartiruvchi har qanday xarakatlarni tushuntirishda 
qo’llaniladi.


• Himoya mexanizmi – bu xatar yoki xavotir manbaini 
buzib ko’rish rad etish yoki qochish mumkin bo’lgan 
har qanday jarayon. Himoya mexanizmlari, 
shuningdek, bizning “Men” ligimizni ideallashtirilgan 
obrazini tartibga solishga hamda o’zimizni qabul 
qilishimiz qulay bo’lishi uchun yordam beradi. 
Zigmund Freyd birinchilardan bo’lib, himoyaning ko’p 
turlarini identifikatsiyalangan va bu mexanizmlar 
ongsiz tarzda harakat qilishini taxmin qilgan.
• Himoya mexanizmlarini juda ko’p qo’llovchi insonlar 
yaxshi moslashmay qoladilar, chunki ular emotsional 
energiyalarining ko’pini xavfni nazorat qilish va o’zi 
haqidagi yolg`on tasavvurlarini saqlab qolishga 
harakat qiladi. SHunga qaramay himoya 
mexanizmlarini foydasi mavjud. Ular ko’pincha xavfni 
engib o’tishga yordam beradi. Bizda xavfdan samarali 
qutilish va muammoga diqqatni qaratishga vaqt 
paydo bo’ladi. Agar siz bizning aytganlarimizdan 
o’zingizga taalluqliligini olgan bo’lsangiz, bu siz 
o’zingizni faqatgina himoya qilaverasiz degani emas. 
Avval ta`kidlaganimizdek hamma ham himoya 
mexanizmlarini qo’llab turadi.



Psixologik himoya mexanizmlarini turlari. 
1.Siqib chiqarish – bu yoqimsiz fikr, istak yoki tuyg`ularni 
ongsiz, beixtiyor ravishda chiqarib tashlash jarayoni. Z.Freyd 
motivatsion unutish orqali himoya mexanizmini to’liq ifodalab 
bergan. U simptomlarni shakllanishida muhim rol` o’ynaydi. Bu 
mexanizmni faoliyati xavotirlikni kamaytirish jarayonida etarli 
bo’lmaganda xamda siqib chiqarilgan ma`lumotni buzilgan holda 
anglashga yordam beruvchi boshqa himoya mexanizmlari ishga 
tushadi. Ma`lumki, psixologiya fanida himoya mexanizmlarini 
ikkita kombinatsiyasi keng tarqalgandir: 


A)siqib chiqarish+siljish. Bu kombinatsiya faollik 
reaktsiyalarini yuzaga kelishiga yordam beradi. Siqib 
chiqarish va siljish mexanizmlari tarkibida bo’lgan 
bolaga nisbatan dushmanlikka qarshi himoyani 
ifodalaydi. 
B)siqib chiqarish+konversiya – bu kombinatsiya 
isterik reaktsiyalarni asosini tashkil qiladi.


• Tushkunlik mexanizmining mohiyati – ongdan jarohatlovchi voqea mohiyati 
va u bilan bog`liq emotsiyalarni chiqarib tashlashdir. Tushkunlik qo’rquv 
emotsiyalarini ushlab turish uchun rivojlanadi. Ularning paydo bo’lishi o’zini 
ijobiy idrok qilish uchun noma`qul shuningdek, agressorga bog`liq bo’lib 
qoladi. Qo’rquv real stimulni unutish oqibatida qo’rquvni keltirib 
chiqaruvchi, shuningdek, u bilan bog`liq bo’lgan assotsiativ ob`ektlar, 
faktlar vaziyatlarning barchasi yig`iladi.
• Regressiya. Muammoli vaziyatda avvalgi yoki bolalikdagi istak va 
xarakatlarni qoniqish shakliga qaytishdir. Regressiya qisman to’liq yoki 
simvollik bo’lishi mumkin. Muammoni yordam so’rash oqibatida hal qilish 
“regressiya” sinfiga shuningdek, “xarakat faolligi” mexanizmiga kiradi. 
SHuningdek, xavotirlikni kamayishini talab qilish mumkin bo’lmagan istak 
orqali kelib chiqqan. Regressiv xulq-
atvor ko’p hollarda kattalar tomonidan 
taqdirlanadi xamda simbiotik emotsional munosabatlarni talab qiladi. 


Proektsiya – bu individ o’zining ongli darajasida rad qiluvchi fikr, 
tuyg`u, motiv va istaklarni boshqa shaxs yoki ob`ektga o’tkazish 
mexanizmi. Mexanizm o’zini va atrofdagilarni ular tomonidan 
emotsional rad etilishi sifatida qabul qilmaslik tuyg`usini ushlab 
turish uchun rivojlanadi. Proektsiya o’zini qabul qilmaslik qo’rquvi 
bilan kurashishni uddalay olish uchun boshqalarning rad etuvchi 
xarakatiga nisbatan chaqirilgan. Proektsiya atrofdagilarga ularni 
qabul qilmasliklarining ratsional asosi sifatida turli negativ 
sifatlarni ularning fonida o’zini qabul qilish uchun yo’naltirishdir. 
“Agar yomon odam meni rad etsa, demak men yaxshiman yoki 
yomon odamning fikri men uchun ahamiyatli emas”. 



Proektsiyani noaniq shakllarini kundalik hayotda uchratish mumkin. 
Ko’pchiligimiz o’z kamchiliklarimizga e`tibor bermay, boshqalarda ularni 
osonlikcha sezamiz. Biz atrofdagilarni o’z tashvishlarimizda ayblashga 
moyilmiz. Proektsiya zararli bo’lishi xam mumkin, chunki reallikni noto’g`ri 
anglashga olib keladi. Bu mexanizm kshpincha anglamaydigan va xafa 
bo’luvchi shaxslarda namoyon bo’ladi. 


• Introektsiya – inson yoki ob`ektni simvolik internalizatsiyasi (o’ziga 
kiritishi). Mexanizm xarakati proektsiyaga qarama-qarshidir. Introektsiya 
yordamida sevgi ob`ektlari va o’zining shaxsi o’rtasidagi farqlar bartaraf 
etiladi. Ba`zida boshqa odamlarga nisbatan jaxl yoki agressiya o’rniga 
yo’q qiluvchi tuyg`ular, o’zini o’zi tanqid qilishga, o’zini qadrlamaslikka 
aylanadi, chunkiayblanuvchida introektsiya sodir bo’lgan. Bunday vaziyat 
ko’pincha depressiya holatida kuzatiladi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling