Psixologik metodika Farzandlarning ota-onalari bilan munosabatlari «O`smir ota-onasi haqida»
Download 32.61 Kb.
|
Psixologik metodika Farzandlarning ota-onalari bilan munosabatla
- Bu sahifa navigatsiya:
- DASTLABKI MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH TARTIBI
TADQIQOTNI O`TKAZISH TARTIBI
Ishni boshlashdan oldin talabalarni testning maqsadi va vazifalari bilan tanishtiriladi hamda ularga quyidagicha yo`riqnoma beriladi: «Sizdan o`z tajribangizga asoslangan holda berilgan ta’kidlarning qaysilari ota-onangizga xosligini belgilash so`raladi. Buning uchun har qaysi ta’kidni diqqat bilan o`qib chiqing, birortasini ham qoldirmang. Agar muayyan ta’kidlash otangiz (onangiz)ning tarbiya sohasidagi tamoyillariga to`liq mos kelsa, «2» raqamini doira bilan belgilang. Muayyan ta’kidlash otangiz (onangiz)ning tarbiya sohasidagi tamoyillariga faqat qisman mos kelsa, «1» raqamini doira bilan belgilang. Agar ta’kid ota-onangizga mutlaqo xos bo`lmasa (to`g`ri kelmasa) «0» raqamini doira bilan belgilang». So`ngra o`smirga savolnoma teksti va ota-onaning har qaysinisi uchun alohida bo`lgan javob varaqalari beriladi. Javoblar ota uchun alohida, ona uchun alohida beriladi, lekin ta’kidlar har ikkala holda ham bir xil bo`ladi. Bunda shunga e’tibor berish kerakki, o`smir avval ota yoki ona yuzasidan javob varaqasini to`liq belgilab va tadqiqotchiga topshirib bo`lgandan so`nggina keyingisini to`ldirishni boshlashi mumkin. Bunda oldin kimdan (otadan yoki onadan) boshlashning tadrijiy ahamiyati yo`q. O`smirlar uchun ADOR savolnomasi FIO__________________________________________________________
DASTLABKI MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH TARTIBI O`smir har ikkala javob varaqasini (ota va ona uchun) to`ldirib berganidan so`ng, barcha javoblar «baholash varag`i»da ota uchun alohida, ona uchun alohida umumlashtiriladi. Har qaysi parametr bo`yicha dastlbki ballarning yig`indisi hisoblanadi (POZ — pozitiv e’tibor (qiziqish), DIR — direktivlik (ko`rsatmalilik), HOS — dushmanlik (murosasizlik), AUT — avtonomlik (erkinlik) va NED — izchillikning yo`qligi (tartibsizlik). Keyin dastlabki ballar tegishli jadvalga asosan standart ballarga aylantiriladi. Standart ko`rsatkichlar 1 dan 5 gacha bo`lgan qiymatga ega, ularning o`rtachasi, ya’ni 3 me’yor (norma) hisoblanadi. Agar muayyan parametr bo`yicha 1–2 ball chiqsa, u kuchsiz namoyon bo`lgan, agar 4–5 ball bo`lsa bu xususiyat yaqqol ifodalangan deb hisoblash mumkin. So`ngra maxsus varaqlarda ham otaga, ham onaga bo`lgan munosabat ko`rinishlari tuziladi. Shkalalarning interpretatsiyasi (sharhi) Download 32.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling