Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?
Axloqiy jihatdan psixilogning ma’naviy qadryatlari?
Download 0.79 Mb.
|
Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.Hozirgi kunda O’zbekiston sharoitida psixologiyaning mavjud sohalari
- 19.Kasbiy faoliyat motivatsiyasi
17.Axloqiy jihatdan psixilogning ma’naviy qadryatlari?
Amaliy psixolog statusiga ega bo’lishni istagan insonna bir qator talablar qo’yiladi ularning birinchisi u oliy ma’lumotli psixolog bo’lishi zarur. Bunday diplom oliy o’quv yurtini bitirganda yoki ikkinchi mutaxassislik orqali olinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya, pato psixologiya, defektologiya, psixologik maslaxat, tibbiyot, pedagogika, sosiologiya, huquq fanlaridan habardor bo’lishi talab qilinadi. U albatta bolalar bilan muloqot qila olishi talab qilinadi. amaliy psixolog albatta psixologik maslahat sirlaridan habardor bo’lishi lozim. Amaliy psixolog albatta hamma sohalarda ishlaydi. Amaliy psixologning statusi rahbar kabi yuqori bo’ladi va shu bilan birga u hammaga hamdard bo’la oladigan inson bo’lishi talab qilinadi. U mijoz bilan suhbatlashayotgan albatta mijozning psixologik xavfsizligini ta’minlashi zarur bo’ladi. Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida ishlash vaqtida albatta psixodiagnostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat bera olishi talab qilinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog EHM sohasini yaxshi bilishi talab qilinadi. 18.Hozirgi kunda O’zbekiston sharoitida psixologiyaning mavjud sohalari? O’zbekiston psixologiyasida quyidagi holatlarni qayd qilishimiz mumkin. Rus psixologlaridan Ivanovning O’rta Osiyo Davlat Universitetida dars berishi. Mantiq kafedrasi qoshida psixologiya fanining o’qitilishi. 1972 yildi Toshkent davlat Universiteti qoshida psixologiya kafedrasini tashkil topishi. Birinchi professorning paydo bo’lishi M.G.Davteshin, B.R.Qodirov, E.G’.G’oziyev, G’.B.Shoumarov, V.M.Karimova O’zbekistonda Oliy attestasiya komissiyasining paydo bo’lishi va fan nomzodlari ximoyasining O’zbekistonda o’tkazilishi. Psixologlar jamiyatini paydo bo’lishi 19.Kasbiy faoliyat motivatsiyasi? Kasbiy motiv va motivasiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng doirada tadqiq qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida Ye.A.Klimov, V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog’liq motivasiyalarni 3 guruhga ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - kasb tanlash motivlari va uchinchisi - ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi. Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil bo’lib, ular o’ziga xos omillar bilan belgilanadi. Birinchi guruh omillariga jamoaviy xarakterning uyg’onishi bilan bog’liqliklari kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan tobelikni xohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi. Ikkinchi guruh omillari o’zi va oilasi uchun moddiy mablag’ning orttirilishi, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir. Uchinchi guruhga o’zini o’zi faollashtirish, rivojlantirish, o’zini namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug’ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi bo’lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bog’liq. Maktab o’quvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan bog’liq ravishda shakllantiriladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling