Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?
Shakllantiruvchi (ta’limiy) eksperiment
Download 0.79 Mb.
|
Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dala eksperimenti
- Qayd etish eksperimenti
- Assotsiativ eksperiment
Shakllantiruvchi (ta’limiy) eksperiment – psixik jarayon, shaxs holati yoki sifatini tadqiq etish va shakllantirish metodi. Masalan, bolalarda ma’lum sinf masalalarini yecha olish qobiliyatini shakllantirish. Sinaluvchilar tegishli masalalar bilan tanishtirilib, ularni yechish tartibi tushuntiriladi. So’ngra ularga zarur malaka va ko’nikmalarni orttirishga ko’mak beriladi. Eksperiment yakunida olingan natijalar baholanadi.
Dala eksperimenti o’z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o’xshashdir, faqat u insonning real hayotidagi voqyelikda o’tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan, oliy o’quv yurtida ta’limning yangi dasturini kiritish bo’yicha eksperiment olib boriladi, buning ustiga, dastur o’quv jarayoniga real tartibda kiritiladi. Tadqiqotchilarni eksperiment natijasida talabalar bilimining yaxshilanashi yoki ularning avvalgidek saqlanib qolishi qiziqtiradi. Buning uchun ular eksperimentgacha va eksperimentdan so’ng talabalar bilimini tekshiruvdan o’tkazadilar va eksperimentning samaradorligi yuzasidan xulosa yasaydilar. Qayd etish eksperimenti deb, vazifasi ma’lumotlarni oddiy ravishda qayd etish va ta’riflash, ya’ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro’y beradigan voqyelarni qayd etishdan iborat bo’lgan eksperimentga aytiladi. Qayd etish eksperimentsi tabiiy eksperimentdan vazifalarning real holati oddiy qayd etilishi va olingan natijalar o’zaro eksperimentgacha va eksperimentdan so’ng solishtirilmasligi bilan farq qiladi. Masalan, bolalarda xotiraning rivojlanish darajasini aniqlash. Sinaluvchilarga materialni eslab qolish va namoyish qilishga doir vazifalar qatori taklif etiladi. Ularni bajarish natijalariga ko’ra, xotiraning rivojlanganlik darajasi aniqlanadi. Assotsiativ eksperiment – K.G. Yung, M. Vertgeymer va D. Klyayn tomonidan bir vaqtda taklif etilgan va shaxs motivatsiyasini tadqiq etishga mo’ljallangan loyihalash metodi. Bu metodda sinaluvchiga rag’bat so’zlar to’plamiga javoban miyaga kelgan so’zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga kelgan tasavvurlar rag’bat-so’z va sinaluvchining javobi o’rtasidagi bir xil tasavvurlarning turi, qaytarilishi, vaqtiga ko’ra qayd etiladi. S.L. Rubinshteyn eksperimentning to’rt xil o’ziga xos xususiyatiga ta’rif bergan edi. Birinchidan, eksperimentda kuzatuvchi vaziyatga faol aralasha olmaydigan kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchining o’zi o’rganayotgan hodisani yuzaga keltiradi. Ikkinchidan, tadqiqotchi o’rganilayotgan jarayonning kechishi va ifodalanishi sharoitlarini o’zgartirishi mumkin. Uchinchidan, eksperimentda o’rganilayotgan jarayonni aniqlash uchun qonuniyatli aloqalarni o’rnatish maqsadida, alohida sharoitlarni o’zgarishli tarzda istisno qilish imkoni mavjud. Va, nihoyat, to’rtinchidan, tadqiqotchi olingan ma’lumotlarning matematik qayta ishlanishini qo’llagan holda sharoitlarning miqdoriy nisbatlarini ham o’zgartirishi mumkin. Eksperiment metodining muhim afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi sustkashlikka yo’l qo’ymay, uni qiziqtiruvchi psixik hodisaning yuzaga kelishini kutib o’tirmasligi lozim. Eksperimentda tadqiqotchi sharoitlarni o’zi yaratganligi uchun bu sharoitlarni, hamda, ularning sinaluvchiga ko’rsatadigan ta’sirini ham to’laligicha hisobga olish imkoniyati tug’iladi. Sharoitlarning tadqiqotchi tomonidan yaratilishi ularni bir necha marta takrorlash imkonini beradi. Bunday takrorlash, bir tomondan, olingan natijalarning obyektiv tasdiqlanishi bo’lib xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, ma’lumotlar to’planishi va ularni miqdoriy baholash imkoniyatlarini ochib beradi15. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling