Psixologik trening asoslari fanidan


Download 1.31 Mb.
bet12/100
Sana10.12.2021
Hajmi1.31 Mb.
#179676
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Bog'liq
2019 maxsus sirtqi treningg мажмуа

Tayanch iboralar:

Psixologik trening, trening muloqot, muloqot ko’rinishlari, verbal muloqot, noverbal muloqot, treningning o’ziga xosligi, emotsional xissiy zo’riqish, shaxsni barkamollashtirish.

Muloqot treningining maqsadi - muloqot jarayonida vujudga kela-digan nizoli va muammoli vaziyatlarni yechishga o'rgatish, aynan shu soxada ba'zi ma’lumotlarni ta’kidlab, muloxaza yuritishga undash.

Odatda o’zaro munosabatda bo’layotgan odamlar - muloqot ishtirokchilari turli xil pozitsiyalardan kelib chiqqan xolda o’zaro munosabatlarda bo'ladilar. Bu pozitsiyalar ko’p jixatdan muloqot ishtirokchilarining o’zaro xolatiga, muloqot natijasiga ta'sir etadi va keyingi munosabatlar mazmunini belgilaydi. Insonlar o’zaro munosabatlarda qanday pozitsiyada turib muloqot qurishlariga qarab 5 xil munosabat tiplari farqlanadi:

Raqobat usuli - muloqot jarayonidagi bir kishining ikkinchi kishi ustidan xukmron bo’lishi va uning vaziyatni butunlay boshqarish niyatida muloqot qurayotganligini anglatadi. Odatda, katta yoshlilar va kichiklar o’tasida, raxbar va unga tobe xodim munosabatlarida shun­day manzarani ko’zatishimiz mumkin. Bunda birinchi tomon o’z ustunligidan foydalangan xolda ikkinchisining ustidan o’z fikrini namoyon etadi. Tabiiyki, o’zini tobe deb xis etayotgan odamda ichki noqulaylik va zo’iqishlar yigilib boradi, psixologik til bilan aytganda yashirin nizo yigilib boradi. Bu esa, vaqti kelib kattaroq nizolarning paydo bo’lishiga va o’zaro munosabatlarning yomonlashuviga olib keladi. Masalan, kechga qolgan talaba o’qituvchi tomonidan mashg’ulotga qo’yilmaydi, o’qituvchining bunday qarori talabaga yoki auditoriyadagi boshqa talabaga yoqmaydi, lekin ular o’qituvchining aytganini qilishga majbur, bu esa talabada o’qituvchiga nisbatan norozilik xissini keltirib chiqaradi, u o’zidagi norozilik xolatini dars jarayonida ifodalashga xarakat qiladi. Ya’ni, o’qituvchining jig’iga tegadigan xulq-atvor yoki xatti-xarakatlari bilan o’qituvchining dars o’tishiga xalaqit berishi mumkin. Tabiiyki, bunday xolatlar o’qituvchi tomoni­dan ham ijobiy qabul qilinmaydi. Oqibatda, bora-bora ular orasida raqobatli vaziyat kelib chiqishi va xatto boshqalar ham aralashuviga sabab bo’ladigan nizoli xolatlar ro’y berishi mumkin. Bunday xolat­lar raxbar-xodim o’tasidagi munosabatlarda xam uchraydi.

Yon berish - yuqorida aytilgan xolatga o’xshashroq, biroq farqliroq. Kishi o’zidan yoshi katta yoki mansabi katta kishi oldida o’z manfaat va istaklarini to’la ifoda etolmay o’zini tobe xis etadi. Agar yuqoridagi misolda tobelik o’zga kishi tazyiqi ostida vujudga kelsa, yon berish pozitsiyasida shaxs o’z ixtiyori bilan shu xil munosabat tarafdori bo’ladi, lekin ma’lum vaqt va natijalardan so’ng unda ichki qoniqmaslik xislari paydo bo’la boshlaydi, bunday qoniqmaslik xislarining ortib borishi natijasida yon berayotgan kishisiga nisbatan ichki norozilik kelib chiqadi. Yon berish insonni passivlikka undaydi, uning ichki tashabbusini bo’g’ib qo’yadi va erkinligini cheklaydi. Ko’p jixatdan bu pozitsiya xam muqarrar nizolarga olib keladi. Bunda shaxs muloqot jarayonida yon berishga majbur emas, lekin u yon berishga burchliman deb xisoblaydi. Masalan: qaynona-kelin munosabati, ota-ona va farzand o’tasidagi munosabatlarni aynan shu pozitsiyaga misol sifatida keltirsa bo’ladi.

Passivlik - biron masalani xal etish lozim bo’lgan vaziyatlardan shaxsning o’zini olib qochishi, turli baxonalar bilan qarorni orqaga surishini anglatadi. Ko’pincha bu xil xarakat nizoli vaziyatlarni xal etish jarayonida namoyon bo’lishi mumkin. Aytish mumkinki, passivlik-nizodan qochish emas, balki masalani o’zil-kesil xal etishdan qochishdir. Muammoni issig’ida xal qilish kerak, uni xal qilishni cho’zib yurish kerak emas. Chunki nizoni xal etishdan qochganimiz bilan nizo o’z-o’zidan xal bo’lib qolmaydi. Bu o’rinda o’quvchida shunday ehtiroz tug’ilishi mumkin: "Urushib qolgan ikki kishi vaqt o’tishi bilan bir-birini kechirib ketishi xam mumkin-ku, buni qanday tushunish mumkin?" kabi. Bu e’tiroz tashqi tomondan qaraganda to’gri, lekin psixologik jixatdan taxlil qilinsa, ular atrofdagilar nazarida bir-birini kechirgandek ko’rinsalarda, aslida ular ma’lum muddatgacha bir-birlariga nisbatan ichki norozilik xolatida qolaveradilar.

Kompromiss – ya’ni kelishuvchanlik. Bahsli vaziyatlarda "Sen ham yutqizma, men ham yutqizmay" kabilida ish tutish, munozarali vaziyatdan ikkala tomon ham xafa bo’lmay chiqib ketish imkoniyatini izlashdan iborat bo’lgan holdir. Albatta, bu yuqorida sanab o’tilgan munosabat tiplarining orasida eng samaralisi, lekin bu xil munosabat vaziyatni aynan hozir hal etishga, "keyin nima bo’lsa bo’lar" qabilida ish tutishga qaratilgan bo’ladi. Bunda minus tomoni shundaki, muammoni oxirgacha hal etilmasa, bora-bora baribir nizo kelib chiqishi mumkin.

Hamkorlik - bu holat barcha ishtirokchilarning o’zaro manfaatlarini xisobga olgan holda muloqotda bo’lish va muammoli vaziyatni oxirigacha hal etishga intilishdir. Har qanday muloqot jarayonida xamkorlikka erishish uchun erishiladigan oxirgi natija ikkala tomonning ham manfaatlarini qondirishi va ularning qiziqishlariga mos kelishi kerak. Oilaviy munosabatlar, ishxonadagi vaziyatlar va turli xollardagi insoniy munosabatlarda bu usul juda ko’p qo’llaniladi. Hayotiy vaziyatlarda faqat o’zining manfaatinigina emas, balki, boshqalarning manfaatlari xaqida ham qayg’urish xamkorlik munosabatlarining garovi hisoblanadi. Zamonaviy psixologiya fanida xamkorlik munosabatlarini shakllantirishning qonuniyat va mexanizmlari yetarli darajada to’la ishlab chiqilgan. Shu ma’lumotlarga tayangan holda hozirgi paytda maxsus tashkil etiladigan trening mashg’ulotlarida turli xil o’yin va mashqlar yordamida odamlarga hamkorlik munosabatlarining amalga oshirilishi haqida ma’lumotlar berish, insonning xamkorlik pozitsiyasida turib muloqotga kirishishi borasida ko’nikma va malakalarni shakllantirish yo’lga qo’yilgan.

Shu o’rinda alohida ta’kidlash lozimki, bu jarayonni tashkil qi­lish va olib borishda nafaqat trening o’tkazish uslubi, balki trenerning shaxsiy pozitsiyasi ham yetakchi omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Ya’ni bu xil munosabat uslubi trenerning ehtiqodiga aylangan bo’lishi va u har qadamda buni namoyon qilishi kerak.

Yuqorida ta’kidlangandek, samarasiz muloqot uslublari insonlar o’tasida nizoli vaziyatlarning kelib chikishiga olib keladi. Odatda nizo -manfaat, qiziqish va dunyokarashlarning qarama-qarshiligi sifatida ta’riflanadi. Har bir inson boshqalar bilan munosabatga kirishar ekan, u albatta, biron manfaatni, hatto aytish mumkinki, eng avvalo o’z manfaatini ko’zlagan holda va masalaga o’z qarashini ifodalab muloqotga kirishadi. Lekin muloqot kamida ikki tomonning o’zaro fikr almashuvidan iborat va ikkala tomon ham muloqot muammosiga nisbatan xar xil fikrlarni bildirishi mumkin. Natijada fikrlar qarama-qarshiligi, ya’ni nizoli vaziyatlar vujudga kelishi muqarrar. Odatda nizoli vaziyatlarda bir tomon o’z fikrini to’g’ri deb xisoblaydi, ikkinchi tomonning fikrini esa inkor etadi, natijada muloqot jarayonida bo’zilish va muloqotdan qoniqmaslik xissi yuzaga keladi. Bu qoniqmaslik xissi ochiq-oydin ifoda etilsa tomonlar o’rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi, xatto o’tada nizo (janjal) paydo bo’ladi. Lekin ba’zi xollarda biz bunday qoniqmaslik xissi­ni ochiq ifoda eta olmaymiz va ichimizga "yutib" ketamiz, natijada tomonlar o’tasida yashirin nizo paydo bo’ladi va o’tadagi davomiy sovuqchilikning asosiga aylanadi.

Demak, aytish mumkinki, birgalikdagi faoliyat va xayotga, ya’ni muloqotga xalaqit beruvchi to’siq xamda noxushliklarni o’z vaqtida bartaraf etishga intilish kerak. Buning uchun eng yaxshi usul-unutishdir. Unutish vazifasini esa vaqt bajarishi mumkin, ya’ni vaqt o’tishi bilan biz nizoli vaziyatlarni, kim bilandir o’tamizda paydo bo’lgan noxush vaziyatlarni unuta boshaymiz. Lekin xozirgi jadal taraqqiyot davrida vaqtga ishongandan ko’ra, faol xarakat qilib nizoli vaziyatlar natijasi bo’lgan noxushiklarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish samaraliroq natijalar berishi mumkin. Muloqotchanlikni oshirish uchun muljallangan tre­ning davomida quyidagi mashq o’tkazilishi maqsadga muvofiq.

Har bir ishtirokchi "Karshimdagi odam kim?" degan savolga ja­vob olishi lozim. Buning uchun esa shaxs o’z qarshisidagi odam, ya’ni suxbatdoshi xaqida imkon darajasida ko’prok ma’lumotga ega bo’lishi lozim. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, xech bo’lmaganda muloqotga kirishayotgan odam xaqida 7 ta ma’lumotga ega bo’lish maqsadga muvofiqdir. Bu ma’lumotlar o’sha odamning mutaxassisligi, mutaxassis bo’lib shakllanishiga turtki bo’lgan xolat, oilaviy axvoli, sog’ligi to’g’risida shikoyatlari bor-yo’qligi, kasbining o’ziga yoqadigan va yoqmaydigan tomonlari, u qadrlaydigan insoniy sifatlar, qiziqishi yoki xobbisi. Bu ma’lumotlar qatori qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi va samarali muloqot o’natish kafolatlanadi. Demak, xar qanday odam muvaffaqiyatli muloqotga kirishish uchun ana shunday ma’lumotlarni bilishi talab etiladi.

Samarali muloqotni tashkil qilishda e’tiborga olinishi lozim bo’lgan yana bir xolat "qarshimdagi odam qanday xolatda?" degan sa­volga javob bo’lishdan iborat. Buni quyidagi mashq orqali amalga oshirish mumkin:

O’yinga oid sotsial trening - bu insonni muloqotga o’rgatish uchun bajariladigan o’yin mashqlari va xatti-xarakatlari tazimidir. Trening jarayoni-bu xar bir o’yin mashqida uning raxbari qanday ustanovka berishidan iboratdir. Treningning asosiy maqsadi-shaxsni psixologik (ruxiy) jixatdan ozod qilish, unda tabiiy erkinlikni xis etishi xamda o’z guruxida va undan tashqarida o’zaro munosabat va aloqa o’rnata olishni shakllantirish.

Treningda uning raxbari yo trener yoki dirijyor sifatida ishtiroki. Trening maqsadini aniq va nixoyatda tushunarli darajada tushuntirish maqsadga muvofiq. Masalan, boshqa kishilarni yoki o’zini o’zi tushunishga o’rgatish. O’zgalarni va o’zini o’zi o’rganish, o’ziga-o’zi baxo berishni ta’minlaydi, boshqalar fikrini uka olish va ularni idrok qila olish.

Muloqatda o’zini o’zi boshqarishga zikran e’tiborni to’plashni amalga
oshirish maqsadida tavsiya qilinayotgan sxemaga rolli o’yin va munozaralar
etish orqali trening vazifasini murakkablashtirish mumkin

Trening 3 qismdan tashkil topgan bo’lib quydagilardan iboratdir.

1. Psixofiziologik kontakt o'rnatish

2. Psixologik kontakt

3. Psixodrama

Treningning asosiy ustanovkasi: rolli o’yin shaklida rolli vaziyatni etishni tashkil qilish mutlaqo zarur, chunki trening uning qatnashchilaridan trenerning yordamida o’yinda yaratilgan vaziyatlarga nisbatan individual munosabatini uygotish zarur.

Treningni o’tkazish davomida uni qatnashchilarining shaxsiy muloqat usullarini o’zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglashtiruvchi vaziyatni rag’batlantirish joiz.

Treningning faoliyati 8-10 mashg’ulotni o’z ichiga qamrab oladi xolos.

Treningning xamma mashg’ulotlari uning ishtirokchilari bilan faqat do’stona, samimiy xis-tuyg’ular asosida va ixtiyoriy tarzda o’tkaziladi.

Trening ishtirokchilarining soni 7-15 nafar bo’lishi mumkin, lekin bundan ortmasligi lozim. Gurux bilan mashqlarni o’tkazishdagi majburiy shartlar bo’yicha qoidalarga rioya qilinmasa, u xolda o’yinli trening ijobiy natija bermasligi tugrisida oldindan kelishib olishish kerak.

Jumladan,

1. birg-biriga samiymilik xayrixoxlik:

2. bir-biriga ishonish. (uzaro ishonch):

3. mashqlarni bajarish davomida shaxsga baxo bermaslik, balki uning faoliyatiga va muloqat usullariga baxo berishlik:

4. ishtirokchilar o’yindan qay darajada qanoatlanganligi xaqidagi taassurotlarini shu zaxotiyok trenerga ma’lum qilishlik:

5. topshiriqlarni bajarish faqat ijobiy gepotezaga mo’ljallanganlik.

6. jismoniy nuqsonlarga nisbatan e’tiborni qaratmaslik:

7. treningning borishi jarayonida xech kim xech qanday maslaxat bermaslik:

8. "Bu yerda va xozir"-degan shartni bajarish ya’ni trening paytida ro’y bergan xamma narsa tashqariga olib chiqilmaslikka va xozirgi muloqotda nimalarni xis etayotganligini ma’lum qilmaslik:

9. tomoshabinlar trenerning ruxsati bilan emas, balki guruxning barcha a’zolarining roziligiga binoan qatnashishlik kabilar:

Treningni muvaffakiyatli o’tkazishning va uning sermaxsulligi ko’p jixatdan trener bilan ishtirokchilar o’rtasidagi o’zaro bir-birini tushinish darajasiga bog’liqdir.

O’yin treningini uyushtirishda quyidagi eng qiyin xolatlarni inobatga olish va ularni izchil ravishda nazarda tutish maqsadga muvofiq:

1. O’zining shaxsiy ichki siqiqligini yengash, barcha ishtirokchilarining ko’zlariga to’gridan-to’gri va ochik chiroy bilan, dadil qaray olish:

2. O’yin faoliyatining boshida yaratilgan vaziyat-eng omilkor va qulay bo’lishi kerak:

3. Treningni muvaffaqiyatli o’tkazish trenerdan katta (psixik) ruxiy, intelektual tashkiliy jixatidan katta kuch sarflashni bioquvvat talab qiladi:

4.Trening o’zaro ishtirokchilarni bir-biriga ishongan xolda o’zaro samarali ta’sir etish muxitida o’tkaziladi:

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan talablarga rioya qilmasdan turib, aslo o’ynovchi gurux xosil qilib bo’lmaydi. Va bunga trening ijobiy ta’sir ko’rsata olmaydi.

Mashg’ulotni katta, keng yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega bo’lgan shinam xonada o’tkazish lozim. Xonada ishtirokchilar soniga teng miqdorda stullar bo’lishi kerak. Mashg’ulotda qulay, roxatbaxsh etadigan, kungil (dil) ochadigan osoyishta, sokin sharoit yaratilgan yaxshi (yaxshi lirik va minor ovozli) musika, derazalarga nozik, nafis darpardalar tutilgani ma’qul va xakoza.

Har bir ishtirokchi o’zining o’yingi va o’yin yuzasidan improzatsiya kilishga (tayyorgarlik bajarishga) tayyorlashi ruxiy jixatdan tayyorlamogi darkor.

Barcha guruh talabalari psixologik-pedagogik konsilium xaqidagi nazariy bilimlarni, uning axamiyati va maqsadini chuqur o’rgangandan keyin ular bilan rolli o’yin o’tkazish taklif qilinadi.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling