Axillashtiruvchi va tana to‘siqlarini bartaraf qiluvchi o‘yinlar.
5."Kema"
Guruh ikki komandaga bo‘linadi. Har bir guruhga bittadan gazeta beriladi.
Guruh azolari gazetani katta ochib, oyoqlarini qo‘yib gazeta, yani kemaga
chiqib 5-sekund turishlari kerak (sanash hamma tayyor bo‘lib turgach
boshlanadi). Keyin gazeta ikki buklanadi, azolar chiqishadi. Keyin yana
ikkiga buklanadi yana chiqishadi. SHu tariqa gazeta to hamma sig‘ib tura
olguncha buklanaveradi. Eng kichik kemada 5 sekund turgan guruh g‘olib
hisoblanadi.
Bu o‘yin bir tan bir jon bo‘lishga, guruhning jipslashuviga, ahillashuviga,
yordam beradi, epchillikka, chaqqonlikka o‘rgatadi.
6."Orqama-orqa"
Ishtirokchilar xona bo‘ylab harakat qiladilar. Boshlovchi tana azolaridan
birining nomini aytadi, masalan, "orqa" deydi. SHunda ishtirokchilar
o‘zlariga juft topib, bir-biriga suyanishlari kerak. O‘ziga sherik topa
olmagan odam o‘rtaga chiqadi va o‘yinni davom ettirish uchun boshqa tana
a’zolarining nomini aytadi (masalan, bosh, qo‘l, oyoq, barmoq, elka va h.k.).
7."Qayta tuzilish"
Guruh azolari ikki guruhga bo‘linadilar va boshlovchining ishorasi bilan
turli belgilarga ko‘ra tezroq safga tizilishga harakat qiladilar. Masalan,
oyoq kiyimi o‘lchami, tug‘ilgan kuni, tug‘ilgan oyi, bo‘yi va xokazolar hisobga
olinishi mumkin. Tez va to‘g‘ri saflangan guruh g‘olib hisoblanadi.
Trening hamma guruh azolari yaxshi bilgan birorta qo‘shiqni birgalikda
aytib tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |