TRENER SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
1) u avvalo o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bunda inglizlar aytganidek "O’zgalar psixologiyasini bilish - ular ustidan hukmronlikning bir shaklidir", degan naqlni esdan chikarmaslikdir; lekin bunda psixologik altruizm, ya'ni o’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun qo’yish xislati mavjud bo’lishi kerak;
2) o’zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur;
3) har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chikib ketishgina emas, balki uning oldini ola bilish, vaziyat to’g’ri kelganda esa uni bartaraf etib, ishtirokchilarga to’g’ri maslahat bera olish;
4) empatiya, ya'ni o’zgalar holatlarini chuqur xis qila olish qobiliyatining mavjudligi;
5) o’zgaruvchan, moslanuvchan aql soxibi bo’lish, kutilmagan holatlarga o’zini oldindan tayyorlash, o’zini yo’qotmaslik;
6) o’z xatti-harakatlarini doimo ma'lum maromda ushlash va kerak bo’lsa o’zidagi motorikani rivojlantira olish;
7) o’zgalar nutqi, reaktsiyalarini aniq tushunish va tinglash, mimika va harakatlar mohiyatini to’g’ri talqin etish va tushunish;
8) tinglovchilar va o’yin ishtirokchilarining extiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormaslik;
9) rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi, bunda oldinda kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jixatlarini oldindan taxminan bo’lsa ham, tasavvur qilib, aniq reja to’za olish;
10) o’ziga ishonch, e'tiqodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |