Psixologik trening haqida umumiy tushuncha


Download 55.83 Kb.
bet1/10
Sana13.11.2023
Hajmi55.83 Kb.
#1770988
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ijtimоiy-psixоlоgik trеning – kоnfliktli xulq-аtvоrni kоrrеktsiyalаsh mеtоdi sifаtidа.Tа’lim-tаrbiya jаrаyonidаgi kоnfliktli vаziyatlаr prоfilаktikаsi


Ijtimоiy-psixоlоgik trеning – kоnfliktli xulq-аtvоrni kоrrеktsiyalаsh mеtоdi sifаtidа.Tа’lim-tаrbiya jаrаyonidаgi kоnfliktli vаziyatlаr prоfilаktikаsi
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
Asosiy qism
I Bob Ijtimоiy-psixоlоgik trеning – kоnfliktli xulq-аtvоrni kоrrеktsiyalаsh mеtоdi sifаtidа……………………………………………………………….…...10
1.1 Psixologik trening haqida umumiy tushuncha.……………………….…..10
1.2 Treningni asosiy vazifalari……………………………………………….15
II Bob Ijtimоiy-psixоlоgik trеning notenglik konflikt manbai sifatida………24
2.1 Konfliktning ijobiy va salbiy tomonlari……………………………..……….24
2.2 Ta'lim-tarbiya jarayonidagi konfliktli vaziyatlar profilaktikasi……...………27
Xulosa……………………………………………………………………...……..29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..……..31


Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Psixologik adabiyotlarni tahlil qilganimizda treningga oid turli qarashlarni, amaliy tavsiyalarni uchratamiz. Xo’sh trening o’zi nima? Treningni tashkil qilishdan maqsad nima? Trening shaxs barkamolligini shakllantirib bera oladimi? kabi savollarga duch kelamiz. Avvalo, trening - bu odamning muloqot uslubini o'zgartirishga, uyg'unlashtirishga, kerakli ko'nikmalarni singdirishga va boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan yoki ong osti xarakterga ega bo'lgan qarama-qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy jihatdan jadal o’quv faoliyat turi deb ta’kidlasak ham xato bo’lmaydi. Trening - bu turli faoliyat sohalarida keng qo'llaniladigan juda mashhur va keng tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy qismlardan iborat, shu bilan birga, trening texnologiyasi odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga, o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini rivojlantirish zarurligini anglashga yordam beradigan o’quv shakllardan biridir. Hozirgi davrda insonlarni eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish, o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga intilishining kuchayishi, bo’lajak kadrlarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga oshirishga tayyorlash, shuningdek, rahbar kadrlarni samarali boshqarish usuliga o’rgatish kabi masalalarni echimini topish borasidagi ishlardan biri - bu ijtimoiy psixologiyaning asosiy sohasi bo’lgan psixologik treninglarni tashkil etishdir. XXI asrda kishilarning eng tabiiy bolgan muloqotga ehtiyoji, uning muloqot sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir etishga bolgan intilishi yanada oshdi.
Ularni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish olamdagi tabiiy mavjud bo‘lgan muvozanatni buzishga, uni ichdan qo‘porishga olib keladi. Shu bois, qadimgi obidalardan bo‘lgan “I szin” (“O‘zgarishlar kitobi”) da ta’kidlanishicha, Yan va In olamdagi rang-baranglik asosida vujudga keladigan birlikni tashkil etuvchi omillar hisoblangan. Tabiatdagi yorug‘lik va qorong‘ulik, nur va og‘u, yumshoqlik va qattiqlik, tosh va suv, ayol va erkak, kun va tun, osmon va yer, quyosh va oy, issiq va sovuq, yaxshilik va yomonlik kabi qarama-qarshiliklar muvozanati tabiiy bo‘lib, ularni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish emas, ularni o‘z holicha qabul qilish kerak. Tabiatdagi evolyutsion taraqqiyot mana shu tabiatan qarama-qarshi bo‘lgan birliklarning hamkorlikdagi tabiiy harakatidan iboratdir.
Borliqning evolyutsion o‘zgarishlari Inning Yanga aylanishi jarayoniga teng keladi. In va Yan tabiatning ikki fundamental asosi hisoblanadi. Ular borliq – makon va kosmosni tashkil qiladi. Ularning o‘zaro munosabatlari borliqdagi barcha o‘zgarishlarning kelib chiqishi uchun xizmat qiladi. Ular harakati – borliqdagi garmoniyaning negizidir. Aslida, har bir narsa, har bir o‘zgarishda Yan va Inning o‘zaro qarama-qarshiligi mavjud bo‘ladi.

Download 55.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling