Psixologik trening
Uchra O’tkaziladigan
Download 0.75 Mb.
|
Psixologik trening
Mazkur namunaviy dastur amaliy psixolog tomonidan o’ziga qulay tarzda ijodiy shakllantirilishi maqsadga muvofiqdir. Asosiysi, psixkorreksion dastur diagnostik, kontakt, korreksion, korreksion ta’sir effektivligini baholash bloklarini o’zida jamlashi lozim. O’smirlar uchun guruhiy psixokorreksion dastur, ijtimoiy-psixologik trening dasturlarining yana bir shakli bo’lib maqsadli guruh 12-18 ishtirokchidan kam va ko’p bo’lmasligi lozim. Har bir guruh bilan uchrashuv davomiyligi esa 90 daqiqadan oshmasligi va kamida 45 daqiqa bo’lishi lozim. Haddan tashqari uzoq davom etishi mashg’ulotlarning samarasizligi, zerikish, qiziqish so’nishiga olib borishi mumkin. Guruhni shakllantirish, mashg’ulotlar tanlash, vaqt davomiyligini belgilashda quyida keltiriladigan omillarni qathiy e’tiborga olish lozim: o’smirlarni yosh xususiyatida tafovvut bo’lmasligi, 1-2 yosh farqdan oshmasligi, ulardagi psixokorreksiya qilinishi kerak muammoning o’xshashligi bo’lishi, ularning o’zaro jamoaviylik, ijtimoiy emotsional aloqa o’rnatishini ta’minlay olish kerak. Shuningdek, guruhda jinsiy tafovut bo’lmasligi maqsadga muvofiq, agar qizlar va o’g’il bolalar soni teng bo’lmasa, alohida-alohida qizlar va o’smirlar uchun guruh shakllantirish lozim. Fikrimizcha, xulqi og’ishgan o’smirlar bilan guruhiy ishlashda bir jinsga mansub ishtirokchilar bilan ishlash maqsadga muvofiqdir. Guruhiy psixokorreksion dasturga kiritilayotgan o’smirlar avvalo individual psixodiagnostik test yoki suhbatdan o’tgan bo’lishi hamda amaliy psixolog ular haqida boshlang’ich ma’lumotga ega bo’lishi ular bilan to’g’ri va aniq korreksion ishlarni olib borishga asos bo’ladi. Bitta konkret guruh bilan 10-15 ta uchrashuvni 4-5 hafta davomida tashkil qilish kerak bo’lib, uchrashuvlar soni 15 tadan oshmasligi va 10 tadan kam bo’lmasligi talab etiladi. Har bir mashg’ulot orasida uzilish juda uzoqqa cho’zilib ketmasligini ta’minlash kerak, bu har bir mashg’ulotlarning o’zaro bog’liqligini yo’qqa chiqarishi, tizimli shakllanayotgan psixologik bilim- ko’nikma shakllanmay qolishi mumkin. Shuning uchun uchrashuvlar o’rtacha 4-5 haftani ichida o’tkazilishi maqsadga muvofiq. Butun bir yil yoki chorakka bo’lib yuborish dasturni samaradorligini yo’qqa chiqaradi. Uchrashuv tushunchasiga oydinlik kiritish o’rnida shuni aytish kerakki, individual psixokorreksion dasturdagi amaliy psixolog va mijoz bilan uchrashuvlardan farqli ravishda, guruhiy psixokorreksion dasturdagi har bir uchrashuv o’zida yaxlit psixologik jihatdan korreksion va terapevtik xususiyatni jamlagan trening sessiyasidir. U o’zida maxsus elementlarni jamlashi kerak. M.R.Bityanovaning fikriga ko’ra muntazam ravishda yagona siklga solingan har bir trening sessiyasi (uchrashuv) quyidagi 6 ta elementlarni o’zida jamlab yahlit strukturani xosil qilishi har bir uchrashuvning psixokorreksion ta’sir va guruhiy mashg’ulot samaradorligini oshiradi: Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling