Psixologik trening


Download 0.75 Mb.
bet115/168
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1442254
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

O’z bo’lagini toppish




Maqsad: o’zaro yaqidan tanishuv va jamoaviylikni shakllantirish.
Kerakli resurslar: har ikkita ishtirokchi uchun bittadan turli hil tabiat manzarali suratlar (misol uchun ishtirokchilar 20 ta bo’lsa, qo ta surat) va qaychi.
Jarayon: har bir surat teng ikkiga bo’linib chiqiladi va o’zaro aralashtirib yuboriladi so’ngra ular ishtirokchilarga bittadan tarqatiladi. Ishtirokchilar bir- birlaridan so’rab o’zidagi suratning ikkinchi yarimini topishlari hamda o’sha ikkinchinchi bo’lak egasi bilan tanishishlari lozim. Bunda ular bir birlarini asosan ismi, yoshi, kasbi, qiziqishlari va hobbisini bilib olishlari kerak. Buning uchun ularga (ishtirokchilar sonini hisobga olib) 10-15 daqiqa beriladi. Shundan so’ng ishtirokchilarning har biri o’zining suhbatdoshi bilan boshqa ishtirokchilarni oldiga chiqib, bir birini hammaga tanishtirishi kerak bo’ladi.


Fikrlashni rivojlantiruvchi treninglar Kvadratlar


Maqsad: ishtirokchilarni mantiqiy fikrlashga majbur qilish orqali ularning diqqat ko’lamini oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, ishtirokchilarni faollashtirish.
Kerakli resursla: yozub doskasi (yoki flip chart), har bir ishtirokchi uchun bittadan oq varaq hamda ruchka.
Jarayon: har bir ishtirokchiga bittadan oq varaq va ruchka tarqatidadi va ishtirokchilardan doskaga oldindan chizib qo’yilgan quyidagi to’rtburchak shaklni chizib olish so’raladi.

















































Topshiriq shuki, ishtirokchilar ushbu rasmda nechta to’g’ri to’rtburchak borligini aniqlashi kerak va kim birinchi to’g’ri javobni olib kelib trenerga ko’rsatsa o’sha g’olib deb topiladi. Lekin qolgan ishtirokchilarga ham yana mustaqil o’ylab ko’rishga vaqt berilishi kerak. Mashg’ulot uchun 5-10 daqiqa vaqt ajratish yetarli.





Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling