Psixologik trening


Download 0.75 Mb.
bet113/168
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1442254
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Video(audio)tasma usuli — bunda trener tomonidan har bir ishtirokchi alohida jihozlangan xonaga chaqiriladi va u guruh a’zolariga o’zi haqda nimalarni aytib berishni istasa, shuni gapiradi. Barcha ishtirokchilar o’zi haqidagi ma’lumotlarni videotasmaga tushirib bo’lganlaridan so’ng, ularning hammasi xonaga taklif etiladi va tasma yozuvi qo’yib beriladi.

  • Kartochkalar usuli — har bir ishtirokchi trener tomonidan tarqatilgan maxsus kartochkaga o’zi to’g’risida nimani tanishtirishni istasa, o’shani yozadi. Kartochkalarni tablichkaga o’xshatib hamma o’z oldiga qo’yib qo’yishi, oldiga

    yoki orqasiga ilib olishi ham mumkin. Hamma bir-birining kartochkasini o’qib o’zaro tanishadi.
    Ko’pincha treninglarda tanishuv jarayonida ishtirokchilardan ismini aytish bilan birga muloqotga kirishish jarayoniga salbiy va ijobiy ta’sir etuvchi jihatlarini ham aytib o’tish so’raladi.
    Treningning kutishlar bosqichida guruh a’zolarining har biridan treningdan nimalar kutayotganligini so’raladi. Trener ularning kutishlarini bilib shunga qarab o’z ishini rejalashtiradi. Bunda guruh a’zolari aylana bo’ylab o’zlarining treningdan kutishlarini, xavotirlari va e’tirozlarini aytib chiqishlari so’raladi. Trener barcha ishtirokchilarning fikrlarini ularga baho bermasdan, muhokama qilmasdan, hayron bo’lmasdan, hayrixohlik bilan eshitishi lozim. Shundan so’nggina guruh, ishlash uchun tayyor hisoblanadi va mashg’ulotlarni boshlash mumkin bo’ladi.
    Ushbu vazifalarni amalga oshirishda va turli mavzuga oid bo’lgan trening jarayonida quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin.


    Aloqa bog’laymiz




    Maqsad: jamoaviylikni shakllantirish, o’zaro tanishuv va yaqin munosabatlarni o’rnatish.
    Kerakli resurslar: ip (1 ta qizil rangli 40-g’altak ipi)
    Jarayon: ishtirokchilar aylana shaklida turib olishadi va bir ishtirokchiga g’altak ipi beriladi. Shart tushuntiriladi: qo’lida ip turgan ishtirokchi o’zida ipning uchini ushlab qolib g’altakni boshqa bir ishtirokchiga berishi hamda o’z ismini aytgan holda u insonning ismini ham so’rab olishi kerak. Shuningdek, o’zning ushbu treningdan kutayotgan kutuvlarini aytib o’tishi lozim. Keyingi ishtirokchi ipni g’altakni qabul qilishi va u ham shu tarzda ya’ni o’zida ipni yana bir uchini hosil qilgan holda ushlab qolishi va o’z ismini aytib boshqa bir ishtirokchini qo’liga g’altakni tuqtqazishi kerak. Bu jarayon g’altak so’ngi ishtirokchiga yetib borgunicha davom etadi. Eslatma: g’altakni ikki yonidagi ishtirokchilarga berish mumkin emas, iloji boricha uzoqroqdagi ishtirokchini tanlash lozim, shuningdek, ishtirokchilar keyingi bir ishtirokchiga g’altakni berayotganlarida ipni chigallashtirib yubormaslikka e’tibor qaratishlari kerak. Eng muhimi ular kimdan g’altakni qabul qilgani va kimga berganini eslab qolishlari lozim, chunki oxirida ip qaytatdan o’ralishi kerak. Hamma ishtirokchilar o’zaro ip bilan bog’liq holga kelgach, ularga ipning rangiga, hamda barcha ishtirokchilarning o’zaro bog’liq holga kelganiga nazar solish va
    bundan qanday taassurot yuzaga kelgani so’raladi. Bunda faqat xohlovchilar javob berishlari mumkin. Keyin trener ishtirokchilardan bu holatni quyidagicha tushunishlarini so’raydi: “Faraz qilingki, sizlar bir yaxlit tana sizlar, ushbu qizil ip esa sizlarning (arteriyal) asosiy (arteriyal) qon tomiringiz”.
    Savol beriladi: “Bilamizki, tomirning vazifasi yurakka qon yetqazib berish. Agar sizlardan biringiz tomirni (ipni) uzib yuborsa nima bo’ladi?” yana bunga ham xohlovchilar javob beradi.

    Download 0.75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling