Psixologik trening
“Kechirib yuborish” trening mashg’uloti
Download 0.75 Mb.
|
Psixologik trening
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Tezkor yozuv” trening mashg’uloti.
“Kechirib yuborish” trening mashg’uloti.Mashg’ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, shaxslar aro (guruhiy, oilaviy, ota-ona va farzand) munosabatlaridagi buzilishlarni korreksiya qilish. Trener so’zi: Insondagi yopishqoq va orom bermas fikrlar - alam, ranjish, nafrat, o’ch olish hislari sabablidir. Bundan qutulishning eng maqbul yo’li bu barcha-barchasini kechirib yuborib qayta eslamaslik. Kimnidir inson kechira olmasa quyidagi mashqdan foydalanishi mumkin. Inson ko’zlarini yumadi, kechirishni maqsad qilib qo’ygan insonini katta, yorug’ sahnada tasavvur qiladi, 15-20 soniya davomida hamma o’sha insonga gullar va sovg’alar berayotganini hayolan tasavvurda ko’zatadi. Shundan so’ng inson o’sha sahnaga va o’sha holatga o’zini qo’yadi va o’zini ham shu tarzda 15-20 soniya hayolan tasavvurda kuzatadi. Bu mashg’ulotni har kuni 1-2 marotaba 21 yoki 40 kun davomida bajarish kerak…toki o’sha insonni chindan kechirib yubormaguncha. Bu mashg’ulotni trener amaliyotda bajarib ko’rishni ishtirokchilarga taklif etadi. “Agar nafratlansang, demak seni ustingdan g’alaba qozonishdi!” Konfutsiy. Yuqoridagi xikmatli so’zni asosan xafagarchilik, aybdorlik hissi yuqori bo’lgan o’smirlar bilan birga muhokama qilish va ularga salbiy his tuyg’ularning salbiy ta’sirini tushuntirish kerak. Shuningdek, agar guruhda bo’lsa, o’quvchilar bilan Konfutsiyning yuqoridagi jumlasi asosida muhokama yoki debat o’tkazish ham samara beradi. “Tezkor yozuv” trening mashg’uloti.Mashg’ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, xarakter aktsentuatsiyasini psixokorreksiya qilishda, shuningdek, motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda, shaxslararo (guruhiy, oilaviy, ota-ona va farzand) munosabatlaridagi buzilishlarni korreksiya qilishda. Bu mashg’ulot ishtirokchilardan mas’uliyat va javobgarlik hissi bilan yondoshuv talab qilganligi uchun, trener bunga o’smirlarni tayyorlashi hamda undan avval emotsiyalarni qo’zg’atuvchi, kulguli mashqlar o’tkazmagani ma’qul. Ishtirokchilarga quyidagi savollar beriladi va ularning har biriga 30 sekund davomida javob berish so’raladi. Hayotda erishmoqchi bo’lgan 3 ta eng asosiy maqsadingizni yozing? (30 sekund vaqt beriladi yozishga) Agar umringiz tugashiga 6 oy qolganligini bilsangiz nimalarni amalga oshirgan bo’lar edingiz? (30 sekund vaqt beriladi yozishga) Hayotda sizni qiynaydigan 3 ta muammoni yozing? (30 sekund vaqt beriladi yozishga) Trener: Hozir siz bilan birga “Tezkor yozuv” texnikasidan foydalandik. Uning o’ziga xosligi shundaki, inson shoshilganida ong faoliyati jadallashadi hamda eng kerakli ma’lumotlarni tabiiy tarzda yuzaga chiqaradi. Bunda insonning haqiqiy qadrli va muhim hayotiy maqsad hamda qadriyatlari oydinlashadi. Diqqat: Bunda har bir savolning javobini trener o’smir bilan muhokama qilishi hamda kerakli joyda muntazam unga konstruktiv (bunyodkorona) yo’nalish berishi kerak. savolning javobida keltirilgan maqsadlar insonning asl maqsadlaridir. Inson o’sha maqsadlarga ko’ra boshqa maqsadlarini qo’yishi maqul. Sababi bular insonning chin dildan istagan maqsadlaridir. Asl maqsadlar sari intilgan odam charchamaydi, kichik yutuqlar ham unga zavq bag’shlaydi…mamnun va baxtli qiladi. Muhimi o’zini o’zi aldashiga yo’l qo’ymaydi. Gohida inson asl maqsad va qadriyatlar tizimiga kirmaydigan muammolarni ko’p o’ylab, tashvishlanib yuradi. Shunday paytda inson muhim bo’lmagan narsalar bilan fikrini chalgitayotganini shu 30 soniyada yozgan maqsadlariga qiyosan anglab yetishi ham mumkin. savolning javobida insonning asl qadriyatlari namoyon bo’ladi. Inson har qanday holatda ham ushbu qadriyatlarini yodda tutishi kerak. Sababi asl qadriyatlar insonning to’laqonli hayotini ta’minlaydi, hissiy jihatdan barqaror qiladi, quvvat manbai bo’ladi… Muhimi o’zini o’zi aldashiga yo’l qo’ymaydi. Inson muammosiz yashamaydi, doim va hammada muammo bo’lgan…insonning ishonchi, intilishlari, iroda kuchi bilan muammolarni bartaraf qiladi…bundanda avval inson shuni bilib olishi kerakki “muammo aslida muammo emas, muammoga bo’lgan munosabatning o’zi muammodir”. Har qanday amalga oshirmoqchi bo’lgan tadbiringizda eng muhim omil bu- pozitsiya yoki munosabatdir. Munosabatning noto’griligidan noto’g’ri xulosalar va inson istamagan natijalar yuzaga keladi. Munosabat misli fonar(chiroq) u qizil bo’lsa u qaratilgan narsa ham qizil bo’lib ko’rinadi… shunday ekan inson o’z munosabati bilan butun dunyoni zulmatga yoki nurga to’ldirishi mumkin. Trener o’zining bildirgan fikrlariga ishtirokchilardan qayta aloqa so’rashi va ularning munosabatlarini bilishi hamda ular bilan birga tahlil qilishi kerak. Agar, ularda biror-bir destruktiv fikr payqasa, uni konstruktiv talqin va tahlil qilish chorasini ko’rish joiz. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling