Psixologik trening
Download 0.75 Mb.
|
Psixologik trening
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadriyatlarni shakllantirish treninglar “Moychechak” mashg’uloti
- “Kaftdagi tilaklar”
“Shodlik kollaji”Maqsad: optimal va emotsional xayotiy faollikni, qiziquvchanlikni rivojlantirish. Ajratilgan vaqt: 15 daqiqa Jihoz: al’bom varog’i, ruchkalar, rangli qalamlar, yelim, eski jurnal varoqlari. O’tkazish texnikasi: psixolog ota-onalar o’zlariga va farzandlariga quvonch keltiradigan narsalardan, voqea va hodisalardan kollaj yaratishni so’raydi. Kollaj mavzularini belgilashni taklif qiladi. Qo’llanma: ”Hurmatli ota-onalar har biringizda al’bom varog’i bor, siz o’z “Shodlik kollajini” yaratishingiz kerak. Siz ruchka bilan yozishingiz, qalam bilan chizishingiz, eski jurnal varoqlaridan qirqib olib o’z varog’ingizga xohlagan narsani yopishtirishingiz mumkin. “Kollaj” mavzulari quyidagilar bo’lishi mumkin-farzandim xulqidagi menga yoqadigan jihatlar, birgalikda va yaxshi uddalayotgan ishlar, men yaxshi ko’radigan buyumlar, farzandimning yaxshi ko’rgan kitoblari va kinofil’mlari, mul’tfil’mlari, mening farzandimning orzulari. Tahlil: Topshiriqni bajarish qiyin bo’ldimi? Topshiriqni bajarish jarayonidan qanday taassurotlar paydo bo’ldi? Qadriyatlarni shakllantirish treninglar “Moychechak” mashg’ulotiMaqsad: O’ziga ishonch hissini shakllantirish. O’tkazish tartibi: har bir o’quvchiga A-4 formatli qog’oz tarqatiladi. Siz yaxshi ko’rib bajaradigan ikki narsani tasvirlang. Xayotingizdagi eng katta yutuqni tasvirlang. O’zingiz haqingizda eshitmoqchi bo’lgan uchta so’z. Sizga ijobiy tasir ko’rsatgan uchta inson. Qalbingiz maza qilib dam oladigan joyni tasvirlang. Keyingi besh yilda o’zingizni qanday tasavvur etasiz? Har bir savolga javobni gulning har bir bargiga yozish kerak. Xohlagan o’quvchi o’z yozganini o’qib berishi mumkin. “Kaftdagi tilaklar”Kerakli resurslar: har bir ishtirokchi uchun 1 tadan A4 oq qog’oz va ruchka. Maqsad: ijobiy kayfiyatni hosil qilish, o’zaro pozitiv munosabatlarni shakllantirish, psixologik resurslarni vujudga keltirish. Jarayon: har bir ishtirokchiga bittadan oq A4 formatdagi qog’oz beriladi va unga o’z kaftini (ya’ni varaq ustiga qo’lini qo’yib) shaklini chizish buyuriladi. Bundan so’ng hamma aylana ko’rinishida o’tirib olishlari hamda o’z yonidagi sherigiga varaqni uzatadi. Endi ular yonlaridagi sheriklaridan olgan varaqdagi kaft ichiga o’z tilak va istaklarini, tabriklarini, ixtiyoriy pozitiv hissiyotlarni, komplementlarni yozishlari so’raladi. Shu tarzda hamma sheriklariga o’nga qarab aylana bo’ylab varoqdagi kaftga yozib sherigiga uzataveradi. Bu jarayon ishtirokchilarga o’zining kafti aksi tushirilgan varaq aylanib yetib kelguncha davom etadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling