Psixologik trening


Raqs terapiyasi quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan


Download 0.75 Mb.
bet104/168
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1442254
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Raqs terapiyasi quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:


  1. Guruh a’zolarining o‘z tanalarini sezish va uni ishlatish imkoniyatini chuqurlashtirish. Bu qatnashchilarning jismoniy va emotsional ahvolini faqat yaxshilamasdan ko‘pchilik uchun yaxshigina ko‘ngil ochish ham.

Birinchi mashg‘ulot boshidan psixolog qatnashchilarni nazorat qilib, har birining harakat repertuarini kuchli va sayoz tomonlarini o‘rganadi, so‘ng qanday harakat qaysi mijozga to‘g‘ri kelishini aniqlaydi.

  1. O‘z qadrini kuchaytirish hissiyoti guruh a’zolarida o‘z tanasining pozitiv obrazini yaratish bilan hosil qilinadi. Jiddiy o‘zgarishlari mavjud bo‘lgan mijozlar o‘z tanasi bilan atrof muhit orasida chegara tortilganda, qiyinchilik, noqulaylik sezishlari mumkin. Bunday guruhlarda raqs terapiyasiining maqsadi qatnashchilarning mutanosib tana obrazini yaratishdir. Raqs o‘z tanasini ko‘rkam, yoqimli qilish imkonini beradi, bu esa ” Men” obrazini yanada pozitivlashtiradi.

Ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish- bu qatnashchilarning tegishli yoqimli tajribalarini hosil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Raqs hakatlariatrofdagilar bilan ijtimoiy normal axloq munosabatlarini o‘rnatishda nisbatan havfsiz vosita hisoblanadi. Raqs terapiyasi ijodiy hamkorlik uchun
sharoit yaratib beradi, so‘zlashuvda hosil bo‘ladigan to‘siqlarni engishga sharoit yaratadi.
O‘z hissiyotlari bilan muloqot qilish uchun guruh a’zolariga yordam. Bu his bilan harakat o‘rtasida bog‘lanish hosil qilish bilan amalga oshiriladi. Mijoz sadolar ostidagi raqs harakatlariga ijodiy yondoshsa, raqs ekspressivlik hosil qilib, yashiringan hissiyotni yuzaga chiqaradi va ruhiy siqilish manbai bo‘lgan yashirin konfliktlarni tatqiq etish imkonini beradi. Bunda “katarsis” psixodinamik tushunchasi raqsga talluqli bo‘ladi, chunki uning harakatlari yashirin hislarni ozodlikka chiqaradi, bu esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri korreksion ma’noga ega. Raqs harakatlari tebranish va cho‘zilishni o‘z ichiga olsa, faqat ekspressiv bo‘lmay, jismoniy siqilishning oldini oladi.
Sehrli halqa” yaratish. Guruhlarda shug‘ullanish qatnashchilarning hamkorlikda ishlashi nazarda tutiladi. Bu o‘yinlar, imo-ishoralar bilan eksperiment, hatti- harakat va boshqa noverbal muloqot shakllaridir. Buning barchasi butunligicha qatnashchilarning guruh tajribasini orttirish imkonini beradi, barcha komplekslar ongsiz ravishda berk, barqaror majmua-“sehrli halqa ” paydo qiladi. Yuqorida aytilganlardan tashqari quyidagi ishlar amalga oshiriladi.

  • harakat faolligini oshirish; kommunikativ trenning va ijtimoiy terapevtik muomalani oshirish;

  • mijoz ahloqiy stereotipini tahlil qilish, uni o‘z-o‘zini tushunish diagnostik materialini olish;

  • mijozning erkinlik hissini oshirish, rivojning autentik yo‘llarini qidirish.

Raqs terapiyasining maxsus mashqlari o‘z ichida erkin tebranish, doimiy tetiklik va tanani nazorat qiluvchi harakatlar, erkin va nazoratli nafas olish olish davri bilan bog‘liq almashuvchi harakatlar, xona ichida aniq belgilangan yo‘nalishda harakatni nazarda tutadi.
Birinchi bosqichda, bir necha daqiqani band qiladi, raqs terapiyasi mashg‘ulotlari dastavval badanni qizdirib, barcha qatnashchi o‘z tanasini, musiqachi sozinii sozlagani kabi ishlashiga hozirlaydi.
Boshlang‘ich mashqlar jismoniy(qizib olish), ruhiy (hissiyotlarni solishtirish ) va ijtimoiy tasnifga ega.
Ulardan bir turi turli kuylar (pupuri) aralashmasi ostida betartib erkin holdagi harakatlar. Bundagi mashqlar silkinish, tortishish, tebranish, chapak chalish, mayda to‘lqinli tebranishlar bo‘lib, kaft va bilaklardan boshlanib, tirsak, elka, ko‘krak qafasiga qadar boradi. Mashqlar butun guruh yaxshigina qizib olguniga qadar davom etadi.
Ikkinchi bosqichda umum guruh mavzui ishlab chiqiladi. Masalan, uchra- shuv va hayrlashuv mavzusi ishlab chiqiladi. Harakat darajasida alohida tana a’zolari “uchrshuvi” va hayrlashishi mumkin. Qo‘l kafti va tirsaklar “uchrashishi va shu on “Hayrlashishi” yoki, “uchrashishi” va “urishishga kirishishi” yoki “quchoqlashishi” mumkin. Guruhning a’zolari orasidagi o‘zaro harakatlarida kaft tirsak bilan uchrashishi va x.k. bo‘lishi mumkin.
So‘ngi bosqichda mavzu butun guruhga ajratilgan maydondan foydalanib ishlab chiqiladi, bunda harakat tezligi va ketma-ketligi o‘zgartirib turilishi mumkin. Rahbar qatnashchilar harakati xarakterini tushuntirib beradi yoki ko‘rsatib beradi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling