Psixologik trening
Osmirlik davri agressiyasi
Download 0.66 Mb.
|
Psixologik trening
3.Osmirlik davri agressiyasi. O’smirlik davri – insonning rivojlanishidagi eng murakkab davrlardan biri. Nisbatan qisqa bo’lishiga qaramay, u deyarli ko’p jihatdan individning keyingi hayotini belgilaydi. Aynan o’smirlik davrida xarakter va shaxsning boshqa xususiyatlari shakllanadi. Bu holatlar: kattalar tomonidan g’amxo’rlik qilinadigan bolalikdan mustaqillikka o’tish, odatdagi maktab davrini ijtimoiy faoliyatning boshqa turlariga almashinishi, shuningdek, organizmning jadal garmonal qayta qurilishi – o’smirni ayniqsa zaif va muhitning salbiy ta’sirlariga beriluvchan qilib qo’yadi. Xuddi shu davrda o’smirlarda tajovuzkor xatti – harakatlarning kuchayib borishi ham kuzatiladi.
Agressivlik – bu haqorat yoki boshqa jonzotga zarar yetkazish kabi holatlarni xohlamasa ham shunga mo’ljallangan fe’l-atvorning har qanday shaklidir. Bir qarashda bu ta’rif oddiy va ochiqday tuyuladi biroq diqqat bilan qaralsa tuqur o’rganish kerak bo’ladigan o’smirlik davriga xos bo’lgan xulq- atvor ko’rinishidir. O’smirlar xatti – harakatidagi agressivlik muammosi hozirgi kunlarimizda ham dolzarb masaladir. Maktab o’qituvchilari agressiv o’quvchilar yildan – yilga ko’payib borayotganligini, ular bilan ishlash qiyinlashayotganligini, ko’pincha o’qituvchilar ularni qanday boshqarishni bilmayotganliklarini ta’kidlamoqdalar. Chunki xuddi shu davrda o’smirlarda ko’pincha kuch ishlatish holatlari uchrab, u “shafqatsizlik”, “janjalkashlik”, “urushqoqolik”, “g’azablanganlik” kabi ko’rinishlarga ega bo’ladi. Psixologiyada “tajovuz” atamasi turlicha talqin etiladi. Tajovuzkorlikni tadqiq etgan ko’pchilik mualliflar unga salbiy baho berishni afzal ko’rishadi. Shuningdek, tajovuzkorlikka ijobiy tomondan ham qaraladi-ki, unda bola kuchli, chidamli, irodali, baquvvat bo’lib shakllanishi ta’kidlanadi23. Lekin o’smirning tajovuzkorligi ko’pgina holatlarda qahr – g’azablilikni, mehrsizlikni, ota – ona va atrofdagilarga hurmatsizlikni, ular bilan chiqisha olmaslikni, “ozod” bo’lishga intilishni, boshqalarga befarqlik holatlarini keltirib chiqaradi. Bu borada o’smirlardagi tajovuzkorlik darajasini qasddan qilinganligi yoki maqsadsiz, zarurat natijasida yuzaga chiqqanligini ko’rishimiz mumkin. Bunday vaziyatda tajovuzkorlik xavf – xatar vaqtida paydo bo’luvchi va himoya xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. A. Bandura tajovuzning sababini ijtimoiylashuv jarayonidagi o’zlashtirilgan axloq ko’rinishlaridan biri deb hisoblaydi24. Axloq namunasi shaxslararo ta’sir vositasi sifatida qaralib, aynan ota –onalarning o’z bolalarini agressiv axloqqa o’rgatishining omili ekanligini ta’kidlaydi. Agressiv xulqli o’smir xususiyatlarini o’rganish jarayonida uchta muhim komponentni ajratadi: agressiv harakatlarni o’zlashtirish usullari; agressiv xatti-harakatlar namoyon bo’lishini ta’minlovchi omillar; agressiv xatti-harakatlar mustahkamlanadigan shart-sharoitlar. Tajovuzkorlikning yana bir ko’rinishi g’animlik va buzg’unchilik akti (axloqiy tashkil etuvchi) sifatida: Masalan, A.A.Rean shunday ta’rif beradi: tajovuz bu haqorat qilish yoki bunday munosabatda bo’lishlarini istamagan, boshqa tirik jonzotga zarar yetkazishga qaratilgan axloqning istalgan shakli. Boshqacha qilib aytganda, tajovuz sifatida shunday axloqni ko’rib chiqish mumkinki, u tirik organizmlarga zarar yoki ziyon yetkazishni nazarda tutadi25. Masalan, bunda maktab hovlisida o’sib turgan daraxt va gullarga, hayvonot olamiga salbiy ta’sir yetkazuvchi o’quvchilar nazarda tutilgan. Darhaqiqat, ko’z oldimizda nafaqat maktab hovlisida balki boshqa jamoa joylarida ham o’simliklar va hayvonot dunyosiga zarar yetkazuvchi o’quvchilarni ko’rishimiz mumkin. Bir guruh soha mutaxassislari tomonidan o’smir - oddiy bola sifatida qaraladi. Tajovuzkorlik xususiyatlarini u, tarbiyaviy ishlardagi kamchiliklar, xatolar, uni o’rab turgan muhitning murakkabliklari natijasida orttiradi. Bu davrda nafaqat ilgari shakllangan psixologik strukturalarning tubdan qayta 23Реан А.А. Подростковая агрессия. - М.(Минск), 2000. - С.82 24Бандура А., Уолтерс Р. Подростковая агрессия. - М.: “Апрель – Пресс”, 1999. -С. 35. 25 Реан А.А. Подростковая агрессия. - М.:(Минск), 2000. - С. 82. shakllanishi ro’y beradi, balki yangilari ham paydo bo’ladi, ongli harakat asoslari yuzaga kela boshlaydi deb ta’kidlaydi. Ontogenezning o’smirlik davri – bu og’ir kechadigan yetuklikka o’tish bosqichi bo’lib, unda rivojlanishning qarama – qarshi tendentsiyalari chambarchas bog’lanib ketadi. Buning natijasida ko’pgina o’smirlar axloqning tajovuzkor shakllarini qo’llaydilar. Shaxsning rivojlanish davrlarida va uning psixologiyasi, o’zgarishi qonunlaridan kelib chiqqan holda, biz o’smirlik davrining ruhiy va xulq – atvoridagi o’zgarishlar hamda shakllanishi uchun eng senzetiv, qulay davrligini hisobga olib, mazkur yosh davrini tadqiqotimiz ob’ekti qilib tanlaganmiz. O’smirlardagi o’rtoqlariga, atrofdagilarga qasddan qilingan tajovuzkorligi, ongli asosga ega – zarar yoki ziyon yetkazishdan iborat harakatlardir yoki o’smirning tajovuzkor shaxsga xos bo’lgan aniq asoslangan struktura va muayyan darajaga tegishli xatti-harakatlari deb hisoblash mumkin. Darhaqiqat, agressiv xulq- atvorni ijtimoiy tomondan muhokama qilishimiz maqsadga muvofiqdir. Kamida ikki yoki undan ortiq kishilarning o’zaro harakatini o’z ichiga oluvchi ijtimoiy fe’l-atvor shakliday tajovuzkorlikni ko’rib chiqamiz. Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, agressiv xulq-atvorni adaptiv xulq- atvorga qarama-qarshi deb hisoblasak, shundagina maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda o’smirning odatiy stresslarga va ijtimoiy muhitga moslasha olmaslik darajalarining yuqori ko’rinishlarida ko’rishimiz mumkin. Bizningcha, o’smir agressivliklik xususiyatlarini u, tarbiyaviy ishlardagi kamchiliklar, xatolar, uni o’rab turgan muhitning murakkabliklari natijasida orttiradi. Bu davrda nafaqat ilgari shakllangan psixologik strukturalarning tubdan qayta shakllanishi ro’y beradi, balki yangilari ham paydo bo’ladi, ongli harakat asoslari yuzaga kela boshlaydi. Kuzatishlarimiz natijasida yana aytish joizki, o’smirlardagi agressiv xulq – atvorning shakllanishida oilaviy muhitning o’rni benihoya kattadir. Oiladagi berahmlilik, shavqatsizlikdan aziyat chekish, mehr-muhabbatga nisbatan ehtiyojlarni ota – ona tomonidan qondirilmasligi ya’ni deprivatsiya, jazolash jarayonida o’smirning o’z nomaqbul harakatini tushunib yetmasligi, oilada mo’’tadil psixologik iqlim yaratilmaganligi kabi holatlar agressiv xulq – atvorni rivojlanishi va shakllanishini yuzaga keltiradi. Shuningdek, ko’rilgan zo’ravonlik xaqidagi fil’mlar tajovuzkorlikka undash mumkinmi degan savol tug’iladi. Ko’p tajribalarda bunday filьmlar tajovuzkorlikka undovchi omillarni ko’rsatib beruvchi vosita sifatida qo’llanilgan. Nafaqat o’smirlar tomonidan, balki, kichik yoshdagi bolalar tomonidan ko’rilayotgan tajovuzga boy syujetli fi’lm va multfil’mlar ular xulq- atvorida tajovuzkorlik belgilarini yuzaga kelishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri ekanligidan dalolat bermoqda. Fil’m qahramonlarining zo’ravonligi va ularning xulqiga nisbatan imitatsiya ( taqlid )ning vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda. Bunday vaziyatda pedagog, psixolog va ota – onalardan o’z vazifalarini amalga oshirishlarida yuqori ma’suliyatlilik talab qilinadi. Ayniqsa, psixolog va o’qituvchilar o’z faoliyatlari davomida bunday o’smirlar bilan psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni olib borishlari zarurdir. Bunda quyidagilarga amal qilinishi talab etiladi: o’smir xulq – atvorida yuzaga keladigan dezadaptatsiyaning ijtimoiy – psixologik diagnostikasini amalga oshirish; yosh davriga xos bo’lgan psixik, shaxs rivojlanishidagi sifat o’zgarishlarini o’rganib borish; yosh davridagi gormonal yetilish va buning natijasida yuz beradigan “krizis”larni nazoratga olish; tajovuzkor xulq – atvorni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga yo’naltirilgan pedagog va ota – onalar hamkorligini tashkillashtirish; o’smirlarning hali to’liq shakllanib, ulgurmagan asab tizimi va psixik jarayonlarining osonlikcha jarohatlanishi va individual xususiyatlarini hisobga olish; pedagog aynan o’smir bilan o’zaro muomala va munosabat usullarida ya’ni, emotsional aloqani o’rnatish, kam bo’lsada erishayotgan yutuqlarini rag’batlantirib borish. Psixoterapevtik ta’sirlar metodlari va texnikalaridan iborat bo’lgan relaksatsiya (chuqur nafas olish, muskullarni bo’shashatirish, musiqa sadosi ostida erkin harakat qilish va h.k.) mashqlar, o’yinlarni uzluksiz olib borish kabi ta’sir vositalarini shakllantirish, rivojlantirishdan iborat1. Bu borada ta’lim tarbiya muassasa amaliyotchi psixologlari va o’qituvchilari o’smir o’quvchilar o’rtasida agressiv xatti- harakatlarni bartaraf etuvchi psixokorreksion trening mashg’ulotlarni olib borishi maqsadga muvofiqdir. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling