Fenomen (yunon. phainomenon - yuz beruvchi, sodir bo’luvchi) - his- tuyg’ular tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha;
Fiziognomika (yunon. physis - tabiat, gnomon - biluvchi) - insonning tashqi ko’rinishi va uning biror shaxs turiga mansubligi o’rtasidagi qatiy bog’liqlik.
Gumanizm –1) insonning insonga bo’lgan mexri-muxabbati, uning shaxsini,qadrini xurmat qilish, kishi manfaatlari uchun qaygurish goyalari bilan sugorilgan va kishilar o’rtasidagi tenglik, xalollik, insoniy munosabat tamoyillariga asoslangan dunyoqarash; 2) insoniylik va insonрarvarlik, insonlarning bunyodkorligiga ishonchi.
Giperbolizasiya – (yunon. Hy’erbole - kattalashtirmoq) - kattalashtirish bilan bog’liq xayol faoliyatining bir usuli.
Geniallik – (lot. Genius - aql zakovat, buyuk iste'dod) - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodiyoti bilan o’zini namoyon qilish hodisasi
Genotip - (yunon. Genos - kelib chiqish, typos - namuna) - ota - onadan farzandga o’tadigan genlar majmui, irsiy asosi.
Guruxiy oila –Bir urug’ erkaklari boshqa urug’ning barcha ayollari uchun er va aksincha, ikkinchi urug’ning erkaklari birinchi urug’ ayollaring erlari xisoblanishini taqozo etadi.
Gnoseologiya – (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o’rganish) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati xaqidagi nazariya, ta’limot.
Hamkorlik – bu holat barcha ishtirokchilarning o’zaro mafaatlarini hisobga olgan holda muloqotda bolish va muammoli vaziyatni oxirigacha hal etishga intilishdir.
Ijtimoiy psixologik treningning- – kishilarni o’zini va o’zgalrni bilish tushinish, insoniy munosabatlarga o’rgatishdan iborat.
Interv’yu usuli. Bunda ishtirokchilar trener tomonidan juftliklarga bo’lib chiqiladi. Buning uchun ishtirokchilar mevalar, gullar, daraxtlar, hayvonlar, qushlar va h.k.larning qaysi birini yoqtirishiga qarab ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |