3.Guruhiy treningda o‘yinning vazifalari. Demak, amaliy o’yinlar quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
Qaror qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan tipik hayotiy vaziyatlarni modellashtiradi.
Professional faoliyatda uchraydigan xulq-atvor shakllari va muloqotning turli qirralarini ochib beradi.
Ijtimoiy xulqda mavjud bo’lgan yangi qirralar bo’yicha bashorat qiladi va professional faoliyatning yangi xususiyatlarini ochadi.
O’yin bir necha muhim funksiyalarni bajaradi:
Biologik o‘yin. Go‘daklik davridan boshlab o‘yin bolaning qo‘l motorikasini, tana va ko‘z harakatlarini rivojlantiradi, shuningdek, energiyani sarflashiga hamda o‘zini erkin tutishiga imkoniyat yaratadi.
Shaxsiy o‘yin. O’yin faoliyati bolaga tashqi olamni anglashga, o‘z tanasi hamda ruhining qanday imkoniyatlarga ega ekanini bilishga yordam beradi. Demak, o‘yin bolaning bevosita kognitiv sohasiga ta’sir qilar ekan. O’yin bolaga fantaziya va simvolizatsiya yordamida “orzularining amalga oshishiga”, o‘z “men”i bilan bog‘liq nizolarni hal qilishga imkon yaratadi.
Shaxslararo o‘yin. Bola asosiy ijtimoiy malakalarni o‘yin jarayonida egallaydi: o‘yinchoqlami bo‘lishishdan tortib, fikr almashinishgacha. Bu funksiyalardan asosan guruhiy va oilaviy terapiyada foydalaniladi.
Ijtimoiy - madaniy o‘yin. Har bir tarixiy davrda bolalar kattalar rolini o‘zlashtirib, o‘z repertuarini kengaytirganlar. O’yin orqali bolalar ushbu rol egasi jamiyatda nima ish bilan shug‘ullanishi, uning g‘oyalari, xulqi va qadriyatlarini tushuna boshlaydi.
O’yin mashqlaridan misollar. Qo‘rquvni yengish bilan bogliq o‘yin.
Tish doktori (itdan qo‘rqqan holatlarda ham foydalanish mumkin). O’yin uchun o‘yinchoq kuchukcha va boshqa hayvonchalar zarur. Psixolog bolaga: “qara, qanday shirin kuchukcha. Uning ismi Bobik. Uning quloqlari katta, og‘zi ham katta, tishlari o‘tkir. Lekin kuchukchaning tishlari og‘riyapti, u yig’layapti. Yordam berish kerak. Kel, sen hayvonlarni davolovchi shifokor bolasan.” Bola itga ukol qiladi, tishlarini tozalaydi, plastilindan plomba yasaydi va h. k. Boshqa hayvonlarni ham da’volashni taklif qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |