Trenerning emotsional ta’sirchanlik qobiliyati
Trener o’zidagi istak-xohishni aniq namoyon qilish orqali ishti- rokchilarni o’yinni boshlashga qiziqtirishi lozim. O’yinni boshlash uchun qilingan taklif jonli, quvnoq tarzda aytilishi va ishtirokchi- larni harakatga keltirishi kerak. Guruhdan o’yinni boshlashga bo’lgan xohishini so’rash tavsiya etilmaydi, chunki ko’pchilik ishtirokchilar uchun bu noodatiy hol bo’lib, ular o’yinga qatnashishdan bosh tortishi mumkin. Shuning uchun guruhni tanlash imkoniyatini ko’tarinki kayfiyat bilan qiziqtirish va faolligini oshirish kerak.
Trener o’yinning borishini, uning jadalligi va sur’atini aniqlab olishi muhim. Agar o’yin cho’zilib ketadigan bo’lsa, uni tezlatishga, ishtirokchilarni qiziqtirish uchun ko’tarinki ruhda tugatishga harakat qilish zarur.
Trening o’tkazuvchi uchun shart bo’lgan talablar.
Muhokama tashkil qilish, ishchi guruhi uchun qoidalar ishlab chiqish va har bir mashg’ulotda trener treningning maqsadi vazifasini batafsil tushuntirish.
Navbatdagi mashg’ulot instruktsiyasini berish.
Qatnashuvchilar savollariga javob berish va ular bajarayotgan ishni nazorat qilish.
Senariy mazmunini trening maqsadi asosida tahlil etish. 5.Trening haqida qatnashuvchilar bilan fikr almahish.
Qatnashuvchilar ematsional holatini nazorat qilish va ularga psixologogik yordam berish.
Har bir mashg’ulotda yakun yasash va uyga vazifa berish.
Mashg’ulot oxirida siz haqingizda qatnashuvchilar o’z fikrini bayon qilishlariga imkon berish.
Trening o’tkazish davomida uning qatnashchilarini shaxsiy muloqot usullarini va o’zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglash protsesini rag’batlantirish kerak.
Trening mashg’ulotlari do'stona, samimiy va ixtiyoriy tarzda o’tkaziladi. Trening o’tkazishdagi shartlar buyicha ma'lum qoidaga rioya qilinmasa, u ijobiy natija bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |