Psixologik trening


Download 0.66 Mb.
bet62/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Hamkorlik va yo'naltirilgan faoliyat bosqichi. Agar ishtirokchilar ortasida hissiy, umumiy qadriyatlar rivojlangan bo'lsa, umumiy ‘Biz’ ni his qilish, tushunish, samimiylik paydo bo'lsa, guruhning rivojlanishi ushbu bosqichda yuqori ko’rsatgichga ega bo’ladi. Bu esa ishtirokchilar o’rtasida o’z muammolari haqida ochiq suhbatlashishlarni namoyon qiladi. Aynan shu bosqich guruh ichida terapevtik (davolovchi) va shaxsning rivojlanishini ta'minlash qobiliyatiga ega bo'ladi.

  • Guruh faoliyatini yakunlash bosqichi. Guruhda vazifalar to’liq bajarilgandan so’ng, trening davomida guruhni qiziqtirgan barcha masalalar hal qilingan taqdirda, u ijtimoiy tuzilma sifatida tugatilinadi. Treningdan keyin ishtirokchilarda zo’riqish hislar paydo bo'lmasligini ta'minlash uchun trener mashg'ulotni yakunlash bosqichiga katta e’tiborini qaratilishi talab etiladi.Ishtirokchilar guruhdan tashqarida yashashga hissiy jihatdan tayyor bo'lishlari kerak. Ko'pincha, mustaqil amaliy faoliyatini boshlagan trener ishning ushbu bosqichiga, ya’ni ishtirokchilarning ‘guruhni tark etish’ iga ahamiyatsiz

    qaraydi, bu oxir-oqibat umuman ta'lim samaradorligiga salbiy ta'sir qiladi. Jumladan, ishtirokchilar o’rtasida huddi o’zlarini yolg’iz his qilish, umidsizlikka tushishi holati vujudga keladiki, natijada treningdan olgan taassurotlar, natijalar tajribasini yo'qotishi yoki treningda qo'lga kiritilgan barcha yutuqlardan voz kechib ketishi kuzatilinadi.



    1. Guruhiy hamjihatlik haqida tushuncha. Guruh hamjihatlik - bu guruhfaoliyati samaradorligining zaruriy sharti hisoblanadi. Faqatgina bir – biriga yaqin guruh ishtirokchilarigina o'z kechinmalarini tashqariga chiqara olishiga yordam beradi va fikrlarning ochiq bayon etishini ta’minlaydi. Tanqidga nisbatan birgalikda konstruktiv tarzda ishtirokchilarning xatti- harakatlari va pozitsiyalarini o'zgartirish vositalaridan biri bo’lib, guruh hamjihatligini targ'ib qilish quyidagilardan iborat:

      • boshqa guruhlar bilan raqobat;

      • qabul qilingan maqsadlar yo'lida to'g'ri tashkil etilgan va ishtirokchilar uchun shaxsan ahamiyatli bo'lgan vazifalarning echimi;

      • qatnashchilarning guruh faoliyati bilan bog'liq shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;

      • guruhdagi do'stona sog’lom psixologik muhitni hosil qilish;

      • ishtirokchilar o'rtasidagi ijobiy munosabatlar va hamdardlik;

      • treningda qatnashishdan ularning shubhasiz foyda olishlarini kutish; guruhning va rahbarning obro'si;

      • ishtirokchilarning ijobiy motivatsiyasi va boshqalar.

    Agar trening jarayonida ishtirokchilarning treningdan kutgan istak, natijalari, ishtirokchilarning haqiqiy shaxsiy intilishlari, guruhdagi vaziyatga mos kelmasa guruhda keskinlik yuzaga keladi. Shuningdek, guruhdagi o'zaro shaxslararo munosabatlarning tabiati va xususiyatlaridan norozilik kabilar hosil bo’ladi.
    Aksincha, relaksatsiya stressning teskari holati bo'lsa-da, guruh dinamikasi nuqtai nazaridan, guruhning uyg'unligi stressning aksi sifatida qaraladi. Guruhdagi hosil bo’lgan zo’riqish guruhlar o'rtasidagi ziddiyatlar va to'qnashuvlar natijasida kelib chiqqan va ishtirokchilarni bir –birlaridan ajratishga qaratilgan markazlashtiruvchi kuch vazifasini bajaradi. Ziddiyatdan farqli o'laroq, guruhning hamjihatligi ishtirokchilarni yaqinlashtirishga va guruh munosabatlariga kuch va barqarorlik yaratishga qaratilgan markazlashtiruvchi kuch sifatida ko'rish mumkin. Shu bilan birga, guruhdagi keskinlik va tanglikni trening guruhida salbiy va istalmagan narsa sifatida tushunmaslik , balki uni
    guruhni kuchlantiruvhi va rag'batlantiruvchi omil sifatida qarash maqsadga muvoviqdir. Lekin bunday vaziyat ishtirokchilarning noroziligiga va ularning o'zgarishni istashiga olib keladi. O'z navbatida, guruhning birlashishi bu guruhdagi barqarorlik omili bo'lib, u ruhlanishning namoyon bo'lishiga yordam beradi va guruhni parchalanishdan saqlaydi. Uning ta'siri ostida guruh a'zolarining bir – birlarini qo’llab quvvatlashi va ba'zi xavfsizlikni his qilishishiga omil bo’ladi. Trener ular o'rtasida dinamik muvozanatni saqlash bilan bir qatorda, guruhning birlashishi va zo'riqishning qarama-qarshi funktsiyalarini ko'rib chiqishi kerak.18


    1. Download 0.66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   168




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling