Psixologik trening


Download 0.66 Mb.
bet114/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Kichik leksiya: haqiqiy jamoa bo’lish ham huddi insonning qon tomir tizimiga o’xshash hodisa bo’lib, huddi tomirning vazifasi qonni o’zidan o’tkazish bilan yurakka yetqazib berish bo’lgani kabi, butun bir jamoaning ham maqsad va vazifasi bo’ladi. Agar jamoada biror bir a’zo passivlik qilsa, ishlamasa yoki jamoadan uzilib qolsa bu holat ham huddi tomirning bir qismini uzib olib tashlaganga o’xshaydi. Tomirning uzib olib tashlanishi yurakka qonning yetib bormaslidi bilan barobar, buni real voqealik bilan qiyoslanganda jamoada har bir a’zo shunday ahamiyatga ega degani. Har bir insonga hayoda biror missiya topshiriladi, agar u o’ziga berilgan missiyani to’liq ado etmasa, o’sha inson bog’liq bo’lgan soha oqsay boshlaydi, agarda u o’z ishini munosib tarzda o’zining bor imkoniyatini jonu dil bilan ishga solib bajarsa o’sha inson bog’liq bo’lgan sohaning rivoji, gullab yashnashi ta’minlanadi.
Siz bir jamoasiz endilikda sizlarga birgalikda talaygina ishlarni amalga oshirish topshiriladi, uni birgalikda bitta qon tomir tizimidek amalga oshirish va hayot faoliyatingizni ham huddi yurak faoliyati qilib bir tekkis bo’lishi o’zingizga bog’liq. Bunda sizga eng birinchi topshiriq ushbu qo’llaringizda hammangizni bog’lab turgan ipni menga chigal qilib yubormagan holda tezda o’rab berishingiz kerak. Bunda har bir ishtirokchi o’z vazifasini bilgan holda sidqidildan amalga oshirishi eng muhimidir.
Ishtirokchilar ipni g’altakka yig’ib berishganidan so’ng trener bir jamoa sifatida berilgan topshiriqni muvaffaqiyatli uddalaganliklari bilan tabriklaydi, shuning bilan mashg’ulot o’z yakuniga yetadi. Bundan so’ng 10-15 daqiqa ishtirokchilardan mashg’ulotdan olgan xulosalari va taassurotlarini so’rash va ularni muhokama qilish ham mumkin.


Qog’oz koptok




Maqsad: noan’anaviy yo’l bilan o’zaro tanishuv hamda ishtirokchilarning kutuvlarini eshitish.
Kerakli resurslar: 2-3 dona eski gazeta va yelim qog’oz
Jarayon: odindan bitta qog’oz koptok tayyorlab olinadi. Uni tayyorlash uchun 2-3 ta gazetani g’ijimlab dumoloq shaklga keltiriladi, ochilib ketmasligi uchun uning ayrib joylaridan yelim qog’oz yopishtiriladi.
Ishtirokchilardan aylana hosil qilib turib olish so’raladi. Hamda tanishuv boshlanadi, bunda har bir ishtirokchi koptokni qo’liga olib o’zini tanishtirishi va bo’lajak treningdan kutayotgan kutuvlarini aytadi. So’ngra qo’lidagi koptokni istalgan ishtirokchiga otadi va koptokni olgan ishtirokchi hamda qolganlar ham mashg’ulotni shu tarzda davom ettirishadi. Mashg’ulotni trenerning o’zi boshlab bergadi va hamma ishtirokchilar o’zlarini tanishtirib bo’lgach, birinchi boshlagan inson ya’ni trenerga top qaytib keladi. Bunda topni ikki tomodagi qo’shnisiga emas, iloji boricha uzoqroqda turgan ixtiyoriy ishtirokchiga sekin otib berish so’raladi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling