Psixologik trening


Bu narsa o’zi emas, u boshqa narsa


Download 0.66 Mb.
bet116/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Bu narsa o’zi emas, u boshqa narsa




Maqsad: ijodkorona fikrlashni rivojlantirish va biror jarayonni ijro etish (aktyorlik) mahoratini shakllantirish.
Kerakli resurslar: 1ta marker.
Jarayon: ishtirokchilarga berilgan markerdan foydalanib (bunda uning o’z funksiyasidan emas, markerdan boshqa funksiyada foydalanib) biror bir harakat, holat yoki faoliyatni (gapirmasdan) ifoda etib, ko’rsatib berish so’raladi. Uni nima ekanligini esa boshqa ishtirokchilar topishi kerak bo’ladi. SHu tarzda har bir ishtirokchi, boshqalar oldiga chiqib marker yordamida biror narsani ifodalashi va ko’rsatishi lozim. Har bir ishtirokchining shunday o’ziga hos “topishmog’ini” topishga 1-2 daqiqa ajratish yetarli.
Bunda markerning o’rniga trener boshqa bir predmetladen ham foydalanishi mumkin, misol uchun: qog’oz, ruchka, chizg’ich va h.k.


Noodatiy fikrlaymiz




Maqsad: ijodkorlik, noodatiy fikrlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish
Jarayon: ishtirokchilardan bir nechta kichik guruhlar shakllantiriladi shundan so’ng har bir guruhga bittadan ixtiyoriy predmet beriladi (ya’ni nomi aytiladi), misol uchun: baklashka, qopqog’i yoki propka, krushka, qoshiq, g’isht, gugurt cho’pi, qog’oz bo’lagi. Har bir guruhga bittadan predmet aytilgach,
guruhlarga 2-3 daqiqa vaqt beriladi shu vaqt davomida guruhlar kelishgan holda yuqorida berilgan predmetni o’z funksiyasidan tashqari yana nima vazifalarda hamda qanday hollarda ishlatish mukinligi haqida o’ylab ko’rishlari kerak va berilgan predmetning qo’shimcha funksiyalari ro’yhatini tuzishga harakat qilishlari kerak. Bunda oldindan aytib o’tish joiz, eng uzun ro’yxatni tuzgan jamoa g’olib deb topiladi.
O’yindan xulosa shuki, har bir ishga, ayniqsa muammoli vaziyatga yondoshishda iloji boricha ijodkorlik, noodatiy fikrlash va mantiqiy tafakkurni ishga solib yondoshish, odatiy primitiv yo’llar orqali ish tutishdan ko’ra samaraliroq natija beradi. Hamda bunday yondoshuvning yana bir foydali tarafi shundaki, inson qiyin vaziyatga tushib qolganida, ortiqcha o’yga tolmaydi va zo’riqishdan holi bo’ladi hamda optimistlarcha ish tutadi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling