Trener quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak: - Trener quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak:
- 1-Maqsadga yo‘nalganlik- treningni oxirigacha etkazish, reglament qoidasiga rioya qilish.
- 2- CHidamlilik- trenerning ushbu sifati guruhda intizomlilikni saqlashga erdam beradi.
- 3-Reaksiyaning tezligi- trening jarayonida qo‘yilgan xatolarga operativ holda diqqatni qarata olish.
- 4-Xarizma- trenerning ishtirokchilar uchun qiziq bo‘la olishi, auditoriyani “yondira” olishi.
- 5-Yumor- trening jarayonida ajablanish holatlarini namoyon bo‘lmasligiga yordam beradi.
- 6-Kommunikativ qobiliyat- shaxslararo va guruhlararo nizolarga yo‘l qo‘ymaslikni, guruh ishtirokchilariga ta’sir etishning samarali yo‘llarini ta’minlab beradi.
- 7-Moslashuvchanlik-trener har qanday holatga moslasha olishi kerakligi.
- 8-Xatolarni tuzatish-xatolarni ko‘ra olish, uni qanday tuzatishni bilish, xato qilib qo‘yishdan qo‘rqmaslik.
- 9-SHuhrat qozonish- 2-3 muvaffaqiyat trener shuhratini yuzaga keltiradi.
- 10-refleksivlik-bu kasbiy sifatlarning eng ahamiyatlisi bo‘lib, anglash qobiliyati va qanday vaziyatda nimani qo‘llay olish kerakligidir.
M.Kubrom tomonidan trenerlik ishiga quyidagi talablar ishlab chiqilgan: - M.Kubrom tomonidan trenerlik ishiga quyidagi talablar ishlab chiqilgan:
- 1-Intellektual qobiliyatlar: kuzatuvchanlik qobiliyati, faktlarni jamlash, qiyoslash, sog’lom fikrlash, sintezlash qobiliyatining mavjudligi, ijodiy fikrlash, original tafakkur.
- 2-Odamlarni tushunish va ular bilan ishlay olish qobiliyati: odamlar fikrini hurmat qilish, chidamlilik, yozma va og’zaki muloqatga kirisha olish qobiliyatining mavjudligi, ishontira olish, hamda faoliyatga undovchi motivlarni yaratish qobiliyatining mavjudligi.
- 3-Intellektual va emosional etuklik: faoliyatda va hulqdagi barqarorlik, ”bosim”ga qarshilik ko‘rsata olish, o‘z kuchiga ishonchsizlik bilan kurasha olish, har qanday vaziyatda o‘ziga bo‘lgan nazoratni qo‘ldan chiqarmaslik, o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha olish.
- 4-SHaxsiy qat’iyatlilik va tashabbuskorlik: o‘ziga ishonch, tadbirkorlik ruhi, mardlik, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish.
- 5-Etika va rostgo‘ylik: boshqalarga yordam berish hoxishining mavjudligi, rostgo‘ylik, shaxsiy kompetentligining chegaralarini anglash, xatolarni tan olish qobiliyati.
- 6-Jismoniy va aqliy sog’lomlik: ishdagi va kundalik hayotdagi yuklovlarni (nagruzki) qiyinchiliklarsiz “ko‘tara olish”
Do'stlaringiz bilan baham: |