Psixologik xizmat


Download 183.58 Kb.
bet1/10
Sana23.09.2023
Hajmi183.58 Kb.
#1686729
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Choriyev Abduholiqning “Psixologik xizmat” fanidan yozgan kurs i-www.hozir.org


Choriyev Abduholiqning “Psixologik xizmat” fanidan yozgan kurs ishi

O’zbekiston Respublikasi


Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Termiz Davlat Universiteti
Pedagogika fakulteti “Amaliy psixologiya”
yo’nalishi 212 – guruh talabasi

Choriyev Abduholiqning
“Psixologik xizmat” fanidan yozgan

KURS ISHI
Termiz – 2021

Mundarija:

Kirish
I BOB. PSIXOLOGLARNING O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM TIZIMIDAGI FAOLIYATI, O‘QITISHNING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI
1.1 Maktab psixoligik faoliyat turlari va yo’nalishlari strukturasi
1.2 Maktab psixoligik faoliyat turlari va yo’nalishlaridagi innovatsiyalar
II BOB. PSIXOLOGIK KONSULTATSIYA, PSIXOEREKSIYA, PSIXOLOGIK EKSPERTIZA
2.1 Psixologik konsultatsiya
2.2 Psixikoreksiya
2.3 Psixologik ereksiya
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylandi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog‘lom va barkamol, bilimli, yuksak ma'naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana shu maqsadga erishish uchun muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov rahnamoligida yangi davrda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko‘rsatadigan, zamonaviy kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlashning “O‘zbek modeli”1 hayotga tadbiq etilmoqda.
O‘zbekistonning kelajagi, uning istiqboli,birinchi navbatda yoshlar tarbiyasiga, ularni sog‘lom qilib o‘stirishga, milliy g‘oya, milliy mafkura va o‘z vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog‘liq bo‘lib, bu murakkab jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham, Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning “Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday tarbiya olishiga bog‘liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta'lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi” deb ta'kidlagani bejiz emas. Shu boisdan ham bugungi kunda yoshlarning ta'lim-tarbiyasi mustaqil O‘zbekistonning davlat siyosatida ustivor ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi kunda ta'lim muasasalarida ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkiliy - huquqiy asoslarini o‘rganish va taxlil etish o‘ta dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi.
Ta'lim muassasalarining ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda quyidagi: ta'lim to‘g‘risidagi qonun xujjatlari, qonun osti xujjatlari jumladan farmonlar, farmoyishlar, qarorlar va buyruqlar kabi tashkiliy huquqiy xujjatlar qo‘llanilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan normativ xujjatlar bilan amalga kiritilgan o‘quv dasturi, belgilangan mavzuning nazariy va amaliy muammolari, uni o‘qitishdagi innovatsiyalar, mavzu yuzasidan tayyorlanayotgan keyslar, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari shu kunga qadar oliy ta'lim muasasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan lozim darajada o‘rganilmagan.
Bu xolatlar oliy ta'lim muasasalarida qo‘llaniladigan ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkiliy-huquqiy xujjatlarini va ular asosida ishlab chiqiladigan lokal xujjatlarni xar tomonlama nazariy va amaliy jixatdan o‘rganish va taxlil etishni dolzarbligidan dalolat beradi.

Download 183.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling