Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi. 2 • Ta'lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning tamoyillari va strukturasi


Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1751372
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Taqdimot

Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati. 
Psixologik xizmat-ijtimoiy psixologik muammo sifatida 
talqin qilinar ekan, barcha rivojlangan mamlakatlardagi 
kabi, O`zbekistonda ham mazkur psixologik xizmat 
muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy 
asoslarda bartaraf etilayotganligini o`rganish, tahlil qilish va 
talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, 
Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan 
nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar ko`lamiga 
ma'lum tartibda baho bermay turib, O`zbekistonda 
psixologik 
xizmatni 
yanada 
takomillashtirish 
va 
rivojlantirish masalasi haqida fikr mulohaza yuritib 
bo`lmaydi. 
O`zbekistonda 
psixologik 
xizmat 
tarkib 
topishining 
dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi 
pedologiya fani va pedologik xizmat faoliyatlariga borib 
taqaladi.  

1989 yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning 


yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi 
psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi. O`zbekistonda
psixologik xizmatning rivojlanishida M.G.Davletshin, 
E.G`.G`oziev, B.R.Qodirov, G`.B.Shoumarov, V.M.Karimova, 
Sh.R.Baratov,E.N.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nishanova, 
N.S.Safaev, F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar hissa 
qo`shganlar. 1998 yilda Sh.R.Baratov "Ta'lim tizimida va ishlab 
chiqarishda psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik
xususiyatlari" mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan.


2.Ta'lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning 
tamoyillari va strukturasi 
 

Ma'lumki, psixologiya fanida aynan psixologik xizmat 


muammosiga bag`ishlangan va uning barcha yo`nalishlarini 
batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo`lmasa-
da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida 
psixologik xizmat muammosining zarurligini ko`rsata oluvchi va 
uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy 
tadqiqodlarni alohida qayd etish mumkin. 
Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi psixologik 
xizmat metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni 
ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiq qilishimizga 
to`g`ri keladi. 
Har bir fanning rivojlanishi yangi dalillar asosida ilmiy 
yo`nalishni ochib beruvchi metodik qurilmalarning tuzilishi
bilan bevosita bog`liqdir. Chunki, aniq metodologiya bo`lmagan 
sohada aniq amaliy natijalar ham bo`lmaydi.


.

Bu borada psixologiya olamida hanuzgacha mukammal 


tarzda ishlab chiqilgan, rasmiy tarzda tan olingan yagona ilmiy 
yo`nalish yoki konsepsiyaning qabul qilinmaganligi ayon bo`lsa-da,
ilg`or 
g`arb 
psixologlari, 
Markaziyhamdo`stlik 
Davlatlari 
psixologlari, O`zbekiston psixologlari tomonidan olib borilgan va 
olibborilayotgan (eksperimental izlanishlarga yo`l ochib 
berilayotgan) fan olami uchun o`ziga xos salohiyatga va nufuzga
ega bo`lgan tadqiqotlar mavjudki, ular qaysidir jihati bilan 
psixologik xizmat modeli, uning psixologik himoya vositasi 
sifatidagi mohiyati, ahamiyati hamda ijtimoiyistiqbollari haqidagi
ilmiy-amaliy tasavvurlarimizni shakllantirishga asos bo`lib xizmat 
qilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlardan bizga ma'lum bo`lishicha, 
ijtimoiy 
psixologik 
xizmat 
metodologiyasining 
umumiy 
yo`nalishlari 
G`arb 
ijtimoiy 
psixologiya 
namoyondalari 
tadqiqotlarini quyidagicha izohlash mumkin: V.Vundtning 1900
yilda chop etilgan "Xalqlar psixologiyasi" nomli yirik (o`n tomlik) 
epik asari ijtimoiy psixologiya yo`nalishlarini yorqinlashtirishga 
xizmat qilib, inson ma'naviyati, madaniyati va mafkurasini 
o`rganishning murakkab tomonlarini ochib berdi.


Taniqli ingliz psixologi Vil'yam Makdugallning 1908 yilda 
yozilgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" asaridagi 
"ijtimoiy xulq-atvor instinktlari" nazariyasi freydizmga
qarshi o`laroq inson instinktlari va faoliyat uyg`unligini 
ta'minlash muammosini yoritishga ilk bor asos bo`lib 
xizmat qildi. Binobarin, E.Fromm, J.Sallivan kabi olimlar 
tomonidan guruhlar psixologiyasi nazariyasini yaratishga 
asos solindi. Bunda turli xil ijtimoiy psixologik treninglar 
orqali guruhdagi shaxslararo munosabatlar bilan bog`liq 
psixologik iqlimni kamol toptirish yo`llarining ilk bor 
ko`rsatilishi mehnat jamoalaridagi ijtimoiy psixologik 
xizmat vazifalarini belgilash uchun ma'lum darajadagi 
empirik ma'lumot sifatida xizmat qilishi mumkin. 


A.Maslou fan olamida o`ziga xos "motivasion 
tizimning ierarxik modeli"ni yaratdiki, unga muvofiq individ 
xulq-atvoridagi ijtimoiy jihatdan muhim bo`lgan yuqori 
ehtiyojlarning yo`nalishi quyi extiyojlarning qay tariqa 
qondirilishi asosidagina tarkib topishi mumkin. Bu jarayon 
quyidagi tartibga ega: 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling