Psixologiya” fakulteti “ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi “ekonometrika asoslari” fanidan


Download 30.08 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi30.08 Kb.
#1508649
  1   2
Bog'liq
E.A. 4-MT


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI





MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
EKONOMETRIKA ASOSLARI” FANIDAN

4-MUSTAQIL ISH


Topshirdi: 140-20 guruh talabasi A. Suyunov


Qabul qildi: B. Muxtorov
Jizzax 2023


Mavzu: O‘zbekistonda kichik biznes rivojlanishini ekonometrik tahlil qilish
Reja:

  1. Kichik biznes rivojlanishini ekonometrik tahlili

  2. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi dinamikasi

  3. Kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi va kichik biznesning YaIMdagi ulushining o‘zgarish prognozi

Mustaqillikka erishilgan dastlabki yillardan kichik biznesni rivojlantirishga mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltiruvchi muhim sohalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov mustaqil taraqqiyot davrining boshidanoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish biz uchun muhim vazifa bo‘lib qolishini alohida ko‘rsatib berganlar. Bunda iqtisodiyotning mazkur sohasi uch asosiy masalani hal etishi kerakligiga alohida urg‘u berib o‘tilgan. Birinchidan, yaqin 5-10 yil ichida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining 50-60 foiziga yaqinini ishlab chiqarishi kerak. Ikkinchidan, ular aholi bandligi va daromadlari o‘sishining eng muhim manbai bo‘lmog‘i zarur. Uchinchi masala – mulkdorlar sinfini mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydigan asosiy kuch sifatida shakllantirish zarur.


Respublikamiz mintaqalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish tendensiyasini o‘rganishda ekonometrik modellashtirish usullari B.Yu. Xodiev va S.K. Salaev kabi olimlar tomonidan foydalanilgan. Mikrokreditlash hajmlari bilan kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlik koeffitsienti B.S. Mamatov tomonidan o‘rganilgan.
Kichik biznes taraqqiyoti uchun alohida shart-sharoitlarning yaratilishi, soliq, bojxona va boshqa to‘lov imtiyozlarining belgilanishi, nisbatan arzon kredit resurslarining taqdim etilishi natijasida qisqa davr ichida kichik biznes korxonalarining soni ahamiyatli darajada oshib bordi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1992 yilda ro‘yxatga olingan kichik biznes korxonalarining soni atigi 15,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda fermer va dehqon xo‘jaliklarini hisobga olmaganda, 20 mingdan ziyod yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etildi, ularning umumiy soni esa 195 mingdan ziyodni tashkil etib, 12,6 baravar o‘sdi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes sub’ektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010 yilda 52,5 foizga yetdi. Holbuki, bu ko‘rsatkich mustaqillikning dastlabki yillarida 1,5 foizni, 2000 yilda esa 31 foizni tashkil etgan edi (1-rasm).



1-rasm. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi dinamikasi (foizda)
So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan KBXTni moliyaviy qo‘llabquvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida mazkur sohaga tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlar va ko‘rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmi yildan-yilga o‘sib bormoqda (2-rasm).

2-rasm. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kredit va mikrokreditlar, mlrd. so‘mda
Bunda asosiy e’tibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari boshlang‘ich kapitalini shakllantirish, ularning investitsiya loyihalari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmlarini kengaytirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes-rejalarini moliyalashtirish, ayniqsa, qishloq joylarida ish o‘rinlarini tashkil etishga yo‘naltirilgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmlarini kengaytirishga qaratilmoqda.
Shu bilan birga, mamlakatda yanada qulay tadbirkorlik muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni uzluksiz davom ettirish maqsadida ushbu sektor ishtirokchilari uchun moliya-kredit resurslaridan keng foydalanishni ta’minlovchi bozor vositalari, mexanizmlari va amaliyoti takomillashtirib borilmoqda.
2014-yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 9 trillion so‘mdan ortiq yoki 2013 yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p, shu jumladan, 2 trillion so‘mga yaqin miqdordagi mikrokreditlar ajratildi. Bu o‘tgan yilga qaraganda 39 foiz ko‘pdir. So‘nggi besh yilda kichik biznesni kreditlash hajmi qariyb 5 barobar ko‘paydi.
1-jadval
O‘zbekistonda kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi va ushbu sohaning mamlakat YaIMdagi ulushi

1-jadval ma’lumotlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditning o‘sishi ushbu soha vakillarining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushining o‘sishiga olib kelganini payqash qiyin emas. Demak, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi bilan kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud, degan xulosaga kelamiz.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar bilan ushbu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ekonometrik taxlilini quyidagi bosqichlarda amalga oshiramiz:
1. Tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar xajmi bilan ushbu sohaning YaIMdagi ulushi o‘rtasidagi bog‘liqlik shaklini aniqlash.
2. Korrelyatsion tahlil asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi bilan ushbu sohaning YaIMdagi ulushi o‘rtasidagi regression tenglamaning noma’lum koeffitsientlarini baholash.
3. Aniqlangan regression tenglama asosida kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi va kichik biznesning YaIMdagi ulushining o‘zgarish prognozini aniqlash.
1-jadval ma’lumotlari asosida tekislikning absissa o‘qida kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kredit miqdorini, ordinata o‘qida ushbu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi qo‘yilsa, hosil bo‘lgan nuqtalarning joylashuvi ko‘rsatkichli funksiyaning grafigiga o‘xshab ketadi. Shuning uchun tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi bilan ushbu sohaning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi o‘rtasida bog‘liqlik chiziqsiz funksiya ko‘rnishida ekanligi haqida xulosa chiqaramiz.
Ko‘rsatkichli funksiyaning noma’lum koeffitsientlarini baholash uchun ushbu funksiyani logarifmlab chiziqli funksiyaga olib kelinadi va uning noma’lum parametrlari eng kichik kvadratlar usuli bilan baholanadi. 1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni logarifmlab, (lnx va lny) kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi va ushbu sohaning YaIMdagi ulush o‘rtasidagi korrelyatsiya koeffitsientini quyidagi formula orqali aniqlaymiz:

Hisob-kitoblarni bajarish asosida R=0,9614 aniqlandi. Demak, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi bilan kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulush logarifmi o‘rtasidagi bog‘liqlik – chiziqli ko‘rinishda bo‘lish ehtimoli 0,96 ga teng. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi bilan ushbu sohaning YaIMdagi ulushi o‘rtasidagi bog‘liqlikning regression tenglamasini lnY=a·lnX+b ko‘rinishida deb, uning noma’lum koeffitsientlarini quyidagi formulalar asosida aniqlaymiz:

Shunday qilib, regressiya tenglamasi lnY=0,1415·lnX+2,8016. Ushbu regressiya tenglamasiga binoan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi ma’lum bo‘lganda kichik biznes sub’ektlarining YaIMdagi ulushi qancha bo‘lishini bashorat etish mumkin.
2-jadval
Kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi va kichik biznesning YaIMdagi ulushining o‘zgarish prognozi

Yuqoridagi 2-jadvalda tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmiga ko‘ra, ularning YaIMdagi ulushining prognozi keltirilgan. Ushbu prognoz bo‘yicha tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar miqdori 10 trillion so‘m bo‘lsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining YaIMdagi ulushi 56,7 foizni, kredit miqdori 12 trillion so‘mni tashkil etsa, ushbu ko‘rsatkich 58,2 foizni tashkil etadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlar rivojlanish tendensiyasini o‘rganish va taxlil qilish asosida quyidagi xulosa va takliflar berish maqsadga muvofiq:
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori bilan ushbu sohaning YaIMdagi ulushi o‘rtasida ekonometrik bog‘liqlik mavjud;
- kichik biznes sub’ektlariga kreditlar berishda oldingi kreditlarning qaytarilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarini sinchiklab o‘rganish va o‘z vaqtida kreditlarni to‘liq qaytargan tadbirkorlik sub’ektlariga ma’lum bir imtiyozlar berish (masalan, kreditning foiz stavkasini kamaytirish, kredit miqdorini oshirish, kredit to‘lov muddatini uzaytirish, soliq to‘lovlar stavkasini kamaytirish va x,k.);
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining YaIMdagi ulushiga ta’sir etuvchi boshqa omillarni ekonometrik modelga kiritish orqali modelning aniqligi va prognoz qiymatlarining haqqoniyligini oshirish.
Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llabquvvatlash, ularga ajratilgan kreditlar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mamalakat YaIMdagi ulushi ortishiga, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga olib kelmoqda.

Download 30.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling