Psixologiya fakulteti ijtimoiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi
-rasm. O ‘zbekiston Respublikasi bo ‘yicha umumiy iste ‘mol narxlar indeksi (inflyatsiya) dinamikasi, %8
Download 213.53 Kb.
|
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi, shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.3-rasm. 2017-2019-yillarda aholi jon boshiga hisoblangan YaIMning o ‘sish hajmi (joriy narxlarda, ming so ‘m) va sur ‘atlari (o ‘tgan yilga nisbatan % da) 10
2.3.2-rasm. O ‘zbekiston Respublikasi bo ‘yicha umumiy iste ‘mol narxlar indeksi (inflyatsiya) dinamikasi, %8
– banklarning kapitallashuvi, likvidligi va resurs bazasini yanada mustahkamlash hamda ularning investitsion faolligini yanada oshirishga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi; – ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta ‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur ‘atlarda o ‘sishiga zamin yaratmoqda9. Mazkur omillar ta ‘sirida 2019 yilda mamlakatimizda YaIMning real o ‘sishi 2018 yilga nisbatan 5,6 foizni tashkil qilib, uning mutlaq hajmi 511,8 trln. so ‘mga teng bo ‘ldi. Ma ‘lumki, iqtisodiyot davlat tomonidan ma ‘muriy, iqtisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi. Ma ‘muriy usullar antimonopol tadbirlar, majburiy standartlarni o ‘rnatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va sub ‘ektlarni ro ‘yxatga olish kabilarni o ‘z ichiga oladi. Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy ta ‘minoti, minimal ish haqini o ‘rnatish, ishsizlik nafaqalarini berish kabilar kiradi. Iqtisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati kabi to ‘g ‘ridan-to ‘g ‘ri usullarni va byudjet-soliq hamda pul-kredit siyosatidan iborat bevosita tartibga solish usullarini o ‘z ichiga oladi. Mamlakatimizda iste ‘mol narxlari indeksi (inflyatsiya) 2000 yilda 28,2 foizni, 2001 yilda 26,6 foizni, 2002 yilda 21,6 foizni tashkil qilgan bo ‘lib, bu ko ‘rsatkich 2003 yilda 3,8 foizni tashkil qilgan. 2002 yilga nisbatan 2003 yilda inflyasiya darajasining keskin pasayishiga makroiqtisodiy siyosatdagi o ‘zgarishlar hamda metodologiyadagi o ‘zgarishlar ta ‘sir ko ‘rsatgan. 2019-2018-yillarning o ‘n ikki oyi davomidagi qisqa muddatli oylik umumiy iste ‘mol narxlari indeksi taqqoslash natijalariga ko ‘ra, ko ‘rsatkichlar orasidagi maksimal chekinish yana avgust oyiga to ‘g ‘ri keladi (2019-yildagi 102,9 %ga qarshi 2018-yildagi 100,3 %). Dekabr oyidagi farq esa 0,4 darajani tashkil etgan (2019-yil dekabrdagi 101,7 %ga qarshi 2018-yil dekabr oyidagi 102,1 %). O ‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 2018 va 2019-yillarning oylar davomidagi umumiy INIning taqqoslash natijalariga ko ‘ra ko ‘rsatkichlar orasidagi minimal tafovut aprel oyida qayd etilgan (105,3 %ga qarshi 105,8 %, yoki 0,5 daraja). Sezilarli darajadagi farqlanish esa avgust oyi natijasiga to ‘g ‘ri keladi (108,2 %ga qarshi 106,2 % yoki 2,0 daraja). Dekabr oyida ko ‘rsatkichlar orasidagi uzilish 0,9 darajani tashkil etgan (115,2 %ga qarshi 114,3 %) (6-rasm). Makroiqtisodiy siyosatdagi o ‘zgarishlar: 1. 2003 yildan boshlab davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun Markaziy bank tomonidan kreditlash to ‘xtatildi. 2. Markaziy bank tomonidan markazlashgan kreditlarni berishga chek qo ‘yildi. Natijada inflyasiyaning ikki yirik o ‘chog ‘i so ‘ndirildi. 2.3.3-rasm. 2017-2019-yillarda aholi jon boshiga hisoblangan YaIMning o ‘sish hajmi (joriy narxlarda, ming so ‘m) va sur ‘atlari (o ‘tgan yilga nisbatan % da)10 Respublikamiz aholisining iste ‘mol savatiga kiruvchi meva-sabzavotlar guruhidagi 16 turdagi mahsulotlarni xalqaro andozalarda belgilanganidek har oyda bir xil miqdorda emas, balki eng pishiqchilik fasllarida, masalan, kartoshka, piyoz, sabzi kabi mahsulotlarni katta miqdorda, odatda oktyabr va noyabr oylarida eng arzon paytda ko ‘p miqdorda xarid qilib, qish oylarida, ya ‘ni narxi qimmat fasllarda kamroq xarid qilinishini hisobga olib, metodologiyaga ma ‘lum o ‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko ‘ra yilning har bir oyida aholi tarafidan 16 turdagi meva-sabzavotlarni qancha miqdorda xarid qilingan bo ‘lsa, iste ‘mol savatida ushbu vazn qo ‘llanila boshlandi. Ya ‘ni, yangi metodologiyaga ko ‘ra turli davr mobaynida istemol va xarid qilinayotgan maxsulotlarning tarkibining o ‘zgarishlari ham hisobga olina boshlangan. Natijada, aholi jon boshiga daromadlarda o ‘sish kuzatildi. Xususan, 2019-yil yakunlariga ko ‘ra O ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o ‘rtacha yillik kursi bo ‘yicha hisoblangan YaIM hajmi 57 907 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (2018-yilda - 50 397 mln. AQSh doll.). Ma ‘lumot uchun: AQSh dollarining so ‘mga nisbatan rasmiy kursi o ‘rtacha yillik hisobda 2018-yilda 8 069 so ‘m, 2019-yilda 8 839 so ‘mga teng bo ‘lgan. Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 15 242,0 ming so ‘mni (yoki 1 724 AQSh doll. ekvivalentida) tashkil etdi va bu ko ‘rsatkich 2018-yil bilan taqqoslaganda 3,6 % ga o ‘sdi. Aholi jon boshiga YaIM o ‘sishi 2017- va 2018-yillarda mos ravishda 2,7 % va 3,6 % ni tashkil etgan (7-rasm). Ma ‘lumot uchun: Aholi jon boshiga YaIM, joriy narxlardagi YaIM umumiy hajmini mamlakatning ma ‘lum bir davrdagi o ‘rtacha aholisi soniga bo ‘lish yo ‘li bilan aniqlanadi. O ‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yillik o ‘rtacha soni 2017-yilda 32 389 ming kishini, 2018-yilda 32 956 ming kishini va 2019-yilda 33 581 ming kishini tashkil qilgan. Shuningdek, davlat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan qisman tartibga solish siyosati natijasida 2019 yilda sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari 19,0 foizga, chakana savdo aylanmasi 5,0 foizga, xizmatlar 5,1 foizga, qishloq xo ‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 foizga, boshqa xizmatlar 5,0 foizga oshdi (1-jadval). Milliy iqtisodiyotda modernizatsiyalash va tarkibiy o ‘zgartirishlar jarayonini jadallashtirishda uning muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilamasdan erishib bo ‘lmaydi. Iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizasiyalash orqali iqtisodiyotni yangilashga, fan sig ‘imkorligi yuqori bo ‘lgan ustuvor sohalarni rivojlantirishga, mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish yo ‘liga o ‘tkazishga, milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga va aholining o ‘sib, o ‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to ‘laroq qondirishga erishiladi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashning jahon tajribasi tahlili ko ‘rsatishicha, mamlakatni modernizatsiyalash uchun dastlab mamlakat iqtisodiyotini, shu jumladan, sanoatning hozirgi holatini chuqur va konkret baholash lozim. Natijada iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma ob ‘ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo ‘nalishga aylanadi. 1-jadval Download 213.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling