“Psixologiya” fakulteti “Ijtimoyi va iqtisodiy fanlar” kafedrasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1493949
1   2   3
Bog'liq
ekonometrika

Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash 
jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni 
o’z ichiga oladi: 
1) 
sub’ekt (tadqiqotchi); 
2) 
tadqiqot ob’ekti; 
3) 
o’rganuvchi sub’ekt bilan o’rganilayotgan ob’ektning
munosabatlarini vositalovchi model. 
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq 
qo’llanila boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va 
arxitektura, astronomiya, fizika, ximiya,biologiya va, nihoyat, ijtimoiy 
fanlar kabi tobora yangi sohalarini qamrab ola boshladi. Birinchi 
matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval), A.Smit (klassik 
makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan 
ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida 
modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro’-e’tibor keltirdi. 
Turli iqtisodiy hodisalarni o’rganish uchun ularning iqtisodiy 
modellar deb 
ataluvchi 
soddalashtirilgan 
formal 
tasvirlaridan 
foydalaniladi. Iste’mol tanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy 
o’sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi muvozanat modellari va 



Iqtisodiy-matematik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni 
tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, 
ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning 
matematik modeli — bu uning funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, 
mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi. 
Bunday aks ettirish o’rganilayotgan ob’ekt elementlarining munosabatlari 
guruhlarini model elementlarining shunga o’xshash munosabatlariga 
boshqa ko’p modellar iqtisodiy modellarga misol bo’ladi. 
Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo’llash usullari iqtisodiy- 
matematik usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) 
iqtisodiyotni o’rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik 
fanlarning uyushmasidir. Bu tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida 
akademik V.S.Nemchinov tomonidan kiritilgan. IMU iqtisodiyot, 
matematika va kibernetikaning tutashishida hosil bo’ldi. 
Tuzilmaviy modellar ob’ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, 
ichki parametrlarini, ular orasidagi o’zaro boѓliqliklarni ifodalaydi. 
Iqtisodiyot miqyosidagi tadqiqotlarda ko’proq tuzilmaviy modellar 
qo’llaniladi, chunki quyi tizimlarning o’zaro boѓliqliklari rejalashtirish 
va boshqarish uchun katta ahamiyatga ega. O’ziga xos tuzilmaviy 
modellar sifatida tarmoqlararo aloqalar modellarini olish mumkin. 
Funktsional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo’llaniladi, bunda


10 
ob’ektning holati («chiqish»)ga «kirish»ni o’zgartirish yo’li bilan ta’sir 
ko’rsatiladi. Iste’molchilarning tovar-pul munosabatlari sharoitidagi 
xatti-harakatlari modeli bunga misol bo’la oladi. Aynan bir ob’ekt bir 
vaqtning o’zida ham tuzilmaviy, ham funktsional model bilan 
tasvirlanishi mumkin. Masalan, alohida tarmoq tizimini rejalashtirish 
uchun tuzilmaviy modeldan foydalaniladi, iqtisodiyot miqyosida esa har 
bir tarmoq funktsional model bilan ifodalanishi mumkin. 
Statik modellarda barcha bog`lanishlar vaqtning tayinli payti yoki 
davriga tegishlidir. Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt 
bo’yicha o’zgarishini tavsiflaydi. Qaralayotgan vaqt davrining 
uzunligiga qarab bashoratlash va rejalashtirishning qisqa muddatli (bir 
yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha), uzoq muddatli (10-15 va undan 
ko’proq yilgacha) modellari farqlanadi. Iqtisodiy- matematik modellarda 
vaqtning o’zi yo uzluksiz, yo diskret ravishda o’zgarishi mumkin. 
Iqtisodiy jarayonlarning modellari matematik boѓlanishlarning 
shakli bo’yicha juda xilma-xildir. Ayniqsa tahlil va hisoblashlar uchun 
eng qulay bo’lib, shu tufayli keng tarqalgan chiziqli modellar sinfini 
ajratib ko’rsatish muhimdir. Chiziqli va chiziqli bo’lmagan modellar 
orasidagi farqlar nafaqat matematik nuqtai nazardan, balki nazariy-
iqtisodiy jihatdan ham muhimdir, chunki iqtisodiyotdagi ko’p 
boѓlanishlar aniq chiziqli bo’lmagan tabiatga ega: ishlab chiqarish 
o’sganda resurslardan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish 
ko’payganda yoki daromadlar o’sganda aholi talabi va iste’molining
Determinirlangan modellar model o’zgaruvchilari orasidagi qat’iy 
funktsional bog`lanishlar borligini nazarda tutadi. Stoxastik modellar tadqiq 
qilinayotgan ko’rsatkichlarga tasodifiy ta’sirlarning borligiga yo’l qo’yadi 
hamda ularni tasvirlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematik 
statistikaning vositalaridan foydalanadi. 


11 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
 
1. 
https://www.google.ziyo.net
 
2. 
https://www.google.arxiv.uz
 
3. X.Shodievni Ekonometrika fanining predmeti, usullari, vazifalari va 
asosiy tushunchalari. asari 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling