“Psixologiya” fakulteti “Ijtimoyi va iqtisodiy fanlar” kafedrasi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
ekonometrika
Albatta bu tenglamada o’zaro ta’sir effekti ( b 3 -parametri) statistika nuqtai nazaridan qiymatga ega bo’lmasligi ham mumkin. Ammo iqtisodiy nuqtai nazardan ma’noga ega. Iqtisodiy tadqiqotlarda regressiya tenglamalari o’zlari ma’noga ega bo’la boshladilar. Masalan, tannarxni y ishlab chiqarish hajmiga x (mahsulot birligi miqdori) bog’liqligi quyidagicha ifodalanishi mumkin: Ishlabchiqarish Ishlab chiqarish Ishlab chiqarish hajmiga xarajatlari bo 'lmagan xarajatlar (doimiy xarajatlari ) (o ' zgaruvchi xarajatlar) Tenglikni ikkala qismini ishlab chiqarish harajatlari hajmi x bo’lsak, quyidagini olamiz: Bir mahsulot birligi Bir mahsulot Bir mahsulot hisobida ishlab birligiga doimiy birligiga o ' zgaruvchanxarajatlar 6 Bunday tenglamalarning parametrlari kichik kvadratlar usuli bilan baholanishi mumkin, ushbu parametrlarning xususiyatlari shundan iboratki ularning har biri aniq iqtisodiy ma’noga ega. - iqtisodiy o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanishlarni sifat jihatdan tahlil qilish, ya’ni bog’langan ( y j ) va bog’liq bo’lmagan ( xk ) o’zgaruvchilarni ajratish; - ma’lumotlarni tanlash; - y j va xk o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanish shaklini aniqlash; - model parametrlarini aniqlash; - sohta o’zgaruvchilarni kiritish; - avtokorrelyatsiyani aniqlash; - trendlarni, davriy va tasodifiy komponentalarni aniqlash; - bog’lanish shaklini aniqlash va birpaytli tenglamalar tizimini tuzish; - identifikatsiya shartlarini tekshirish; - birpaytli tenglamalar tizimining parametrlarini baholash; - davriy qatorlar tizimi asosida modellashtirish: statsionarlik va kointegratsiya muammolari; - integratsiya muammolari va parametrlarni baholash. Ekonometrik model o’zaro bog’langan o’zgaruvchilarning nazariy jihatlari va ular orasidagi bog’lanish xususiyatlariga asoslanadi. 7 O’zaro bog’lanishlarni ifodalashda asosan, ularning sifat tomonlarini tahlil qilishga ko’proq e’tibor beriladi. Shuning uchun ekonometrik tadqiqotlar bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin. - muammoning qo’yilishi; - ma’lumotlar yig’ish, ularni sifatini tahlil qilish; - model xususiyatini aniqlash; - parametrlarni baholash; - echimlarni tushinish, muhokama qilish va amalga joriy etish. Bu bosqichlar barcha tadqiqotlar uchun xos bo’lib, qanday ma’lumotlardan foydalanishidan qat’iy nazar va zamonga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab xo’jalik masalalarini samarali hal kilishning muhim vositasiga aylantirmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi. 8 ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga imkon beradi. Bir tomondan, modellar oson o’rganiladigan bo’lishi kerak, shuning uchun ular juda murakkab bo’lmasligi kerak — binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan nusxalar bo’ladi. Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni o’rganishdan olingan xulosalarni haqiqiy ob’ektlarga ham qo’llash lozim, demak, model o’rganilayotgan haqiqiy ob’ektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling