“Psixologiya” fakulteti “Ijtimoyi va iqtisodiy fanlar” kafedrasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1493949
  1   2   3
Bog'liq
ekonometrika




 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI 
 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
JIZZAX FILIALI 
“Psixologiya” FAKULTETI 
“Ijtimoyi va iqtisodiy fanlar” KAFEDRASI 
“Ekonometrika” FANIDAN 
 
 
 
 
 
Topshirdi: 924-20 -guruh talabasi
Yaxshiliqov Jalol 
 
Qabul qildi: 
Muxtorov Botir
 

Jizzax 2023 
 
MUSTAQIL ISHI 


Mavzu:Ekonometrik modellashtirishda qo’llaniladigan amaliy dasturlar paketining 
xususiyatlari
 
REJA 
1. Ekonometrika fanining mohiyati, vazifalari va predmeti 
2.Modellashtirish tushunchasi, turlari 
3.Amaliy paketlar 


Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi 
iqtisodiy 
munosabatlarga 
miqdoriy 
o’lchamlarni 
berishdan 
iborat. 
“Ekonometrika” iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp 
tomonidan kiritilgan (u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlariga algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda 
xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish 
mumkin” deb ta’kidlagan. Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan 
bo’lsada, “ekonometrika” iborasi iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga 
kelishida juda qulay keldi. 
Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi. 
“Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika” 
so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida 
ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning 
mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va 
munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy 
hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir. 
Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta 
fanlarni birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot 
nazariyasi, statistika va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish 
natijasida yuzaga kelgan. Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun 
ushbu usullarga hisoblash texnikasi tadbiq etilgan. 
1933 yilda R.Fisher tomonidan “Ekonometrika” jurnaliga asos solindi. 
Jurnalda u ekonometrikaga quyidagicha ta’rif bergan: “Ekonometrika-bu o’sha 
iqtisodiy statistika emas. Ko’p qismi miqdoriy xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy 
nazariyaning ham o’zi emas. Ekonometrika matematikani iqtisodga qo’llash ham 
emas. Tajriba shuni ko’rsatadiki har uchchala statistika, iqtisodiyot nazariyasi va 
matematika fanlarining komponentalari zamonaviy iqtisodiy xayotni miqdoriy 
tomonlarini anglash uchun zaruriy, lekin etarli bo’lmagan shartlaridir. Bu-uchta 


fanning birligidir. Bu birlik ekonometrikani tashkil etadi”. 
Shunday qilib, ekonometrika-bu iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’zaro 
bog’lanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fandir. 
Ekonometrik usullar oliy statistika deb nomlanuvchi juft va ko’p o’lchovli 
regressiya, juft, xususiy va ko’p o’lchovli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va 
boshqa davriy qatorlar komponentalari, statistik baholash usullari asosida yuzaga 
kelgan va rivojlangan. 
R.Fisher shunday deb yozgan: “Statistik usullar ijtimoiy fanlarda muhim 
element hisoblanadi va aynan shu usullar yordamida ijtimoiy bilimlar fan 
darajasigacha ko’tarilishi mumkin”. 
Birinchidan –ekonometrika o’ziga xos bo’lgan usullar tizimi sifatida 
iqtisodiy o’zgaruvchilar va ular orasidagi bog’lanishlarning xususiyatlarini 
tasvirlagan xolda o’zining masalalarini aniqlashtirish bilan rivojlana boshladi. 
Regressiya tenglamasiga na faqat birinchi darajali o’zgaruvchilarni kiritildi balki 
natijaga maksimal yoki minimal (ozmi-ko’pmi) darajada ta’sir etuvchi 
qiymatlarni akslantiruvchi iqtisodiy o’zgaruvchilarning optimal xususiyatlarini 
ifodalash maqsadida, ikkinchi darajali o’zgaruvchilarni ham kiritila boshlandi. 
Masalan: Ekinlarni o’g’itlantirishning hosildorlikka ta’sirini ko’radigan bo’lsak, 
ekinlarni ma’lum bir darajada o’g’itlantirish uning xosildorligini oshiradi; lekin 
o’g’itlantirish me’yor darajasidan ortishi hosildorlikni ortishiga olib kemaydi 
balki, hosildorlikni pasayishiga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday ko’plab 
ijtimoiy-iqtisodiy o’zgaruvchilarning ta’siri haqida gapirish mumkin(masalan, 
ishchilar sonini ortishini mehnat unumdorligiga, daromadlarni ayrim oziq-ovqat 
mahsulotlarini iste’moliga ta’siri va h.k.). 
Ikkinchidan-regressiya tenglamasida mustqil komponentalar sifatida 
qaraluvchi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgaruvchilarning o’zaro ta’siri aks etadi. 
Masalan, quyidagi regressiyani ko’raylik, 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling