Psixologiya fani haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi Reja


Download 55.3 Kb.
bet7/11
Sana04.02.2023
Hajmi55.3 Kb.
#1165854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Psixologiya fani haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi Re

SHaxs psixologiyasi.Buning vazifasi shaxsning individual – psixologik xususiyatlari: xarakteri, oliy nerv faoliyati tipi va temperamenti, qobiliyatlari, xulkining bosh motivlari, kasbga qobiliyati va ko`nikmalari kabilarni o`rganishdir.

Uning bo`limlariga:

    1. Xarakterologiya.

    2. Individual psixologik farqlar tipologiyasi

    3. Professiografiya (kasbga bo`lgan qobiliyati va ma’lum bir kasbga yarokli ekanligini o`rganadigan fandir).

Biz mashxur psixolog B.G.Ananev tomonidan tavsiya qilingan metodlarni sanab o`tishga harakat qilamiz. U tekshirish metodlarini to`rt guruhga bo`ladi:
Tadqiqot ishlarining birinchi – tashkiliy guruhi o`z ichiga qiyoslash, longityut (uzluksiz), kompleks (Ko`pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi.
Tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat bo`lib, unga kuzatish, eksperiment, test, anketa, so`rov, sosiometriya, suxbat, intervyu, faoliyat jarayoni va uning maxsulini taxlil qilish, biografik kabilar kiradi.
Tadqiqot metodlarining uchinchi guruhiga statistik (mikdor) va psixologik (sifat) metodlari kirib, ular olingan natijalarni qayta ishlashga mo`ljallangandir.
Ilmiy tadqiqot metodlarining to`rtinchi – sharxlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir.
Metod – (yunoncha – metod – tadqiqot tekshirish) bilishning nazariy va amaliy o`zlashtirish usullari yig`indisi. Psixologiyaning asosiy metodlari quyidagilardan iborat:

Asosiy metodlar

Asosiy metodlarning variantlari

Kuzatish metodi

Tashqi (ob’ektiv kuzatish) ichki (sub’ektiv, o`zini-o`zi kuzatish) erkin kuzatuv, standartlashtirilgan guruh ichida kuzatish, guruh tashqarisida kuzatish

So`roq metodlari

Og`zaki, yozma, erkin (suhbat)



Test metodi

Test-so`rov
Test-topshiriq
Proektiv test, sotsiometrik test

eksperiment

Tabiiy
laboratoriya

Modellashtirish

Matematik modellashtirish mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish kiberketik modellashtirish



Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyo qarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.
Suhbat metodining ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so’zlar, «g’aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo’ladi. Shuningdek, savol-javobning bir shaklda emasligi sinaluvchida o’ziga xos ishlash uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.

Download 55.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling