Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


Download 131.69 Kb.
bet36/88
Sana05.01.2022
Hajmi131.69 Kb.
#214920
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88
Bog'liq
2 5226836931349842463

38.Idrok haqida umumiy tushuncha. Idrok-deb sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettiri ishiga aytiladi.Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi. Chunki narsa va xossa bir-biridan ajralgan holda mavjud boʻlmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmoq qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. Quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi seziladi va boshqalar.Idrok qoʻzgʻatuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiriladi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yigʻindisidan iboratdir, degan xulosa chiqarib boʻlmaydi. Idrok oʻziga xos tuzilishga ega boʻlgan hissiy bilishning sifat jihatidan yangi yuksakroq bosqichidir.Idrokning muhim tomonlaridan biri – uning xususiyatlarini turli jabhalar, vaziyatlar, sharoitlarda namoyon boʻlishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri – bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish (perseptiv) faoliyatini uning oʻzlashtirilgan bilimlari, toʻplagan tajribalari shuningdek, murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi.Idrokning yana bir muhim xususiyati, uning narsa va hodisalarni umumlashgan holda aks ettirilishdir. Idrok jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz ishtirok etsa ham idrok sezgilarimizning oddiy yigʻindisidan iborat deb boʻlmaydi. Idrok jarayonida turli sezgilarimizdan tashqari odamning shu paytgacha orttirilgan turmush tajribasi ham ishtirok etadi. Odam oʻz turmush tajribasida juda koʻp narsa va hodisalarni takror-takror idrok qilgani tufayli odamning idroki anglanilgan xarakatlarga egadir Idrok jarayonida odamning diqqati, xotirasi, tafakkuri, xayoli, hissiyoti va irodasi ishtirok etadi. Chunonchi, odam diqqatini qaratmasdan (yoʻnaltirmasdan) birorta narsani ham mutlaqo idrok eta olmaydi.Diqqat qaratilgandagina taʼsir etayotgan narsa va hodisalarni ravshan idrok etamiz. Idrok jarayonida odamning ilgari orttirgan turmush tajribasi ishtirok qilar ekan, binobarin idrok jarayoni odamning xotirasi bilan bogʻliqdir. Idrokda har doim xususan tanish jarayoni ishtirok etadi. Tanish jarayoni qatnashayotganini tufayli odam idrok qilayotgan narsalarini darrov anglab ola biladi. Narsalarning nomini atash bilan idrokimizning mazmunini ravshanlashtiramiz. Agar idrok jarayonida narsalarning nomini atay olmasak, yaʼni idrok qilayotgan narsalar bizga notanish qandaydir yangi narsalar boʻlsa, unday paytda idrok jarayonidagi tafakkur faollashib ketadi. Odam idrok qilayotgan narsasi nima ekanligi haqida oʻylay boshlaydi.Idrok jarayonida xayolning qatnashishi shunda koʻrinadiki, odam oʻzidan allanimalarni qoʻshib, idrok qilayotgan narsasidan hosil boʻlgan obrazning mazmunini kengaytirib yuboradi.


Download 131.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling