Yosh psixologiyasi fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 60.08 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi60.08 Kb.
#1562190
Bog'liq
Yosh psixologiyasi fanidan yakuniy nazorat savollari


Yosh psixologiyasi fanidan yakuniy nazorat savollari.
1. Yosh davrlari psixologiyasi –
A) Shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdir
В) Insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini uning turli xil faoliyatlarini va shaxsni tarkib topishini
C) Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma`lumotlarni to‘plash
D) Inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlarini
2. Ontogenez –
А) Organizmning vujudga kelgandan boshlab to umrining oxirigacha bo‘lgan individual rivojlanish yo‘li
В) Organizmning jismoniy hamda psixik rivojlanish yo‘li.
С) Organizmning psixik rivojlanish yo‘li.
Д) Insonning dunyoga kelishi.
3. Chaqaloqlikdagi qaysi davr organizmda keskin o‘zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg`ak organning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi?
A) Nafas olish davri
B) Kindik tushish davri
C) Bo‘y o‘sishi davri
D) Uxlash davri
4. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda miyaning og‘irligi necha ming grammini tashkil etadi?
А) 1250-1300 gramm
В) 1250-1400 gramm
С) 1350-1400 gramm
D) 1400-1450 gramm
5.. Maktab yoshidagi bolalarda diqqat qanday bo‘ladi?
А) Passiv diqqat
В) Barqaror diqqat
С) Qisqa muddatli
D) Uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi
6. Involyutsiya-so‘zi nimani anglatadi?
А) O‘sish
В) Rivojlanish
С) O‘sishdan orqaga qaytish
D) Taraqqiyot
7. O‘spirin necha yoshida esa saylash hamda saylanish huquqiga ega bo‘ladi?
A) 17 yosh
В) 19 yosh
С) 16 yosh
D) 18 yosh
8. Inson ontogenezida ularning 1 yoshdan 3 yoshgacha qanday davr hisoblanadi?
A) O‘spirinlik davri
В) O‘sish davri
С) Go‘daklik davri
D) Ilk bolalik davri
9. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohalaridagi tadqiqotlarda o‘quvchining guruhdagi ijtimoiy mavqeini o‘rganishda ko‘pincha qaysi metod qo‘llanadi?
A) Sotsiometriya
B) So‘rovnoma
C) Faoliyat mahsulini o‘rganish
D) Test
10. Erikson tomonidan ilgari surilgan ta`limotda psixik rivojlanish davomida yuzaga keladigan nechta inqirozli davr ajratib ko‘rsatiladi?
A) 6 ta B) 8 ta C) 4 ta D) 3 ta
11. Qaysi yosh davrida bo‘y bilan tana nomutanosib ravishda o‘sadi natijada bolalar oriq va uzun bo‘yli bo‘lib ko‘rinadilar?
A) O‘smirlik
B) O‘spirinlik
C) Kichik maktab yoshi
D) Chaqaloqlik
12. Bir yoki bir necha sinaluvchilar uzoq muddat hatto o‘n yillab tekshirilishi qaysi metodikaga taalluqli?
A) Anketa
B) Longityud
C) Sotsiometriya
D) Suhbat
13. Geriatriya so‘zining ma`nosi?
A) Keksalik davri muammolari
B) O‘sishdan orqaga qaytish
C) Keksaygan inson shaxsini davolash
D) Keksalik davri xususiyatlari
14. Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotga uchta muhim psixologik mexanizm, ya’ni ... ta’sir ko‘rsatadi?
А) Mehnat jamoasi, sinfdoshlar, ijtimoiy makro muhit
В) Kursdoshlar, oila muhiti, jamoa
С) Shaxslararo munosabat, ijtimoiy faoliyat, norasmiy ulfatlar
D) Mehnat jamoasi, oila muhit, norasmiy ulfatlar
15. Ilmiy tadqiqot metodlarining sharhlash guruhiga qaysi metodlar kiradi?
A) Genetik, donalash
B) Kuzatish, test, so‘rovnoma, genetik
C) Sotsiometrik, longetyud
D) Test, ko‘ndalang kesim
16. Chaqaloq tug'ilganda qaysi reflekslari ma'lum darajada shakllangan bo‘ladi?
A) Emaklash
B) So‘rish
C) Yurish-yugurish
D) Turish-o‘tirish
17. Shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini qaysi fan o‘rganadi?
A) Psixologiya
B) Etika
C) Falsafa
D) Pedagogika
18. Bola yuzida shaklan tabassumga o‘xshash harakatlar qaysi davrdan kuzatiladi?
A) Chaqaloqlik davri
B) Go‘daklik davri
C) Ilk bolalik davri
D) Maktabgacha yosh davri
19. Maktabgacha tarbiya yoshi -
А) 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr
В) 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davr
С) 3 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan davr
D) 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr
20. Ilk o‘spirinlik yoshi davriga necha yoshdagi o‘quvchilari kiradi?
А) 14-15 yosh
В) 15-18 yosh
С) 10-12 yosh
D) 14-15 yosh
21. Yetuklik davrining muhim psixologik xususiyatlaridan biri qaysi qatorda ko‘rsatilgan?
A) Ijtimoiy faoliyatda ishtirok etish
B) Umrning o‘tishi
C) Organizmdagi o‘zgarishlar
D) O‘z - o‘ziga hisob berish
22. Shaxsning fanlar bo‘yicha umumiy bilimdonlik darajasini asosan psixologiyaning qaysi metodi aniqlab beradi?
A) Intervyu B) Test C) Anketa D) Biografiya
23. Bolalarni maktabga yetukligini asosan quyidagi qaysi psixologik metodikadan foydalaniladi?
A) Test va suhbat
B) Anketa
C) Kuzatish
D) Intervyu
24. Bola necha oylikdan boshlab o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi ?
А) 5-6 oylikdan
В) 4-5 oylikdan
С) 3-5 oylikdan
Д) 2-3 oylikdan
25. O‘quvchi shaxsini o‘rganishda xatlar, kundaliklar, sinf jurnallari va tavsifnomalarga asoslanish psixologiyaning qaysi metodikasiga tegishli?
A) Test B) Kuzatish C) Biografiya * D) Eksperiment
26. Ilk o’spirinlik davri qanday ta’riflanadi?
A) Yetuklik davri
B) “Kamolot bo’sag’asi”
C) Ilk balog’at davri
D) O’tish davri
27. Yoshlik davri necha yoshlarni o’z ichiga oladi?
A) 18 – 22 yoshlarni
B) 15 – 18 yoshlarni
C) 23 – 28 yoshlarni
D) 28 – 35 yoshlarni
28. Qaytarishdan tashqari o‘quv materialini o‘zlashtirish vositasiga nima kiradi?
A) Materialning emotsional xususiyatlari
B) Materialga nisbatan ustanovka
C) Materialning hajmi
D) Mashqlar
29. Ta’limga psixologik tayyorgarlik deganda nimani tushunasiz?
А) Bolaning aqliy tayyorgarligi
В) Bolaning obektiv va subektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi
С) Bolaning maktab yoshiga yetganligi
D) Bolaning jismoniy tayyorgarligi
30. “Akseleratsiya” terminining ma’nosi nima?
A) Tiklash
B) Tezlatish
C) Umumlashtirish
D) Birlashtirish
31 Yosh davrlari psixologiyasini asosiy vazifasi …
A) Inson psixikasini rivojlanish jarayonini o‘rganish
B) Shaxsning kamol topish qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat holat va shart-sharoitlarning o‘zaro ta'siri xususiyatlarini aniqlashdan iborat
C) Bolalar psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish
D) Insonlarning aqliy va jismoniy imkoniyatlarini qidirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
32. Yosh psixologiyasida keng qo’llanuvchi quyidagi metodlardan qaysilari tashkiliy metodlar jumlasiga kiradi?
A) Kuzatish va eksperiment, sotsiometriya
B) Taqqoslash, longetyud, kompleks
C) Sotsiometriya va faoliyat mahsulini o’rganish
D) Uzunasiga va ko’ndalangiga kesim
33. Bola to’g’ri yurishni, muloqotga kirishishni, predmetli faoliyatni egallash xususiyatlarini qaysi davrda egallaydi?
A) Ilk bolalik davrida
B) Chaqaloqlik davrida
C) Maktabgacha yosh davrida
D) Kichik maktab yoshi davrida
34. Kichik maktab yoshi davrida yetakchi faoliyat qaysi?
A) Predmetli faoliyat
B) O’yin faoliyati
C) O’qish faoliyati
D) Mehnat faoliyati
35. O’smirlik davri necha yoshlarda ro’y beradi?
A) 7 yoshdan 10 yoshgacha
B) 11 yoshdan 14 - 15 yoshgacha
C) 15 yoshdan 18 yoshgacha
D) 18 yoshdan 22 -23 yoshgacha
36. Ontogenezdagi psixik rivojlanish davomida eng avval o’yinning qaysi turi paydo bo’ladi?
A) Qoidali o’yin
B) Rolli o’yin
C) Predmetli o’yin
D) Barcha o’yin turlari bir vaqtda paydo bo’ladi
37. Quyidagi yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bo’lgan muloqot yetakchi faoliyat sifatida gavdalanadi?
A) Ilk bolalik , kichik maktab yoshi
B) Maktabgacha yosh davri, o’smirlik davri
C) Go’daklik, o’smirlik
D) O’smirlik, o’spirinlik
38. Quyidagi yosh davrining qaysi birida o’qish faoliyati yetakchi faoliyat hisoblanadi?
A) Ilk bolalik
B) Maktabgacha yosh davri
C) Kichik maktab yoshi
D) Keksalik davri
39. Qanday omillar odamning jismoniy va psixik rivojlanishiga ta’sir etadi?
А) Irsiy omillar asosiy bo‘lib hisoblanadi
В) Tarbiyaning ahamiyati birinchi o‘rinda turadi
С) Atrof muhit omillari asosiy o‘rin tutadi
D) Irsiy omillar, kechirilgan kasalliklar, ovqatlanish, tarbiya berish va atrof – muhit
40. Perinatal davri bu - …
A) Bolaning ona qornida paydo bo’lgandan tug’ilgunga qadar rivojlanishi
B) Bolaning tug’ilgandan bir oylikkacha bo’lgan davri
C) 1 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan davri
D) 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan davri
41. Gerontopsixologiya qaysi yosh davridagi shaxslar psixologiyasini o’rganadi?
A) O’spirinlik
B) Yoshlik
C) Yetuklik
D) Keksalik
42. Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar…
A) Irsiyat
B) Ijtimoiy muhit
C) Ta’lim – tarbiya
D) Barcha javoblar to’g’ri
43. “Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa” . Ushbu fikr muallifi kim?
A) Arastu
B) Aflotun
C) Geraklit
D) Demokrit
44. Bolalar psixologiyasi asarining muallifi kim?
А) M.Vohidov
В) M.Davletshin
С) M.Mamatov
D) V.Karimova
45. Yosh psixologiyasi fani qaysi fanning tarmog’iga kiradi?
A) Psixofiziologiya
B) Ijtimoiy psixologiya
C) Psixologiya
D) Tibbiyot psixologiyasi
46. Odamning turli xil yosh bosqichlarida psixik rivojlanish xususiyatlarini o’rganadigan Psixologiya tarmog’i…?
Umumiy psixologiya
Zoopsixologiya
Maxsus psixologiya
Yosh psixologiyasi
47. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar…
Irsiyat
Ijtimoiy muhit
Ta’lim-tarbiya
Javoblarning barchasi to’g’ri
48. Keksaygan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash sohasini biz nima deb ataymiz?
Geriogigiyena
Gerontologiya
Involyutsiya
Psixologiya
49.Yosh davrlari psixologiyasi qachon mustaqil fan sifatida e’tirof etildi?
19 asr boshlarida
19 asr o’rtalarida
20 asr o’rtalarida
20 asr
50. Yosh davrlari psixologiyasi nimani tadqiq etadi?
Inson ruhiyatini rivojlanishini
Bolalarning psixikasini
Insonda turli bilish jarayonlari, o’ziga xos xususiyatlarni
Turli yosh davrlardagi shaxslarning psixik rivojlanishini
51. Go’dakda kishilarni tanish va begonalardan ajratish qachon paydo bo’ladi?
4-5 oylikdan
6 oylikdan
8-9 oylikdan
1 yoshdan

52. Inson uzoq umr ko’rish sirlarini asoslab tadqiq qiladigan fan sohasi qaysi javobda ko’rsatilgan?
Etnopsixologiya
Oila psixologiyasi
Gerontopsixologiya
Yosh psixologiyasi
53.Bolalikning ikkinchi davriga necha yoshlar kiradi?
13-16 yosh
3-7 yosh
8-9 yosh
4-8 yosh
55. Qaysi yosh davri “ o’tish davri”, “murakkab davr” deb ta’riflanadi?
O’smirlik
Chaqaloqlik
Kichik maktab yoshi
O’spirinlik
56. Diqqatning qaysi turi kichik maktab yoshidagi bolalarda ustunlik qiladi?
Diqqatning ko’chishi
Ixtiyorsiz diqqat
Ixtiyoriy diqqat
Ixtiyoriydan keying diqqat
57. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologidagi tadqiqotlarda o’quvchining guruhdagi ijtimoiy mavqeini o’rganishda qaysi metoddan foydalaniladi?
Suhbat
Faoliyat mahsulini o’rganish
Sotsiometriya
Test
58. Psixologiyada tadqiqot metodlarini … guruhlarga ajratgan.
I. Pavlov
V. Vundt
Z. Freyd
A. Anan’yev
59.Eksperiment, anketa, test, kuzatish metodlari “Yosh davrlari psixologiyasi” tadqiqot metodlarining qaysi guruhiga kiradi?
Tashkiliy
Emperik
Natijalarni qayta ishlash
Sharhlash
60. Yoshlarning ijtimoiy, psixologik va fiziologik jihatdan tez rivojlanish hodisasi…… deyiladi
Akseleratsiya
Emansipatsiya
Olidatsiya
Interpretatsiya
61. Ta’lim-tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o’rganadigan Psixologiya tarmog’i?
Umumiy psixologiya
Maxsus psixologiya
Pedagogik psixologiya
Bolalar psixologiyasi
62. O’spirinlik davrida “yetakchi faoliyat” nimadan iborat?
His-tuyg’u, samimiy muloqot
O’qish, o’yin
Mehnat, do’stlik
O’qish, kasb tanlash
63. Bolalarning maktabga yetukligini bilishda asosan quyidagi qaysi psixologiya metodikalardan foydalaniladi?
Test va suhbat
Anketa
Kuzatish
Intervyu
64. “Kamolot bo’sag’asi” deb ta’riflangan davr?
Maktabgacha yosh davriga
O’spirinlik davriga
Kichik maktab yoshi davriga
Yetuklik davriga
65. Shaxsning kamol topish qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat holat va shart-sharoitlarning o‘zaro ta'siri xususiyatlarini o’rganadigan Psixologiya sohasi?
Yosh davrlari psixologiyasi
Umumiy psixologiya
Maxsus psixologiya
Bolalar psixologiyasi
66. O’smirlik davri qanday davr deb ham yuritiladi?
“Kamolot busag’asi”
“Murakkab davr”
“Ulg’ayish davri”
“Yetuklik davri”
67. Yetuklik davrining muhim psixologik xususiyatlaridan biri …
Umrning o’tishi
Organizmdagi o’zgarishlar
Ijtimoiy faoliyatda ishtirok etish
O’z-o’ziga hisob berish
68. Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga uchta muhim psixologik mexanizm, ya’ni ... ta’sir ko‘rsatadi?
Mehnat jamoasi, sinfdoshlar, ijtimoiy makro muhit
Kursdoshlar, oila muhiti, jamoa
Shaxslararo munosabat, ijtimoiy faoliyat, norasmiy ulfatlar
Mehnat jamoasi, oila muhit, norasmiy ulfatlar
69. Kichik maktab yoshi necha yoshlarni o’z ichiga oladi?
1-3 yoshlarni
5-10 yoshlarni
7-11 yoshlarni
11-15 yoshlarni
70. Kichik maktab yoshi davrida asosiy faoliyat turi?
O’yin
O’qish
Mehnat
Muloqot
71. … ta’limga psixologik tayyorlik deyiladi.
A) *Bolaning aqliy tayyorgarligi
В) Bolaning obektiv va subektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi
С) Bolaning maktab yoshiga yetganligi
D) Bolaning jismoniy tayyorgarligi
72.. Keksalik davridagi shaxs psixologiyasini o’rganadigan Psixologiya sohasi?
A) Geriogigiyena
В) Gerontopsixologiya
C) Involyutsiya
D) Psixologiya
73. An`anaviy jihatdan olganda bolaning maktabga tayyorgarligi qaysi aspektlarda ko‘riladi?
A) *Intellektual yetuklik, biologik yetuklik
B) Emotsional yetuklik, ijtimoiy yetuklik
C) Intellektual, emotsional, ijtimoiy
D) Intellektual, biologik, ijtimoiy
74. Shaxsning fanlar bo‘yicha umumiy bilimdonlik darajasini asosan psixologiyaning qaysi metodi aniqlab beradi?
A) Intervyu
B) Test
C) Anketa
D) Biografiya
75. O‘quvchi shaxsini o‘rganishda xatlar, kundaliklar sinf jurnallari va tavsifnomalarga asoslanish psixologiyaning qaysi metodikasiga tegishli?
A) Test B) Kuzatish C) Biografiya D) *Eksperiment
76. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohalaridagi tadqiqotlarda o‘quvchining guruhdagi ijtimoiy mavqeini o‘rganishda … metodi qo‘llanadi.
A) Sotsiometriya
So‘rovnoma
Faoliyat mahsulini o‘rganish
D) Test
77. Insоning umrini o’zigа хоs bеtаkrоr хususiyatlаrgа mоlik 8 tа dаvrgа аjrаtgan olim bu …dir.
D.B.El’kоnin
L.S.Vigоstkiy
E.Eriksоn
I.P.Pаvlоv
78. … intеllеktni quyidаgi rivоjlаnish dаvrlаrigа аjrаtаdi: 1) sеnsоmоtоr intеllеkti (tug’ilishdаn 1 yoshgаchа); 2) оpеrаsiyalаrdаn ilgаrigi tаfаkkur dаvri (2 yoshdаn 7 yoshgаchа); 3) kоnkrеt оpеrаsiyalаr dаvri (7-8 yoshdаn 11-12 yoshgаchа); 4) fоrmаl (rаsmiy) оpеrаsiyalаr dаvri.
J.Piаjе
E.Shprаngеr
А.Mаslоu
L.Kоlbеrg
79. Go’dak qancha оyligidа prеdmеtni ushlаsh vа uni o’zigа tоrtib оlish (qo’ldаn yulib оlish) ko’nikmаlаri shаkllаnаdi?
6-7 oyligida
7-8 oyligida
8-9 oyligida
5-6 oyligida
80. Bоlа … оyligidа undа o’tirish, turish, emаklаsh, yurish, gаpirish ko’nikmаlаri shаkllаnаdi.
9
6
7
8
81. Kichik maktab yoshi davri … yoshlarni qamrab oladi.
6-11
6-10
7-9
7-11
82. ”Akseleratsiya” tushunchasiga ta’rif bering.
A. Bola va o‘smirlarda o‘sish va rivojlanishning tezlashuvi, balog‘atga yetish davrining birmuncha erta boshlanishi, somatik tizmlarni oldingi avlodga nisbatan tezroq rivojlanishi.
B. Balog‘atga yetish davrining birmuncha erta boshlanishi, somatik tizmlarni oldingi avlodga nisbatan tezroq rivojlanishi.
C. Bola va o‘smirlarda o‘sish va rivojlanishning tezlashuvi.
D. Bola va o‘smiirlarda o‘sish va rivojlanishning tezlashuvi, somatik tizmlarni oldingi авлодга нисбатан тезроқ ривожланиши.
83. Yetuklik davrida inson ijtimoiy hayotga … bo‘ladilar.
A. Ijtimoiy hodisalarga vazmin, sabr – toqatli, o‘tayotgan har bir daqiqaga aql – zakovat yondashadigan
B. Jismoniy, jinsiy, ruhiy kamolotda erkaklar oldinga o‘tib oladilar
C. Yo‘qotganlarini topishga urinadigan
D. Boshqaruvchanlik qobiliyati kuchli
84. Ranglarni, shakllarni ajrata olish necha yoshda rivojlanadi?
4-5 yoshlarda
6-7 yoshlarda
1-2 yoshlarda
2-3 yoshlarda
85. . Go‘daklarning organik extiyojlari ….
A) Ovqatlanish, nafas olish, uyqu
B) Faqat ovqatlanish
C) O‘ynash, uyqu
D) Harakat qilish
86. Bola psixikasi qaysi faoliyat jarayonida shakllanadi?
A) Ijtimoiy faoliyatida
B) O‘yin, o‘qish, mehnat faoliyatida.
C) O‘qish va o‘yin faoliyatida
D) Mehnat faoliyatida
87. … inson ontogenezida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
A) O‘smirlik davri
B) Ilk bolalik davri
С) Go‘daklik davri
D) O‘spirinlik davri
88. Birinchi va ikkinchi sinf o‘quvchilari darsda … diqqat bilan o‘tirishi mumkin.
A) 40-45 daqiqa
В) 15-20 daqiqa
С) 30-35 daqiqa
D) 15-25 daqiqa
89. Insonni psixik rivojlanishida qanday omil yuqori o‘rin tutadi?
A) Tashqi muhit sharoitlari
В) Nutq
С) Ekologik omillar
D) Fan-texnika yutuqlari
90. Necha yoshdan bolalar o‘zini kattalar bilan taqqoslaydi?
А) 2 yoshdan
В) 4 yoshdan
С) 5 yoshdan
D) 3 yoshdan
91. Quyidagi olimlardan qay birining fikrichа, chaqaloq hаyotininng uchinchi hаftаsidа оnаning emizishdаgi hоlаtigа mоslаshish bilаn bоg’liq birinchi tаbiiy shаrtli rеflеks vujudgа kеlаdi vа kеyinchаlik esа bа’zi qo’zg’аtuvchilаrgа jаvоb tаriqаsidа аlоhidа shаrtli rеflеkslаr hаm pаydо bo’lаdi deb ta’rif bergan?
D.B.El’kоnin
N.L.Figurin
M.P.Dеnisоv
Е.А.Аrkin
92. . Аsosiy fаoliyat o’qish bo’lgаn dаvr?
A) Go’daklik
B) Keksalik
C) Kichik mаktаb yosh dаvri
D) Mаktаbgаchа dаvr
92. Bolalarning kattalar faoliyatini, ularning ish harakatlarini, odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini rollar orqali aks ettirishida ifodalanadigan va tevarak atrofdagi borliqni bilishga qaratilgan faoliyati?
A) Mehnat
B) O’qish
C) O’yin
D) Faollik
93. Psixolog olimlar tomonidan qaysi yosh davri “o’tish davri”, “krizis davri” yoki ma’joziy ma’noda “qayta tug’ilish davri” deb ataladi?
A) O’smirlik davri
B) Bolalik davri
C) Go’daklik davri
D) O’spirinlik davri
94. Qaysi yosh davrida shaxsda aqlga nisbatan ishtiyoq ustunlik qiladi va jizzakilik, asabiylik, be’qarorlik, o’zini tan olinishini xohlash, atrofdagilar bilan tez ziddiyatga borish holatlari kuzatiladi?
A) Bolalaik davirida
B) O’smirlik davirida
C) O’spirinlik davirida
D) Yetuklik davirida
95. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga tashxis qo‘yish bosqichlarini ajratib ko‘rsating?
A) Ilk bolalik: bir yoshdan besh yoshgacha
B) Kichik va o‘rta maktabgacha tarbiya yoshi: uch yoshdan besh yoshgacha
C) Katta maktabgacha tarbiya yoshi: besh yoshdan olti-yetti yoshgacha
D) Ilk bolalik: bir yoshdan uch yoshgacha
96. Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodlari … ega.
A.Tekshiruv natijalariga
B) O‘ziga xos xususiyatlarga
C) Psixologik holatlarni aniqlashga
D) Aqliy taraqqiyot darajasiga
97. Yoshlik davri … o‘z ichiga oladi
A) 25-28 yoshlarni
B) 23-28 yoshlarni
C) 30-31 yoshlarni
D) 40-41 yoshlarni
98. Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotga uchta muhim psixologik mexanizm, ya’ni….ta’sir ko‘rsatadi.
A) kursdoshlar, oila muhiti, jamoa
B) mehnat jamoasi, sinfdoshlar, ijtimoiy makro muhit
C) mehnat jamoasi, oila muhit, norasmiy ulfatlar
D) shaxslararo munosabat, ijtimoiy faoliyat, norasmiy ulfatlar
99. Insonning kuch-quvvatga, orzu-havasga ijodiy rejalarga, izlanishi va izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga davr qaysi davrga tegishli?
A) Yetuklik davri
B) O‘smirlik davri
C) Keksalik davri
D) O‘spirinlik davri
100. O‘spirinlikda yuzaga keladigan muammolar nima bilan bog’liq?
A) Aqliy taraqqiyot bilan bog‘liq
B) Shaxsning shakllanishi bilan bog‘liq
C) Fiziologik rivojlanishi bilan bog‘liq
D) Psixik taraqqiyoti bilan bog‘liq
101. O‘spirinlik davriga xos asosiy faoliyat?
A) Muloqot
B) O‘qish
C) O‘qish, kasb tanlash
D) Mehnat
102. O‘smirlik davrining asosiy xususiyati…
A) Tezroq katta bo‘lish
B) Bilimga qiziqish
C) Kasb tanlash
D) Taqlid qilish
103. L.S.Vigotskiy psixologiyaga qanday tushunchani kiritgan?
A) “psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi”
B) “ta’lim yetakchi rol о‘ynaydi”
C) “psixik faoliyat taraqqiyoti” ni
D) “psixik faoliyat taraqqiyotining “tabiiy” shakli”
104. Psixogerontologiya fanining ilmiy asoschisi kim?
A) S.Xoll
B) P.P.Lazerev
C) E.G‘.G‘oziyev
D) V.A.Krutetskiy
105. Gо‘daklik davri … bo’lgan davrlarni о‘z ichiga oladi.
A) tug‘ilgandan 1 yoshgacha
B) 1 yoshdan 3 yoshgacha
C) 1 yoshdan 7 yoshgacha
D) tug‘ilgandan 5 yoshgacha
106.”Akseleratsiya” tushunchasi qaysi olim tomonidan va nechanchi yili fanga kiritilgan?


107. Uzoq muddat davomida, hatto o’n yillab sinaluvchilarning tekshirilishi qaysi metod yordamida amalga oshiriladi?
A) Anketa
B) Longityud
C) Sotsiometriya
D) Suhbat
108. Kichik guruhlar qaysi metodlar yordamida o'rganiladi?
Sotseometrik, sotsiologik
Eksperiment, kuzatish
Anketa, suhbat
Biografiya, kuzatish
109. Ilk test kim tomonidan yaratilgan?
J. Mareno
J. Piaje
V. Vundt
A. Bine
110.Psixologiyada shaxs deb nimaga aytiladi?
A. Odamning insonlik jinsiga mansublik faktiga
B. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi, voqeylikni biluvchi hamda faol o’zgartuvchi sub’ektga
C. Voqeylikni biluvchi ob’ektga
D. Konkret odam
111. Shaxsning individualligi deganda nimani tushunasiz?
A. Shaxsning takrorlanmas psixik xususiyatlari yig'indisi
B. Shaxsning faolligi
C. Shaxsning yo'nalishlari
D. Shaxsning dunyoqarashi va qiziqishlari
112. Ilmiy tadqiqot metodining to’rtinchi guruhi nima deb nomlanadi?
A) Sharhlash
B) Genetik
C) Emperik
D) Tashkiliy
113. Sotsiometriya metodini Psixologiya faniga kim, qachon kiritgan?
V. Vundt, 19 asrda
J. Moreno, 20 asrda
Rene Dekart, 17 asrda
Deyl Karnegi, 20 asrda
114. Bolaning kattalar mehr-muhabbatiga bo‘lgan ehtiyojining yetarlicha qondirilmasligi psixologiyada qanday ataladi?
115. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko’ra bu davr necha bosqichga bo’linadi?
116. Ilk o’spirinlik haqida psixodinamik nazariyaning yirik namoyondasi hisoblangan psixolog kim?
117. O’spirinlik davri qanday psixologik xususiyatlari bilan boshqa yosh davrlaridan farq qiladi?
118. Yosh va pedagogik psixologiya fan sifatida qachon tarkib topdi?
119. Ilk o‘spirinlik yoshi davriga necha yoshdagi o‘quvchilari kiradi?
А) 14-15 yosh
В) 15-18 yosh
С) 10-12 yosh
D) 14-15 yosh
120. Gerontologiya qanday ma’noni bildiradi?
A) Yoshlik davriga o’tish
B) Keksayishning, keksalikning kelib chiqishi
C) Yetuklik davrining o’ziga xosligi
D) Keksalarni davolash
121. Guruh turlаri qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
Shаrtli, rеаl, rеfеrеnt
B) Kichik, kаttа, rеаl, jаmоа
C) Kichik, kаttа, rеаl, shаrtli
D) Jаmоа, shаrtli, shаrtsiz, rеаl
122. Qiziqish bu:
А) Аnglаngаn mоtiv
B) Fаоliyatgа undоvchi turtki
C) Mоtivning hissiy nаmоyon bo’lishi
D) Bаrchа jаvоb to’g’ri
123. Jаmоаdagi shaxslararo munosabatlarni o’rgаnish mеtоdi?
124. Birinchi psixоlоgik eksprеmеntаl lаbоrаtоriya аsоschisi kim?
Z. Freyd, Avstriya
V. Vundt, Germaniya
I. Pavlov, Rossiya
J. Piaje, Shveytsariya
125. Fаоliyat turlаri:
А) O’yin, o’qish, mеhnаt
B) Spоrt, sаn`аt, mаdаniyat
C) Din, Fаn, jаmiyat.
126. Shаrtli guruh bu:
127.Tеmpеrаmеnt ilk bor qaysi olim tomonidan o’rganilgan?
I. P. Pavlov
Galen
Lestgaft
Gippokrat
128.O‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari ....aniqlanadi.
A) Tezroq katta bo‘lish
B) Bilimga qiziqish
C) Kasb tanlash
D) Taqlid qilish
129. O‘smir shaxsining asosiy rivojlanish xususiyatlari bu-
A) Tezroq katta bo‘lish
B) Bilimga qiziqish
C) Kasb tanlash
D) Taqlid qilish
130. O‘smirlik davrida ... yetakchi faoliyat hisoblanadi:
131. Ilk o‘spirinlik davri .... bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
А) 14-15 yosh
В) 15-18 yosh
С) 10-12 yosh
D) 14-15 yosh
132. Yetuklik davrida psixologik yoshdan xronologik yoshga o‘tish bu…
Erta qarish
Infantillik
Rivojlanishdagi adekvatlilik
Biror fikrni aytish qiyin
134. Tarbiyasi og'ir o'smirlarning kelib chiqishiga asosiy sabablar?
A) Biologik nuqsonlari
B) Psixik kamolotidagi kamchiliklar
C) Tarbiyasidagi nuqsonlar
D) Barcha javoblar to'g'ri
135. Yoshlik davrida yigit va qizlar kamolotiga qaysi psixologik mexanizm kuchli ta'sir qiladi?
A) Mehnat jamoasi
B) Oila mikromuhiti
C) Norasmiy ulfatlar
D) Barcha javoblar to'g'ri
136.Yetuklik davri yana qanday nomlar bilan ataladi?
A) Kattalik, donishmandlik
B) Rahnamolik, g'amxo'rlik
C) Homiylik
D) Barcha javoblar to'g'ri
137. Keksayish davrini shartli ravishda nechta davrga ajratish mumkin?
A) 5
B) 2
C) 4
D) 6
138. O'spirinlik davrida o'quv faoliyatining farqli jihati qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
139. Quyidagi xususiyatlaridan qaysi biri kichik maktab yoshiga xos?
140. Pedagogik psixologiya bo'limlari qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) Talim psixologiyasi
B) Tarbiya psixologiyasi
C) O'qituvchi psixologiyasi
D) barcha javoblar to'g'ri
141. Shaxsning rivojlanish qonuniyatlarini psixologiya fanining qaysi tarmog'i o'rganadi?
142. Longtyud metodi yordamida tadqiqot ishini olib borgan O'zbekistonlik psixolog olim qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
143. D.B.Elkonin xulosasiga ko'ra go'daklik davrida nutqni tushinishni vujudga keltiruvchi asosiy shartlarni aniqlang.
144. Uzoq umr ko'rishning asosiy sabablari.
A) Tog'lik qismidagi iqlim sharoiti va jo'g'rofik omillar.
B) Iste'mol qilinadigan go'shtli, o'simlik moyli va sutli oziq-ovqatlarni ta'qiqlanganligi.
C) Gigienaning barcha qonun-qoidalariga rioya qilish.
D) Barcha javoblar to'g'ri.
145. O'spirinlarda kasb tanlash bilan bog'liq motivlarni o'rgangan olim?
146. Chaqaloqlikdagi qaysi davr organizmda keskin o'zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg'ak organning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi?
A) Nafas olish davri
B) Kindik tushish davri
C) Bo‘y o‘sishi davri
D) Uxlash davri
147. ......... yoshdagi bola idrokning o'tkirligi, ishonuvchanligi, xotiraning kuchliligi, tafakkurning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.
148. Bir xil yoshdagi insonda ruhiy jarayonlarni turlicha kechishi qanday nomlanadi?
149. Ontogenez psixologiyasi nimani о‘rganadi?
A) Ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivoj-lanishini hamda psixologik xususiyatlarini о‘rganadi
B) ontogenezdagi ma’lum bir yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini о‘rganadi
C) ontogenezdagi bolalik yosh davri psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
D) ontogenezdagi qarilik yosh davri psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini о‘rganadi
150. Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari:
A) shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va qarilik yosh davrdagi odamlarda namoyon bо‘ladigan psixik faoliyatni о‘rganishdan iboratdir.
B) shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va chaqaloqlik davrdagi namoyon bо‘ladigan psixik faoliyatni о‘rganishdan iboratdir.
C) shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va yetuklik yosh davrdagi odamlarda namoyon bо‘ladigan psixik faoliyatni о‘rganishdan iboratdir
151. Qaysi yoshdagi о‘quvchining idroki о‘zining hatti-harakati, о‘yin va mehnat faoliyati bilan bevosita bog’liqdir?
A) О‘smir yoshdagi о‘quvchining
B) Kichik maktab yoshdagi о‘quvchining
C) Maktabgacha yoshdagi bolaning
D) О‘spirin yoshdagi о‘quvchining
152. Gо‘dak necha oyga tо‘lgach о‘zini parvarish qilgan odamga intiladigan, talpinadigan bо‘ladi?
A) 2 oyga tо‘lgach
B) 1 oyga tо‘lgach
C) 7 oyga tо‘lgach
D) 4 oyga tо‘lgach
153. Ilk о‘spirinlik davri necha yoshlarni о‘z ichiga oladi?
A) 15 yoshdan 18 yoshgacha
B) 11 yoshdan 13-14 yoshgacha
C) 12 yoshdan 15-16 yoshgacha
D) 18 yoshdan keyingi davrlarni
154. Necha yoshdan bolalar о‘zini kattalar bilan taqqoslaydi?
A) 3 yoshdan
B) 5 yoshdan
C) 4 yoshdan
D)2 yoshdan
155. Ranglarni, shakllarni ajrata olish necha yoshda rivojlanadi?
156. Yosh davrlari va pedagogik psixologiyasida “Kamolot bо‘sag‘asi” deb ta’riflanadigan davr?
157. Tana tuzilishi, yuz qiyofasi va psixikasida keskin o’zgarishlar sodir bо‘ladigan davr?
A) O‘smirlik
B) Ilk bolalik
C) Ilk о‘spirinlik
D) Chaqaloqlik
158. Yosh davrlari psixologiyasi fani qachon mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan?
159. Inson shaxsining tarkib torpishni tushuntirishga intiluvchi qanday konsepsiyalar mavjud?
A)Biogenetik, sotsiogenetik konsepsiyasi
B) “Tabiiy kuchlar” konsepsiyasi
C) “Ichki qonunlar” konsepsiyasi
D) Sotsiogenetik, “tug‘ma mayllar” konsepsiyasi
160. Psixikaning rivojlanishi … ga bog’liq.
A) Oila, maktab, jamiyat
B) Yashash joyi, atrofdagi dо‘stlar davrasi
C) O‘qish va mehnat jarayoni
D) Ijtimoiy muhit, irsiyat, ta’lim – tarbiya
161. “Psixik rivojlanish” deganda nimani tushunasiz?
A) Miyaning biologik, organik yetilishi, psixik rivojlanishning aqliy yetilishi
B) Biologik imkoniyatlarning о‘sishi
C) Aqliy rivojlanish
D) Qobiliyatlarning rivojlanishi
162. “Bolaning psixik rivojlanishda ta’lim va tarbiyaning yetakchi roli bor” degan qoidani birinchi bо‘lib kim fanga kiritgan?
A) J.Piaje
B) L.S.Vigotskiy
C) P.Y.Galperen
D) D.B.Elkonin
163. Yoshlik davrida sezgirlikning ortishi necha yoshgacha davom etadi?
164.Qaysi yosh davri inson uchun ijodiy faoliyatning mahsuldor davri hisoblanadi?
A) 25 – 30 yosh
B) 10 – 15 yosh
C) 15 – 20 yosh
D) 20 – 25 yosh
165. Yetuklik davrida inson ijtimoiy hayotga qanday munosabatda bо‘ladilar?
A) jismoniy, jinsiy, ruhiy kamolotda erkaklar oldinga о‘tib oladilar
B) yо‘qotganlarini topishga urinadilar
C) ijtimoiy hodisalarga vazmin, sabr – toqatli, о‘tayotgan har bir daqiqaga aql – zakovat
yondashadigan
D) boshqaruvchan qobiliyati kuchayadi
167. Psixogerontologiyaning ilmiy asoschisi kim?
168. Geteroxronlik so’zining ma’nosi nima?
A) keksaygan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash
B) bir xil yoshdagi odamlarda ruhiy jarayonlarning turlicha namoyon bо‘lishidir
C) keksalikning kelib chiqishi demakdir
D) kо‘ruv apparati markaziy etnologiyasining xiralashuvidir
169. Psixogerontologiyaning sohalari qaysilar?
A) gerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiyena, geteroxronlik
B) gerogigiyena, pediatriya, evolyusiya
C) yetuklik, geteroxronlik, involyusiya
D) yetuklik, keksayish, geteroxronlik
170. “Bolaning psixik rivojlanishida ta’lim – tarbiyaning yetakchi roli bor”, degan fikrni fanga kim olib kirgan va tatbiq etgan?
171. Ontogenez psixologiyasida keng qo’llaniladigan metodlar:
A) ong va faoliyat birligi;
B) о‘qitish;
C) kuzatish;
D) о‘qitish va o’qishning asosiy qonuniyatlari
172. Yosh va pedagogik psixologiyada kullaniladigan metodlarni Tashkiliy, Empirik, Natijalarni qayta ishlash, Sharhlash guruhlariga bo’lib o’rgangan olim kim?
173. Tarbiya jarayoni … ga yo’naltirilgan.
174. E. Erikson insonning umrini necha davrga bo’lgan?
A) 6 ta B) 8 ta C) 4 ta D) 3 ta
175. Chaqaloqlik davri … ni о‘z ichiga oladi.
A) 6 oylik
B) 40 kunlik
C) 1 oylik
D) 10 kunlik
176. Maktabgacha yosh davri qaysi qatorda tо‘g‘ri kо‘rsatilgan?
А) 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr
В) 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davr
С) 3 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan davr
D) 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr
177. Kichik maktab yoshi davrida asosiy faoliyat turi?
A) Predmetli faoliyat
B) O’yin faoliyati
C) O’qish faoliyati
D) Mehnat faoliyati
178. Gо‘daklik davri, ya’ni tug‘ilgandan 1 yoshgacha bо‘lgan bolalarda qaysi faoliyat turi asosiy bo’lib hisoblanadi?
179. О‘spirinlik yoshi necha davrga bо‘lib о‘rganiladi?
180. Ilk bolalik davri necha yoshni o’z ichiga oladi?
182. Maktabgacha yosh davrdagi bolalarga xos bo’lgan xarakter xususiyatlari qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
183. О‘smirlik davriga necha yoshli o’quvchilar kiradi?
189.О‘smirlar jinsiy yetilish sirlarini kо‘p qismini … o’rganishadi.
190. Qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi qanday holatlarni keltirib chiqaradi?
191. О‘spirinning kasb tanlashda xatoga yо‘l qо‘yishining asosiy sababi nimada?
192. Turli yosh davrlarda shaxslarning rivojlanish qonuniyatlarini qaysi fan o’rganadi?
193. Yangi tug’ilgan bola boshining aylanasi ko’krak qafasining aylanasidan…
A) Kichik bo’ladi
B) Katta bo’ladi
C) Teng bo’ladi
D) 1,5 baravar katta bo’ladi
194. Qaysi tipda bolalar mustaqil fikrlarga ega bo’lmaydi?
195. Bolalardagi shartli reflekslar kattalardagidan nimasi bilan farq qiladi?
196. Yangi tug’ilgan chaqaloqda qanday shartsiz reflekslar kuzatiladi?
A) Ovqatlanish, aksa urish, kulish, emaklash
B) Himoya, aksa urish, kulish, yo’talish, qo’lni uzatish
C) Faqat ovqatlanish reflekslari
D) Ovqatlanish, himoya, aksa urish, yo’talish
197. Qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi … ni keltirib chiqaradi.
198. Ontogenez nima ?
199. Filogenez nima?
200. Jamoaning eng muhim belgilaridan biri qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
201.Refleks turlari?
202. Sotsiometriya metodiga kim asos solgan ?
203. Kishilar psixikasini ommaviy sо‘rov asosida о‘rganish qaysi metod orqali olib boriladi?
204. XIX-XX asr boshlarida qaysi mamlakatlarda pedagogik-psixologiyaga oid ilmiy asarlar paydo bо‘ldi?
205. Biogenetik nazariya asosida qanday g‘oyalar yotadi yoki qanday fikrlarni ilgari suradi?
206. Psixikaning rivojlanish manbalari nimalar?
207. Inson psixik taraqqiyotiga ta’sir etuvchi kuchlar nimalardan iborat?
208.Ta’lim samaradorligini belgilovchi faktorlar?
209. Kishilar psixikasini о‘rganishda qaysi metod tabiiy va laboratoriya sharoitida olib boriladi?
210. Biogenetik oqim tarafdorlari va asoschilari kimlar?
211. Intizomlilik, ma'suliyatni his qilish, samimiylik, haqqoniylik, insonparvarlik, mehnatsevarlik kabi sifatlar shaxsning qanday sifatlari tarkibiga kiradi?
212. Bolaning ta'limga psixologik tayyorgarligi deganda nimalar nazarda tutiladi?
213.Katta yoshdagi odamlarning chaqaloq bilan muloqotda bo'lishi
unda tashqi ta'sirlarga ......... faollashtiradi.
214.Ta'limga psixologik tayyorgarlik deganda ........... nazarda
tutiladi.
215. Geriatriya so'zining ma'nosi?
216. Yoshga oid rivojlanish kategoriyalari kim tomonidan eng ko‘p yoritilgan?
217. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘zini o‘zi baholash me’yori… bo’ladi.
218. O‘z-o‘zini anglashning strukturali tuzilishi:
219. Chaqaloqlarning psixik rivojlanishi qaysi xususiyatga bog‘liq?
220. Atrofdagilarning nutqini butunlay tushunsh necha yoshgacha yuzaga keladi?
221. O‘zi haqidagi tasavvurlarga ichki qo‘shilish tizimi – bu:
222. Maktabgacha yosh davrida rolli o‘yinlarning davomiyligi … davom etadi.
A) 10-15 daqiqa
B) 30-40 daqiqa
C) Bir necha soat yoki kun
D) Bir soat oralig‘i
223. Sotsiometrik metod nimalarda qo‘llaniladi?
224. O‘smirlik davrida xarakter aksentuatsiyasi ..
225. O‘smir yoshida ijtimoiy vaziyat rivojlanishi nimalarga bog’liq?
226. O‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini aniqlovchi test birinchi bo‘lib kimlar tomonidan yaratilgan?
227. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davr qanday davr hisoblanadi?
228. Ma’lum bir yoshdagi kishilarning toifalarini taqqoslash qaysi metod yordamida o’rganiladi?
229. O‘smirni psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi asosiy kuch nima?
230. Yosh davrlar psixologiyasi fanining ham o‘z tadqiqot metodlari mavjud. Qaysi psixolog metodlarni klassifikatsiyalashni tavsiya qilgan?
231. “Bolalar psixologiyasi” o‘quv qo‘llanmasini yozgan o’zbek olimi kim?
232. ................tirik mavjudotning paydo bo‘lgan davridan to oxirigacha bo‘lgan davrdagi o‘zgarishlar majmui hisoblanadi.
233. Filogenezga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?
234. Sotsiometriya metodining asosiy vazifasi nima? (nimani o‘rganadi?)
235. Longityud metodi qanday ma’noni bildiradi?
236. Kuzatish metodi qaysi metodlar guruhiga kiradi?
237. Test tushunchasi qanday ma’noni bildiradi?
238. Psixikaning rivojlanishiga … ta’sir etadi.
239. Monolog bu-…
240. Dialog bu-…
241. Psixologiyada eng kо‘p qо‘llanadigan metodlar ?
242. Darsning asosiy turlari?
243. Psixolog B.G.Ananyev psixikani о‘rganish metodlarini qanday guruhlarga bо‘lib kо‘rsatgan?
244. Longityud metodining boshqa metodlardan farqi nimada?
245. Test metodi birinchi bor kim tamonidan nechanchi yilda fanga kiritilgan?
246. Pedagogik-psixologik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi … shaklda amalga oshiriladi.
247. “O‘qituvchi aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bо‘lishi va о‘quvchilarga aytmoqchi bо‘lgan fikrlarini tо‘la va aniq ifodalay bilishni bilmog‘i zarur”- sitata muallifini toping?
248. Turli yoshdagi shaxsning ruhiy jihatdan rivojlanishi qonuniyatlarini psixologiya fanining qaysi tarmog'i o'rganadi?
249. Dastlabki psixologik tadqiqotlar labaratoriyasi qachon kim tomonidan ochildi?
250. Kishilar psixikasini organishda ommaviy sо‘rovnoma tarzida olib boriladigan metod?
251. 7 yoshda namoyon bo‘luvchi inqirozlarning biri –bu:
252. Kichik maktab yoshidan o‘smirlik yoshiga o‘tishdagi muammoni ayniqsa o‘tkirlashishi nechanchi sinflarga to’g’ri keladi?
253. Yosh davrlar psixologiyasi nimani o‘rganadi?
254. Ilmiy tadqiqot metodlarining sharhlash guruhiga qaysi metodlar kiradi?
A) Genetik, donalash
B) Kuzatish, test, so‘rovnoma, genetik
C) Sotsiometrik, longetyud
D) Test, ko‘ndalang kesim
255. L.I.Bojovich shaxs kamol topishini yosh davrlarga bo‘lishda qaysi omilni asosiy deb biladi?


256. O‘smirlik davri psixik o‘sishni harakatga keltiruvchi kuchlar:
257. Qaysi tadqiqotchi olimning o‘tkazgan tadqiqoti natijasiga ko‘ra tug`ilish davriga kelganda bolaning miya po‘stlog`i faoliyat ko‘rsata boshlasada, aslida u na anatomik na funktsional jihatdan rivojlanganligini ko‘rsatadi?
258. Maktabgacha tarbiya yoshida yuzaga keladigan inqirozning xarakterli belgilari nimalardan iborat?
A) Ilk bolalik: bir yoshdan besh yoshgacha
B) *Kichik va o‘rta maktabgacha tarbiya yoshi: uch yoshdan besh yoshgacha
C) Katta maktabgacha tarbiya yoshi: besh yoshdan olti-yetti yoshgacha
D) Ilk bolalik: bir yoshdan uch yoshgacha
259. “Eslash qiyin mehnatdir” mazkur fikr muallifi qaysi qatorda ko‘rsatilgan?
260. O‘quvchining guruhdagi ijtimoiy mavqeini o‘rganishda metod qo‘llanadi?
A) Sotsiometriya
B) So‘rovnoma
C) Faoliyat mahsulini o‘rganish
D) Test
261. Taraqqiyotning eng yaqin zonasi bola amalga oshiradigan qanday amallardan tashkil topadi?
262. Psixologiyaning qaysi metodi shaxsning fanlar bo‘yicha umumiy bilimdonlik darajasini aniqlab beradi?
A) Intervyu
B) Anketa
C) Biografiya
D) Test
263. O‘spirinlikning ikkinchi davri qaysi yoshni o‘z ichiga oladi?
A) 15-16 yosh
B) 16-17 yosh
C) 17-22 yosh
D) 12-15 yosh
264. Bo’y va tana nomutanosibligi qaysi yosh davrida namoyon bo’ladi?
A) O‘smirlik
B) O‘spirinlik
C) Kichik maktab yoshi
D) Chaqaloqlik
265. Bolaning tug’ilganidan bir yoshgacha bo’lgan davri?
266. 7 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan davr qaysi yosh davriga kiritiladi?
267. “O’sish” tushunchasiga ta‘rif bering.
268. Psixogerontologiyada keksa erkak va ayollarning psixologik xususiyatlarini o’rganishda ko’proq qaysi metoddan foydalaniladi?
269. 23 - 28 yoshlarni Ontogenezning qaysi davriga kiritiladi?
214. Psixologiyada shaxsni o’rganishda eng ko’p qo’llanadigan metodlar:
A) Anketa va statistik
B) Kuzatish, suhbat, test, tajriba (ekspriment), biografiya, anketa
C) Qiyoslash va suhbat
D) Test, suhbat, statistik
215. Bola va o’smirlarda o’sish va rivojlanishning tezlashuvi, balog’atga yetishning birmuncha erta boshlanishi nima deyiladi?
A) Urbanizatsiya
B) Akseleratsiya
C) Rivojlanish
D) O’sish
216. 15- 18 yoshlarni qaysi davrga kiritamiz?
A) O’smirlik davri
B) Ilk o’spirinlik davri
C) Yoshlik davri
D) Yetuklik davri
273. Gerontologiya bu…
A) Yoshlik davriga o’tish
B) Keksayishning, keksalikning kelib chiqishi
C) Yetuklik davrining o’ziga xosligi
D) Keksalarni davolash
274. Bolada ilk o’yin faoliyati qachon boshlanadi?
A) 1 yoshdan
B) 6 oylikdan
C) 1,5 yoshdan
D) 8-9 oylikdan
275. Bolada asosan nutqning qaysi ko’rinishi ustun bo’ladi?
A) Diolog
B) Monolog
C) Polilog
D) Monolog, polilog
276. Bolani maktabga qabul qilish necha yoshdan amalga oshiriladi?
278. Tug’ilgandan bir oygaha bo’lgan davr … hisoblanadi.
279. Maktabgacha yosh davrdagi bolalarda qaysi o’yin turi rivojlangan bo’ladi?
A) Rolli, syujetli
B) Maqsadli
C) Ularda o’yin faoliyati shakllanmagan
D) Obrazli, qoidali
280. Tug’ma refleks bu:
A) Shartli refleks
B) Shartsiz refleks
C) Stanik refleks
D) Orentirovka refleks
281. Bolaning psixikasi qaysi faoliyat jarayonida shakllanadi?
A) Ijtimoiy faoliyatda
B) O’qish faoliyatida
C) Mehnat faolyatida
D) O’yin, o’qish, mehnat faoliyatida
282. Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elimentlari shakllanadigan muhit qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Oilda
B) Maktab
C) Mehnat jamoasi
D) Ko’chada
283. Sotsiometriya metodi orqali nima o’rganiladi?
A) Shaxsning bilim darajasi
B) Shaxsning guruhdagi mavqie
C) Shaxsning qiziqishlari
D) Shaxsning faoliyati
284. Organizmning vujudga kelgandan boshlab to umrining oxirigacha bo’lgan individual rivojlanish yo’li?
Otnogenez.
285. Bolaning 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan davri?
A) O‘smirlik davri
B) Ilk bolalik davri
С) Go‘daklik davri
D) O‘spirinlik davri
286. Refleks bu :
Ongning o’zida paydo bo’lib, o’zida aks etadigan psixik jarayon
Tashqi olamning miyada hosil bo’ladigan obrazi
Organizmning ichki va tashqi muhit ta’siriga nerv tizimi orqali beradigan javob harakatlari reaksiyasi
Organizmning tashqi ta’sirlarga moslashishi
287. … insonning ontogenezda psixik rivojlanish jarayonini shakllanishi hamda o`zaro munosabatlari qonuniyatlarini o`rganadi.
288. Longityud, qiyoslash, kompleks metodlari qaysi guruh metodlariga kiradi?
A) Tashkiliy metodlarga
B) Emperik metodlarga
C) Natijalarni qayta ishlash metodlariga
D) Sharhlash metodlariga
289. Shaxsning tashqi ifodalari, hatti-harakatlari, mimikasi, xulq-atvorini qaysi metod orqali o’rganiladi?
A) Test
B) Anketa
C) Tarjimai hol
D) Kuzatish
290. O‘sishdan orqaga qaytish … deyiladi.
A) Evolyutsiya
B) Involyutsiya
C) Gerontopsixologiya
D) Gerogegiena
291. Kattalik, donishmandlik, rahnamolik, gamxo’rlik kabi xususiyatlar bilan ajralib turadigan yosh davri?
292. Yoshga oid rivojlanish kategoriyalarini eng ko’p yoritgan olim kim?
293. Keksalik davrida organizmda yuzaga keladigan o’zgarishlar:
294. Maktabgacha yosh davrida eng jadal rivojlanadigan tafakkur turi?
A) Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur
B) Ko‘rgazmali-harakat tafakkur
C) Mantiqiy tafakkur
D) Makon-fazo tafakkur
295.O‘smirlarda jinsiy garmonlarning ko‘payishi:
296. O‘smirlarning eng sodda qiziqish turlaridan biri:
297. Maktabgacha yosh davrida rolli o‘yinlarning davomiyligi qancha vaqt davom etishi mumkin?
A) 10-15 daqiqa
B) 30-40 daqiqa
C) Bir necha soat yoki kun
D) Bir soat oralig‘i
298. Syujetli o‘yinchoqlarga nimalar kiradi?
A) Qo‘g‘irchoqlar
B) Qurilish mollari
C) Piramidalar
D) Toshlar
299. O‘smir yoshida aksentuatsiya xarakteri:
300. Filogenez so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
A) Paydo bo‘lish
B) Uyg‘onish
C) Asl
D) Ko‘chirish

Download 60.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling