Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


Download 131.69 Kb.
bet33/88
Sana05.01.2022
Hajmi131.69 Kb.
#214920
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
Bog'liq
2 5226836931349842463

35.Sezgi klassifikatsiyasi

Sezgilar qaysi aʼzolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, yaʼni koʼrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, teri, muskul–harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi aʼzolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.Jahon psixologiyasi fanining soʼnggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki koʼrinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga boʼladi. Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, yaʼni ekstroretseptiv sezgilar;Ichki tana aʼzolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana aʼzolarida, toʼqimalarda joylashgan sezgilar, yaʼni interoretseptiv sezgilar. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida maʼlumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bogʼlovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, yaʼni proprioretseptiv sezgilar.Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoretseptiv sezgilar u borasida rus psixologi А.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, maʼnodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar oʼrtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon boʼladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar toʼla oʼrganilmaganligi sababli uni “nomaʼlum hislar” deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Interoretseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emotsional reaktsiyalari oʼzgarishida koʼzga tashlanadi, bolada esa xatti–harakatning keskin oʼzgarishiga sabab boʼladi. Chunki bola tana aʼzolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy oʼzgarishi belgilardan buni sezish mumkin. Interoretseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni oʼzaro oʼrin almashtirish muvozanatini taʼminlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir soʼz bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni oʼzaro oʼrin almashib turishning gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Shuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan pulьs, zoʼriqish, affekt holatlarini yoʼqotish, tugʼilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan bogʼliq vazifani bajaradi Interoretseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interotseptsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N. Chernigovkiylar tomonidan atroflicha oʼrganilgan. Ularning fikriga koʼra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqadi Propriotseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati toʼgʼrisida signallar bilan itaʼminlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi.Pereferik retseptorlar muskullar, pay va boʼgʼimlarda joylashgan boʼlib, maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi. Tanachalarda vujudga keluvchi qoʼzgʼatuvchilar muskullarning harakatlashuvi natijasida va boʼgʼimlar holatining oʼzgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga yetkaziladi

Download 131.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling