31. Teri sezgilari va ularning xarakteristikasi
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat boʼlib, ularning bunday nomlanishining bosh omili bu retseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidadir.Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega boʼlib, birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki gʼadir – budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana aʼzosiga narsalarning tegishini sezish tashqi qoʼzgʼatuvchi kuchayganda siqiq sezgiga aylanadi, u yanada kuchayganda ogʼriq sezgisiga aylanadi. Tuyish sezgilari organi teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iborat. Tanachalarning ichida va qisman tashqarisida tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan, barmoqlarning uchlarida til uchida labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir.Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari zichligi ekstiziometr asbobi yordami bilan oʼlchanadi. Аsbob keriladigan ikki oyoqli sirkuldan tashkil topgan, boʼlib, uning oʼzagidagi darajalar oyoqlarning uchlari oʼrtasidagi masofani oʼlchaydi. Tuyish sezgilarining markazi bosh miya poʼstining orqadagi markaziy nuqtasida joylashgan deb taxmin qilinadi. Tuyish sezgilarining tashqi, yaʼni fizik sababi bu biron- bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |