Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi
Sezgi va uning diqqat bilan bog‘liqligi
Download 131.69 Kb.
|
2 5226836931349842463
30Sezgi va uning diqqat bilan bog‘liqligi
Inson organizmiga ta’sir etadigan ayrim narsa va hodisalar obrazlarining miyada bevosita aks etish faoliyatiga sezgilar deyiladi. Biz sezgilar yordamida predmetlarning rangini, shaklini, katta yoki kichikligini aniqlaymiz. Sezgilar sodda psixik jarayon bulishiga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbai hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalar aks etishining ko’pchilik qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo’lmaganda biz tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni aks ettirishdan va ularni bilishdan maxrum bo’lar edik. Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqelikning xaqqoniy tasvirini aks ettirib, ular qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa, ular xuddi shundayligicha hech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir. Tevarak-atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va xarorat, miqdor va ko’plab boshqa narsalar to’g’risida biz sezgi tufayli bilamiz. Kishi vujudi sezgi a’zolari yordamida sezgilar shaklida tashqi va ichki muhitning xolati haqida rang-barang axborot olib turadi. Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo’naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xattiharakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Download 131.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling