Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


"Shaxs" va "individ" tushunchalarini taqqoslang


Download 131.69 Kb.
bet24/88
Sana05.01.2022
Hajmi131.69 Kb.
#214920
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88
Bog'liq
2 5226836931349842463

25. "Shaxs" va "individ" tushunchalarini taqqoslang. Shaxs tushunchasi keng va koʻp qirralidir. Mehnat qila olish koʻnikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta – sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan oʻzini oʻrganish va faol tarzda qayta oʻzgartirish jarayonining subyektga aylanmoqda. Shu oʻrinda haqli bir savol tugʻiladi, yaʼni shaxs, individ, individuallik tushunchasining oʻzaro bogʻliqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga toʻxtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan “Umumiy psixologiya” darsligida “Individ” tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tugʻilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E.Gʻoziyevning “Umumiy psixologiya” darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot maʼnolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sogʻlom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yoʻq, oddiy malakalarni oʻzlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan “Psixologiyadan qisqacha izohli lugʻatda” individ boʻlinmas, ayrim jins, shaxs maʼnolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida koʻrsatib oʻtiladi.Keltirilgan taʼriflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shugʻullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit taʼsirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tugʻdiradi, qoʻllarining shakli shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjudligini koʻrsatadi. Yuqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini taʼkidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi.


Download 131.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling