Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi
Download 131.69 Kb.
|
2 5226836931349842463
24. Individ – shaxs – individuallik. Shaxs tushunchasi keng va koʻp qirralidir. Mehnat qila olish koʻnikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta – sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan oʻzini oʻrganish va faol tarzda qayta oʻzgartirish jarayonining subyektga aylanmoqda. Shu oʻrinda haqli bir savol tugʻiladi, yaʼni shaxs, individ, individuallik tushunchasining oʻzaro bogʻliqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga toʻxtalish lozim. Individ tushunchasi professor E.Gʻoziyevning “Umumiy psixologiya” darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot maʼnolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sogʻlom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yoʻq, oddiy malakalarni oʻzlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan “Psixologiyadan qisqacha izohli lugʻatda” individ boʻlinmas, ayrim jins, shaxs maʼnolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida koʻrsatib oʻtiladi. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri – bu uning individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining oʻziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yigʻindisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining oʻziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini oʻzida mujassamlashtirgan odam yoʻq, inson shaxsi oʻz individualligi jihatidan betakrordir.
Download 131.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling